Putin Si Szinpin bilan muzokaralardan keyin bir qator bayonotlar berdi

© Sputnik / Kristina Solovyova / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Pekin
Ofitsialniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Pekin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinda Si Szinpin bilan muzokaralar yakunida siyosat, savdo, energetika, transport, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikka to‘xtaldi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-may kuni rasmiy tashrif bilan Xitoyga keldi. Chorshanba kuni Pekindagi Xalq yig‘inlari uyida Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakunida Putin Rossiya-Xitoy munosabatlari bugun misli ko‘rilmagan darajaga chiqqanini ta’kidladi.
“Bizning munosabatlarimiz mustaqil, hozirgi dunyo konyunkturasiga bog‘liq emas va mamlakatlar hamda xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni qanday qurish kerakligiga namuna bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi u.
Siyosat va xalqaro hamkorlik
Putinning aytishicha, Rossiya va Xitoy mustaqil tashqi siyosat yuritmoqda, strategik aloqada harakat qilmoqda va jahon maydonida muhim barqarorlashtiruvchi rol o‘ynamoqda.
U Moskva va Pekin xalqaro huquq hamda BMT Nizomi qoidalarini to‘liq va o‘zaro bog‘liq holda himoya qilish tarafdori ekanini qayd etdi.
Iqtisodiyot va savdo
Rossiya prezidentining ma’lum qilishicha, 2025-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 240 milliard dollarga yetgan. Uning tarkibi yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlar hisobiga kengaymoqda.
Putin eksport-import operatsiyalarining deyarli barchasi rubl va yuanda amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy tashqi ta’sirlar hamda global bozorlardagi salbiy tendensiyalardan himoyalangan barqaror o‘zaro savdo tizimini shakllantirgan.
Sanoat, energetika va texnologiyalar
Rossiya va Xitoy sanoat kooperatsiyasini jadal rivojlantirmoqda, yangi qo‘shma qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratmoqda, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etmoqda.
Putin Rossiya Xitoyga neft, tabiiy gaz, jumladan suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib beruvchi eng yirik davlatlardan biri ekanini aytdi. U Moskva barcha yoqilg‘i turlarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energetika, kam uglerodli generatsiya, “yashil” texnologiyalar uchun zarur bo‘lgan muhim elementlar va metallar sohasida hamkorlik salohiyati yuqori ekani qayd etildi.
Putin Tanvan va “Suydapu” atom elektr stansiyalarida Rossiya dizaynidagi energobloklar qurilishi yakunlanmoqda, deb qo‘shimcha qildi.
Transport va logistika
Rossiya prezidenti ikki davlat transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish ustida birgalikda ishlayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu Rossiya va Xitoy o‘rtasida yuk hamda yo‘lovchi tashish hajmi va tezligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Madaniyat, turizm va sport
Putin xalqlar bir-birining tarixi, san’ati va ma’naviy qadriyatlariga qiziqish bildirmoqda, madaniy, ilmiy va yoshlar almashinuvlari faollashmoqda, dedi.
Uning ma’lum qilishicha, 2025-yilda Xitoyga 2 milliondan ortiq rossiyalik borgan, 1 milliondan ziyod Xitoy fuqarosi esa Rossiyaga tashrif buyurgan.
Rossiya prezidenti sport sohasidagi hamkorlikka ham to‘xtalib, dam olish kunlari Kaliningradda boshlanadigan o‘ninchi Rossiya-Xitoy yozgi o‘yinlarini muhim voqea deb atadi.
Ofitsialniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Pekin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
Putin va Si Szinpin uchrashuvi: muzokaralar yakunida 40 ta hujjat qabul qilinishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0