https://oz.sputniknews.uz/20260519/russia-belarus-yadro-kuchlar-mashgulotlar-57686742.html
Rossiya va Belarusda yadroviy kuchlarni tayyorlash mashg‘ulotlari boshlandi
Rossiya va Belarusda yadroviy kuchlarni tayyorlash mashg‘ulotlari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Qurolli Kuchlari 19–21 may kunlari yadroviy kuchlarni tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Unga 64 mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 7800 dan ziyod texnika jalb etilgan.
2026-05-19T14:24+0500
2026-05-19T14:24+0500
2026-05-19T14:24+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya mudofaa vazirligi
belarus
mintaqalararo ballistik raketa
rossiya
yadro quroli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43891729_0:0:1131:636_1920x0_80_0_0_310db1a06bd2a5a030b9893313d8ec50.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarida 19–21 may kunlari tajovuz tahdidi sharoitida yadroviy kuchlarni tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.Mashg‘ulotlarga Strategik raketa qo‘shinlari, Shimoliy va Tinch okeani flotlari, Uzoq masofali aviatsiya qo‘mondonligi, shuningdek, Leningrad va Markaziy harbiy okruglar kuchlarining bir qismi jalb etilgan.Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida boshqaruv, o‘zaro hamkorlik va har tomonlama ta’minlash masalalarini amaliy jihatdan ishlab chiqish, jalb etilgan kuchlarning belgilangan vazifalarni bajarish qobiliyatini baholash rejalashtirilgan.Amaliy harakatlar doirasida Rossiya hududidagi poligonlar bo‘ylab ballistik va qanotli raketalarni uchirish tadbirlari ko‘zda tutilgan.Bundan tashqari, mashg‘ulotlar davomida Belarus hududida joylashtirilgan yadroviy qurollarni birgalikda tayyorlash va qo‘llash masalalari ham ishlab chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251105/putin-russia-yadro-salohiyati-rivojlantirish-53246632.html
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43891729_177:0:1025:636_1920x0_80_0_0_ef376ad730094a5e5a48eb3366b3cf2d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, belarus, mintaqalararo ballistik raketa, rossiya, yadro quroli
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, belarus, mintaqalararo ballistik raketa, rossiya, yadro quroli
Rossiya va Belarusda yadroviy kuchlarni tayyorlash mashg‘ulotlari boshlandi
Rossiya Qurolli Kuchlari 19–21 may kunlari tajovuz tahdidi sharoitida yadroviy kuchlarni tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarida 19–21 may kunlari tajovuz tahdidi sharoitida yadroviy kuchlarni tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
ma’lum qildi.
Mashg‘ulotlarga Strategik raketa qo‘shinlari, Shimoliy va Tinch okeani flotlari, Uzoq masofali aviatsiya qo‘mondonligi, shuningdek, Leningrad va Markaziy harbiy okruglar kuchlarining bir qismi jalb etilgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mashg‘ulotlardan maqsad ehtimoliy dushmanni tiyib turish bo‘yicha tadbirlarni tayyorlash, qo‘shinlarni boshqarish ko‘nikmalarini takomillashtirish va harbiy boshqaruv organlari hamda qo‘shinlarning vazifalarni bajarishga tayyorgarligini tekshirishdan iborat.
Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida boshqaruv, o‘zaro hamkorlik va har tomonlama ta’minlash masalalarini amaliy jihatdan ishlab chiqish, jalb etilgan kuchlarning belgilangan vazifalarni bajarish qobiliyatini baholash rejalashtirilgan.
Amaliy harakatlar doirasida Rossiya hududidagi poligonlar bo‘ylab ballistik va qanotli raketalarni uchirish tadbirlari ko‘zda tutilgan.
Mashg‘ulotlarga jami 64 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchi, 7800 tadan ziyod harbiy texnika va qurol-yarog‘, jumladan, 200 tadan ortiq raketa uchirish qurilmasi, 140ta dan ziyod uchish apparati, 73 ta suv usti kemasi va 13 ta suv osti kemasi jalb etilmoqda. Suv osti kemalarining 8 tasi strategik raketa tashuvchi kemalar hisoblanadi.
Bundan tashqari, mashg‘ulotlar davomida Belarus hududida joylashtirilgan yadroviy qurollarni birgalikda tayyorlash va qo‘llash masalalari ham ishlab chiqiladi.