Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Toshkentda YeOTB vakolatxonasi ochildi: hamkorlik faollashishi kutilmoqda

© SputnikV Tashkente otkrilos predstavitelstvo Yevraziyskogo banka razvitiya.
V Tashkente otkrilos predstavitelstvo Yevraziyskogo banka razvitiya.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Obuna bo‘lish
Bank O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni faollashtirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkentda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman ochildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Vakolatxona ochilishi O‘zbekistonning bankka qo‘shilishidan keyingi institutsional hamkorlikni kengaytirishda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekiston 2020-yildan buyon Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi maqomiga ega.
2025 yilda respublika barcha zarur tartib-taomillarni yakunlab, Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.
Toshkentdagi ochilish marosimida YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ishtirok etdi.
“Biz o‘z faoliyatimizni rivojlantirmoqdamiz, chunki O‘zbekiston yaqinda Yevroosiyo taraqqiyot bankining yettinchi ishtirokchisiga aylandi. Ishonchim komilki, O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi bilan butun Markaziy Osiyo mintaqasi va O‘zbekiston qo‘shimcha iqtisodiy faollikka ega bo‘ladi”, — dedi Podguzov ochilish marosimida.
Jamshid Xo‘jayev, o‘z navbatida, vakolatxonaning ochilishi YeOTB bilan hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirish imkonini berishini ta’kidladi.
YeOTBning Toshkentda doimiy faoliyat yuritishi investitsiya tashabbuslarini tezkor qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari va biznes bilan hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, xalqaro kapitalni O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Yevroosiyo taraqqiyot banki 2006-yilda tashkil etilgan xalqaro moliya tashkilotidir. Bankning ustav kapitali 7 milliard dollarni tashkil etadi. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ishtirok etmoqda. Eng yirik aksiyadorlar — Rossiya va Qozog‘iston

KengaytirishYig‘ishtirish
Zdanie YeABR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOTB O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashiga a’zo bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0