https://oz.sputniknews.uz/20260520/cannes-gran-pri-film-ijodkorlar-mukofot-57701574.html
Kannda Gran-pri olgan film ijodkorlari mukofotlandi — u nima haqida?
Kannda Gran-pri olgan film ijodkorlari mukofotlandi — u nima haqida?
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni bilan Kanndagi inklyuziv kinofestivalda Gran-pri olgan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” filmi ijodkorlari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Kartina ona mehri va bolaning jamiyatga qo‘shilishi haqida.
2026-05-20T09:17+0500
2026-05-20T09:17+0500
2026-05-20T09:59+0500
madaniyat
o‘zbekiston
film
o‘zbek kino
kino
rejisser
festival
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57701026_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_3c5c7ebbbd287d6b76b54c9213b151e2.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Kanndagi inklyuziv filmlar xalqaro festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi ijodkorlarini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi. Tegishli qaror prezidentning rasmiy saytida e’lon qilindi.Mukofotga ssenarist va kinorejissor Suhrob Qodirov hamda VGIKning Toshkent filiali talabasi, kinorejissor Dilshodbek Usmonov sazovor bo‘ldi.Festival asosiy Kann kinofestivalining rasmiy tanlov dasturi emas, balki u bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan mustaqil inklyuziv kinofestivaldir.“Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” filmi ona va farzand mehri, sabr, jamiyatdagi tushunmovchiliklarga qarshi kurash haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Yusuf — Daun sindromli bola. U musiqaga mehr qo‘ygan, hayotga ishonch bilan qaraydi. Onasi Zilola esa farzandining jamiyatda o‘z o‘rniga ega ekanini isbotlashga harakat qiladi.Film Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Yoshlik” kinostudiyasida suratga olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20251201/uzbekistan-film-london-siffa-mukofot-53848154.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57701026_185:0:1892:1280_1920x0_80_0_0_63d52ee3c310dc8eefd250eddcbe3fd3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, film, o‘zbek kino, kino, rejisser, festival
madaniyat, o‘zbekiston, film, o‘zbek kino, kino, rejisser, festival
Kannda Gran-pri olgan film ijodkorlari mukofotlandi — u nima haqida?
09:17 20.05.2026 (yangilandi: 09:59 20.05.2026) Kanndagi inklyuziv kinofestivalda bosh sovrinni olgan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” filmi ona mehri va Daun sindromli bolaning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi haqida.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Kanndagi inklyuziv filmlar xalqaro festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi ijodkorlarini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi. Tegishli qaror prezidentning rasmiy saytida
e’lon qilindi.
Mukofotga ssenarist va kinorejissor Suhrob Qodirov hamda VGIKning Toshkent filiali talabasi, kinorejissor Dilshodbek Usmonov sazovor bo‘ldi.
Kartina Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan Festival International du Film Inclusif ENTRE DEUX... CANNES festivalida bosh sovrin — Gran-prini qo‘lga kiritgan.
Festival asosiy Kann kinofestivalining rasmiy tanlov dasturi emas, balki u bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan mustaqil inklyuziv kinofestivaldir.
“Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” filmi ona va farzand mehri, sabr, jamiyatdagi tushunmovchiliklarga qarshi kurash haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Yusuf — Daun sindromli bola. U musiqaga mehr qo‘ygan, hayotga ishonch bilan qaraydi. Onasi Zilola esa farzandining jamiyatda o‘z o‘rniga ega ekanini isbotlashga harakat qiladi.
Film Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Yoshlik” kinostudiyasida suratga olingan.