Putin: Rossiya yadroviy salohiyatini rivojlantirmoqda va hech kimga tahdid solmayapti

© Sputnik / POOL
/ Obuna bo‘lish
Putinning ta’kidlashicha, “Poseydon” va “Burevestnik” qurilmalari Rossiyaga strategik muvozanatni mustahkamlash, yadroviy texnologiyalarni harbiy va fuqarolik sohalarida joriy etish imkonini beradi.
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Rossiya boshqa yadroviy davlatlar kabi o‘z salohiyatini rivojlantirmoqda va hech kimga tahdid solmayapti, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda "Burevestnik" qanotli raketasi va "Poseydon" uchuvchisiz suv osti apparati yaratuvchilarini taqdirlash marosimida.
Shuningdek, u ushbu tizimlar yaratilishiga aloqador barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.
"Men sizga va barcha ilmiy, ishlab chiqarish mehnat jamoalariga, bu esa ushbu kuchli, samarali, noyob qurolni yaratishda ishtirok etgan o‘n minglab odamlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - dedi Rossiya rahbari.
Putinning asosiy bayonotlari:
“Poseydon” va “Burevestnik”ni ishlab chiqish Rossiya tarixi va xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega; ular strategik muvozanatni mustahkamlaydi.
“Burevestnik”ning uchish masofasi va xususiyatlari dunyodagi raketalardan o‘ziga xos ekani ta’kidlandi; sinovlar davrida NATO razvedka kemasi hududda qayd etilgan, lekin Rossiya unga xalaqit qilgan emas.
“Poseydon”ning tezligi zamonaviy suv usti kemalaridan bir necha baravar yuqori ekani qayd etildi; u yadroviy energiya qurilmalari asosida ishlaydi.
"Burevestnik" va "Poseydon" ishlanmalarida faqat mahalliy materiallardan foydalaniladi;
“Poseydon”ning yangi ishlash tamoyillari uchuvchisiz suv osti platformalarini rivojlantirishga xizmat qiladi;
Ushbu texnologiyalar harbiy sohadan tashqari fuqarolik sohalarida ham — yangi materiallar va yechimlarni qo‘llash orqali — yutuqlar keltirishi mumkin;
Ishlab chiqilgan materiallar va texnologiyalar kuchli kompyuterlar, kosmik ilmiy-tahlil va qo‘llanmalarni rivojlantirishda foyda beradi;
Rossiya shunchaki o‘z rejalari va yangi qurol tizimlarini rivojlantirishda davom etapti: "Oreshnik" majmuasini seriyali ishlab chiqarish boshlandi, "Sarmat" tizimi 2026-yilda jangovar navbatchilikka qo‘yilishi rejalashtirilmoqda, shuningdek, gipertovushli va yangi avlod qurollari ustida ish olib borilmoqda;
Putinning ta’kidlaicha, bunday ilmiy-sanoat yutuqlari nafaqat mudofaa salohiyatini, balki texnologik suverenitet va iqtisodiy imkoniyatlarni ham mustahkamlaydi.
Bundan tashqari, “Burevestnik” va “Poseydon”da qo‘llanilgan yadro texnologiyalari kichik o‘lchamli, yengil va kompakt qirilishlarga ega bo‘lib, ularni energiya manbai yoki boshqa milliy iqtisodiy loyihalarda, jumladan, Arktikada qazib olish yoki kosmik loyihalarda, qo‘llash imkoniyatlari atrofida fikrlar bildirildi.
