https://oz.sputniknews.uz/20260519/tashkent-raqam-iqtisodiyot-forum-57680558.html
Toshkentda raqamli iqtisodiyotga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi
Toshkentda raqamli iqtisodiyotga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda VI xalqaro Digital Uzbekistan Plus-forumi boshlandi. Unda sun’iy intellekt, e-Gov, fintex, kripto sanoati, IT, islomiy moliya, ochiq banking va raqamlashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
2026-05-19T11:52+0500
2026-05-19T11:52+0500
2026-05-19T11:52+0500
o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
elektron savdo
elektron pullar
kriptovalyuta
forum
toshkent
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/13/57680314_0:53:1458:873_1920x0_80_0_0_405f93d3911203312b450b50f4222c9e.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkentda VI xalqaro Digital Uzbekistan Plus-forumi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Forum dasturidan O‘zbekistonda zamonaviy raqamli jamiyatni rivojlantirish, sun’iy intellekt, e-Gov, bank, fintex, kripto sanoati, AT, islomiy moliya, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasini raqamlashtirishga oid masalalar o‘rin olgan.Tadbir Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Plus-forum an’anaviy ravishda davlat, bank sektori va riteyl manfaatlari kesishadigan maydon sifatida ahamiyat kasb etib kelmoqda.Istiqbolli loyihalar milliy agentligining elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyevning aytishicha, O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoning yuragi, balki mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan va istiqbolli bozorlardan biri, raqamli transformatsiyaning haqiqiy lokomotividir.Forumda ochiq moliya ekotizimini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Gruziya Milliy banki vakili Varlam Vanoizening ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ochiq moliyani rivojlantirishning asosiy omili bozor ishtirokchilariga haqiqiy qiymat keltiradigan infratuzilmani yaratishdir.Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun ko‘p mamlakatlarda bank xizmatlari va moliyaviy ma’lumotlarni turli raqamli servislar bilan xavfsiz bog‘lash imkonini beruvchi ochiq banking tizimi joriy etilmoqda. Biroq amalda undan foydalanish darajasi hali ham past.Vanoizening ta’kidlashicha, asosiy sabablardan biri — bunday texnologiyalar yaratilayotganda mijozlar va biznesning haqiqiy ehtiyojlari yetarlicha hisobga olinmasligi.
https://oz.sputniknews.uz/20260422/evroosiyo-si-iqtisodiyot-57072972.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/13/57680314_113:0:1345:924_1920x0_80_0_0_98341cbbdb1636f08260f385b7fa7614.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, elektron savdo, elektron pullar, kriptovalyuta, forum, toshkent, jamiyat
o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, elektron savdo, elektron pullar, kriptovalyuta, forum, toshkent, jamiyat
Toshkentda raqamli iqtisodiyotga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi
Toshkentda boshlangan forumda sun’iy intellekt, elektron hukumat, fintex, kripto sanoati, islomiy moliya va ochiq moliya tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkentda VI xalqaro Digital Uzbekistan Plus-forumi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forum dasturidan O‘zbekistonda zamonaviy raqamli jamiyatni rivojlantirish, sun’iy intellekt, e-Gov, bank, fintex, kripto sanoati, AT, islomiy moliya, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasini raqamlashtirishga oid masalalar o‘rin olgan.
Bu yil forumda 38 ta mamlakatdan 2700 nafardan ortiq delegat ishtirok etishi kutilmoqda. Dasturda 130 nafardan ziyod ma’ruzachi e’lon qilingan, ko‘rgazma hududida esa 100 tadan ortiq kompaniya o‘z yechimlarini taqdim etadi.
Tadbir Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Plus-forum an’anaviy ravishda davlat, bank sektori va riteyl manfaatlari kesishadigan maydon sifatida ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyevning aytishicha, O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoning yuragi, balki mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan va istiqbolli bozorlardan biri, raqamli transformatsiyaning haqiqiy lokomotividir.
“Biz elektron to‘lovlar sohasida misli ko‘rilmagan o‘sishni, elektron tijoratning shiddat bilan rivojlanayotganini, moliya sektorining eng ilg‘or innovatsiyalarni joriy etishga tayyorligini ko‘rapmiz”, — dedi Muhammadiyev forumda.
Forumda ochiq moliya ekotizimini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Gruziya Milliy banki vakili Varlam Vanoizening ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ochiq moliyani rivojlantirishning asosiy omili bozor ishtirokchilariga haqiqiy qiymat keltiradigan infratuzilmani yaratishdir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun ko‘p mamlakatlarda bank xizmatlari va moliyaviy ma’lumotlarni turli raqamli servislar bilan xavfsiz bog‘lash imkonini beruvchi ochiq banking tizimi joriy etilmoqda. Biroq amalda undan foydalanish darajasi hali ham past.
Vanoizening ta’kidlashicha, asosiy sabablardan biri — bunday texnologiyalar yaratilayotganda mijozlar va biznesning haqiqiy ehtiyojlari yetarlicha hisobga olinmasligi.