Top-20: xizmat ko‘rsatish sohasida eng yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati e’lon qilindi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishBlank nalogovoy deklaratsii po nalogu na dobavlennuyu stoimost
Blank nalogovoy deklaratsii po nalogu na dobavlennuyu stoimost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Obuna bo‘lish
2025 yilning birinchi yetti oyida xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ro‘yxatida energetika, telekommunikatsiya va transport yo‘nalishidagi kompaniyalar yetakchilik qildi
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–iyul oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 161 043 ta yuridik shaxs qariyib 23,2 trillion so‘m soliq to‘ladi.
Ushbu korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 246 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etgan. Shu bilan birga, ular tomonidan 19 trillion so‘m soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, eng yirik 20 soliq to‘lovchi korxona hisobidan jami 50,2 trln so‘m tovar aylanmasi (umumiy ko‘rsatkichdagi ulushi 20,4%) qayd etilgan. Ular tomonidan 4,1 trln so‘m soliq to‘langan (17,6%) hamda 4,3 trln so‘m soliq imtiyozlaridan foydalanilgan (22,6%).
Top-20 korxonalardan tushgan soliqlar quyidagi tarkibda shakllangan:
foyda solig‘i – 1,23 trln so‘m (30,2%);
qo‘shilgan qiymat solig‘i – 1,09 trln so‘m (26,6%);
ijtimoiy soliq – 587,5 mlrd so‘m (14,4%);
jismoniy shaxslardan daromad solig‘i – 574,9 mlrd so‘m (14%);
mol-mulk solig‘i – 212,8 mlrd so‘m (5,2%);
aksiz solig‘i – 111,6 mlrd so‘m (2,7%);
yer solig‘i – 75,7 mlrd so‘m (1,9%);
boshqa turdagi soliqlar – 204,4 mlrd so‘m (5%).
© Press-slujba Nalogovogo komiteta"Top-20": opublikovan spisok krupneyshix nalogoplatelshikov v sfere uslug
Top-20: opublikovan spisok krupneyshix nalogoplatelshikov v sfere uslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
"Top-20": opublikovan spisok krupneyshix nalogoplatelshikov v sfere uslug
Quyida xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan top-20 korxona ro‘yxati keltirilgan:
1- o‘rin: "ASIA TRANS GAS" MCHJ - 790,4 mlrd. so‘m;
2- o‘rin: "ƠZBEKTELEKOM " AJ - 645,6 mlrd. so‘m;
3- o‘rin: "UZBEKISTAN AIRWAYS " AJ - 482,2 mlrd. so‘m;
4- o‘rin: "ƠZBEKISTON TEMIR YƠLLARI " AJ - 365,5 mlrd. so‘m;
5- o‘rin: "UNITEL" MCHJ XK - 242,0 mlrd. so‘m;
6- o‘rin: "COSCOM" MCHJ - 182,5 mlrd. so‘m;
7- o‘rin: "UZBEKISTAN AIRPORTS" AJ - 127,3 mlrd. so‘m;
8- o‘rin: "UNIVERSAL MOBILE SERVICE" MCHJ - 126,8 mlrd. so‘m;
9- o‘rin: "Nomac Sirdarya operation and mainteance services" MCHJ - 113,8 mlrd. so‘m;
10- o‘rin: "UZPAYNET" MCHJ - 113,4 mlrd. so‘m;
11- o‘rin: "Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MCHJ - 111,9 mlrd. so‘m;
12- o‘rin: "TOSHSHHARTRANSXIZMAT" AJ - 105,4 mlrd. so‘m;
13- o‘rin: "MY FREIGHTER" MCHJ - 99,6 mldr. so‘m;
14- o‘rin: "ƠZBEKISTON POCHTASI " AJ - 89,2 mlrd. so‘m;
15- o‘rin: "VEOLIA ENERGY TASHKENT" MCHJ XK -88,6 mlrd. so‘m;
16- o‘rin: "TOSHKENT METROPOLITENI" DUK -86,9 mlrd. so‘m;
17- o‘rin: "YANDEXGO UB" MCHJ - 86,7 mlrd. so‘m;
18- o‘rin: "Respublika inkassatsiya xizmati " DUK - 82,0 mlrd. so‘m;
19- o‘rin: "The Boston Consulting group international, Inc." DM - 77,8 mlrd. so‘m;
20- o‘rin: "INFORMATION TEXNOLOGY CENTER" MCHJ QK -74,1 mlrd. so‘m;
19-ya Rossiyskaya agropromishlennaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Endi fermerlarga yetishtirgan mahsulotini sotishda QQS nol stavkada bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0