https://oz.sputniknews.uz/20260519/uzbekistan-moliya-kompaniyalar-57689983.html
Uzoqov: O‘zbekistonda 1 mlrd dollarlik moliyaviy kompaniyalar paydo bo‘ladi
Uzoqov: O‘zbekistonda 1 mlrd dollarlik moliyaviy kompaniyalar paydo bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
BCG vakili Sardor Uzoqov O‘zbekistonda kuchli to‘lov infratuzilmasi va yosh raqamli aholi borligini aytdi. Uning fikricha, 2–3 yil ichida moliya sohasida yangi “yakkashox” kompaniyalar paydo bo‘lishi mumkin.
2026-05-19T14:53+0500
2026-05-19T14:53+0500
2026-05-19T14:53+0500
o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar
markaziy bank
korxona
bank
forum
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/13/57689784_0:241:2560:1681_1920x0_80_0_0_21d6c7705681b4833cc2ad2359a0da3b.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekistonda moliya sohasini, davlat sektorini va davlat xizmatlarini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.Bu haqda "Boston Consulting Group" loyihalari rahbari, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha moliyaviy institutlar va raqamli transformatsiya amaliyoti yetakchisi Sardor Uzoqov Digital Uzbekistan 2026 xalqaro Plus-forumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning fikricha, O‘zbekiston kuchli raqamli poydevorga, dunyodagi eng yaxshi to‘lov infratuzilmalaridan biriga va yosh raqamli aholiga ega noyob mamlakat hisoblanadi.Shu bilan birga, ekspert banklar hali ham barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanmayotganini ta’kidladi.Uning ta’kidlashicha, yaqin yillarda O‘zbekistonda yangi yirik texnologik kompaniyalar paydo bo‘lishi mumkin. “Yakkashox” deb qiymati 1 milliard dollardan oshgan xususiy startap yoki texnologik kompaniyalarga aytiladi.Forumda O‘zbekiston moliya bozoridagi raqamli infratuzilma haqida ham ma’lumot berildi. Markaziy bankning CERT-CBU kiberxavfsizlik markazi bo‘lim boshlig‘i Mirzabek Bobojonovning aytishicha, bugun mamlakatda 34 ta tijorat banki, 45 tadan ortiq to‘lov tashkiloti va 200 taga yaqin mikromoliya tashkiloti faoliyat yuritmoqda.Bobojonov Markaziy bank moliyaviy tashkilotlar auditini yangi yondashuv asosida o‘tkazishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250912/xizmat-soha-top-20-soliq-tolovchi-royxat-51923562.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/13/57689784_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_a447a5dc2bccef28b3cabceed91529d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar, markaziy bank, korxona, bank, forum, iqtisod
o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar, markaziy bank, korxona, bank, forum, iqtisod
Uzoqov: O‘zbekistonda 1 mlrd dollarlik moliyaviy kompaniyalar paydo bo‘ladi
"Boston Consulting Group" vakiliga ko‘ra, O‘zbekiston kuchli to‘lov infratuzilmasi va yosh raqamli aholiga ega.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekistonda moliya sohasini, davlat sektorini va davlat xizmatlarini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Bu haqda "Boston Consulting Group" loyihalari rahbari, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha moliyaviy institutlar va raqamli transformatsiya amaliyoti yetakchisi Sardor Uzoqov Digital Uzbekistan 2026 xalqaro Plus-forumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning fikricha, O‘zbekiston kuchli raqamli poydevorga, dunyodagi eng yaxshi to‘lov infratuzilmalaridan biriga va yosh raqamli aholiga ega noyob mamlakat hisoblanadi.
Shu bilan birga, ekspert banklar hali ham barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanmayotganini ta’kidladi.
“Biroq, aksariyat banklar hali ham mahsulotga asoslangan bo‘lib qolmoqda va bu poydevorni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmayapti. Menimcha, ko‘proq ish qilish, bu poydevordan foydalanish, aholidan foydalanish, madaniyatni o‘zgartirish kerak”, — dedi Uzoqov.
Uning ta’kidlashicha, yaqin yillarda O‘zbekistonda yangi yirik texnologik kompaniyalar paydo bo‘lishi mumkin. “Yakkashox” deb qiymati 1 milliard dollardan oshgan xususiy startap yoki texnologik kompaniyalarga aytiladi.
“Ishonchim komilki, biz ikki-uch yil ichida ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yakkashoxga ega bo‘lamiz. Men keyingi yakkashoxni juda kutapman va bu yakkashox moliya sohasidan bo‘lishiga ishonchim komil”, — dedi u.
Forumda O‘zbekiston moliya bozoridagi raqamli infratuzilma haqida ham ma’lumot berildi. Markaziy bankning CERT-CBU kiberxavfsizlik markazi bo‘lim boshlig‘i Mirzabek Bobojonovning aytishicha, bugun mamlakatda 34 ta tijorat banki, 45 tadan ortiq to‘lov tashkiloti va 200 taga yaqin mikromoliya tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Bobojonov Markaziy bank moliyaviy tashkilotlar auditini yangi yondashuv asosida o‘tkazishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qildi.
“Mijozlar moliya institutiga ko‘proq ishonishadi, chunki regulyator tomonidan boshqacha yondashuv bo‘ladi, xalqaro standartning yanada zamonaviy talablari bo‘ladi. Mijozlar buni bilishadi va, albatta, bundan keyin mijozning shaffofligi va ishonchi ortadi”, — dedi u.