Kelgusi 15-yilda raqamli to‘lovlarni o‘zgartiradigan 3 ta trend aytildi

© telegram sputnikuzbekistanV blijayshie 15 let nas jdut tri osnovnix trenda v mejdunarodnom fintexe
V blijayshie 15 let nas jdut tri osnovnix trenda v mejdunarodnom fintexe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
Obuna bo‘lish
Mutaxassisga ko‘ra, xalqaro to‘lovlar sohasida hisobdan-hisobga o‘tkazmalar, steyblkoinlar va sun’iy intellekt orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar tez rivojlanadi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Kelgusi 15-yilda xalqaro raqamli to‘lovlar sohasida uchta asosiy yo‘nalish tez rivojlanadi. Bu haqda 8B fintech kompaniyasi hammuassisi va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Bogdan Zadorojniy Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro PLAS-Forum doirasida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi trend — hisobvaraqdan-hisobvaraqqa to‘lovlar uchun milliy to‘lov yo‘llarining rivojlanishi. Bu bank kartasi yoki xalqaro to‘lov tizimlariga kamroq bog‘langan holda, pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir hisobdan boshqa hisobga o‘tkazish imkonini beradi.
Ikkinchi yo‘nalish — xalqaro hisob-kitoblarda steyblkoinlardan foydalanish. Steyblkoinlar — qiymati odatda dollar yoki boshqa aktivlarga bog‘langan raqamli aktivlar bo‘lib, ular transchegaraviy to‘lovlarni tezroq va arzonroq qilish vositasi sifatida ko‘rilmoqda.
Uchinchi trend — agent to‘lovlari. Bu sun’iy intellekt yordamida to‘lov jarayonlarini avtomatlashtirishni anglatadi. Masalan, AI tizimlari foydalanuvchi yoki biznes nomidan eng qulay to‘lov usulini tanlashi, to‘lovni yo‘naltirishi yoki hisob-kitobni tezlashtirishi mumkin.
Zadorojniyning aytishicha, bu o‘zgarishlar ikki asosiy omil bilan bog‘liq. Birinchisi — milliy regulyatorlarning muhim moliyaviy infratuzilmani ko‘proq nazorat qilish va xalqaro to‘lov tizimlariga qaramlikni kamaytirish istagi.
Ikkinchisi — to‘lovlarni savdogarlar va oddiy foydalanuvchilar uchun qulayroq, arzonroq va ommabop qilish zarurati.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, kelgusi yillarda fintex bozorida tezkor, arzon va avtomatlashtirilgan to‘lov yechimlariga talab ortib boradi.
Moneta s logotipom kriptovalyuti bitkoin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2026
Kripto sohasida yangilik: pul bilan ta’minlangan tokenlar chiqarishga ruxsat berildi
Yangiliklar lentasi
0