Innoprom - 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920
INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2026
INNOPROM — sanoat va texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, unda kompaniyalar loyihalarini namoyish etadi va yangi hamkorliklar o‘rnatadi. 2026-yilda unda 35 davlatdan, jumladan, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, BAA, Ozarbayjondan delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Yevroosiyoda SI iqtisodiyoti: tibbiyotdan marketpleyslargacha

© Press-slujba InnopromaII-konomika: resheniya dlya promishlennosti i riteyla
II-konomika: resheniya dlya promishlennosti i riteyla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar SI qaysi sohalarda foydalanayotgani, mamlakatlar yuzaga kelayotgan xavflarga qanday qarshi turayotgani va uning kelajakdagi rivojlanish prognozlari kabi masalalarni muhokama qilishdi
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi sessiyalaridan birida spikerlar Yevrosiyo mamlakatlarida sun’iy intellektdan keng foydalanishni batafsil ko‘rib chiqdilar, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mutaxassislarning fikricha, 2030-yilga kelib barcha vazifalarning 25 % ni sun’iy intellekt (SI), qolganini esa odamlar SI yordamida hal qiladi.
O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekosning aytishicha, O‘zbekistonda sun’iy intellekt bir nechta sohaga joriy etilmoqda.
“Aksariyatmamlakatlarda SIavvalo tez daromad olishmumkin bo‘lgan joylarga kirib keladi. Bizda esa birinchi GPU-klaster (ma’lumotlarga ishlov beruvchi hisoblash tizimi – Tahr.) aynan tibbiyotga yo‘naltirilgan edi”, — dedi Pekos.
Davlat kadrlar rivojlanishini ham rag‘batlantirib bormoqda. O‘zbekistonda ta’lim xarajatlarini qoplash dasturi mavjud: mutaxassislar xalqaro AT-sertifikatlarni olgandan keyin to‘lovini 100 foiz qaytarib olishlari mumkin. Bu malakali mutaxassislar sonini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
© Press-slujba InnopromaII-konomika: resheniya dlya promishlennosti i riteyla
II-konomika: resheniya dlya promishlennosti i riteyla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
II-konomika: resheniya dlya promishlennosti i riteyla
Startap-ekotizimni kengaytirish navbatdagi qadam bo‘ldi. Agar avvallari startaplar tanlovining mukofot jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda u 5 million dollargacha oshib, xalqaro maqomga ega bo‘ldi.
Oleg Pekos, shuningdek, raqamlashtirish sohasida Rossiya bilan yaqin hamkorlik qilinayotganini eslatib o‘tdi. Misol sifatida u “Maktab 21” loyihasini keltirdi. Bu o‘qituvchilarsiz, platforma va talabalar o‘rtasidagi muloqot asosida ta’lim beriladigan AT-maktabdir. Kampus 24/7 tartibida ishlaydi. Hozir O‘zbekistonda shunday ikkita maktab bor – Toshkent va Samarqandda.
Bundan tashqari, Pekosning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda Rossiyaning 14 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda, shuningdek, Bauman universitetini ochishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, unda ham AT yo‘nalishi bo‘yicha blok bo‘ladi. Rossiya ekotizimlari — marketpleyslar, taksi xizmatlari va boshqalar ham ishlab turibdi.
Elektron tijorat ham sun’iy intellektni qo‘llashning asosiy maydonlaridan biriga aylanib bormoqda. Wildberries kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Akmal Primqulovning so‘zlariga ko‘ra, texnologiyalardan deyarli barcha bosqichlarda — talabni prognozqilishdan tortib logistikagacha foydalaniladi.
“Sun’iy intellekt bizga muayan hududlarda qaysi mahsulotlarga talab bo‘lishini tushunishgava omborlar yuklamasini optimallashtirishga yordam beradi. Bu esa yetkazib berish tezligi hamda savdo hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir qiladi”, — deydi u.
Sessiyada sun’iy intellektning infratuzilma va qurilish sohasidagi imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. “Nasproyektstroy” DK bosh direktori o‘rinbosari Dmitriy Bolotskiy Rossiya bu sohada O‘zbekiston uchun nimalar taqdim eta olishi haqida gapirib berdi.
“Bugun "Innoprom"dagi stendimizda temiryo‘l kesishmasi hududini nazorat qilish quyi tizimini ko‘rish mumkin. Bu — uchta mustaqil datchik yordamida kesishma hududida odamlar yoki boshqa biror to‘siq bor-yo‘qligini kuzatib boruvchi tizimdir. Bunday tizimni joriy etish unchalik qimmat emas, biroq ham avtomobil, ham temiryo‘l transporti harakati xavfsizligini oshirishi nuqtayi nazaridan katta ijtimoiy samara beradi. Biz ushbu tizimni hozirning o‘zida taklif qilishga, uni mahalliylashtirishga va kelgusida birgalikda ishlatishga tayyormiz. Hozirda Chirchiqdagi erkin iqtisodiy zonada temiryo‘l avtomatikasi tizimlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqdamiz”, — dedi Bolotskiy.
Sun’iy intellekt bank sohasini ham chetlab o‘tmadi. “Gazprombank” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, texnologiyalar allaqachon mablag‘lar sarfini nazorat qilish va xavflarni tahlil etish uchun qo‘llanilmoqda.
“Banklar allaqachon shunchaki moliyaviy institut bo‘lishdan to‘xtagan — ular to‘laqonli AT-kompaniyalardir va sun’iy intellekt samaradorlikni oshirishning asosiy vositasiga aylanib bormoqda”, — dedi bankning birinchi vitse-prezidenti Oleg Melnikov.
Sun’iy intellekt rivojlangani sari infratuzilmaga qilinadigan hujumlardan tortib dipfeyklardan foydalanishgacha bo‘lgan xavflar ham ortib bormoqda.
"Bunday xavflar, shubhasiz, mavjud. Bu zirh va o‘q o‘rtasidagi abadiy kurashdir. Texnologiya qanchalik kuchli bo‘lsa, himoya ham shunchalik mustahkambo‘lishi kerak", — dedi Oleg Pekos.
Mutaxassislarning qayd etishicha, tahdidlar taraqqiyotni to‘xtatib qo‘ymaydi, aksincha, yanada puxta yondashuvni talab qiladi. Xususan, gap muhim infratuzilmani, foydalanuvchilar ma’lumotlarini va moliyaviy operatsiyalarni himoya qilish haqida ketmoqda.
V Uzbekistane planiruyut vvesti subsidiarnuyu otvetstvennost marketpleysov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2026
Onlayn savdoda sotuvchilar qatorida marketpleyslar uchun ham javobgarlik joriy etilmoqda
Yangiliklar lentasi
0