https://oz.sputniknews.uz/20260519/oliy-sud-tarkibi-ozgarish-57692525.html
Oliy sud tarkibi o‘zgardi: ikki sudya saylandi, 9 nafari ozod etildi
Oliy sud tarkibi o‘zgardi: ikki sudya saylandi, 9 nafari ozod etildi
Sputnik O‘zbekiston
Senat Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritdi: 2 nafar sudya 10-yillik muddatga saylandi, 9 nafari esa lavozimidan ozod etildi.
2026-05-19T16:51+0500
2026-05-19T16:51+0500
2026-05-19T16:51+0500
o‘zbekiston
oliy sud
jamiyat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/14/30106435_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a4a1822dcf75826ebe24a461d98084f8.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Qarorga muvofiq, Qahramon Mirsafayev va Mahfirat Ochilova 10-yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.Shu bilan birga, 9 nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Ulardan I.Boltaxo‘jayeva, B.Israilov, G.Parpiyeva, J.Rasulov, N.Rasulov va N.Rahmonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan, Sh.Boliyev, B.Tangabayev va N.Hojimatov esa o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi.Qonunchilikka ko‘ra, Oliy sud raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari prezident taqdimiga binoan Senat tomonidan saylanadi. Senat qarori senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260212/sudya-deklaratsiya-shaffoflik-prezident-takliflar-55659832.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/14/30106435_103:228:936:853_1920x0_80_0_0_bb538cc03bb7b3664886784b36468b9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, oliy sud, jamiyat, o‘zbekiston oliy majlisi senati
o‘zbekiston, oliy sud, jamiyat, o‘zbekiston oliy majlisi senati
Oliy sud tarkibi o‘zgardi: ikki sudya saylandi, 9 nafari ozod etildi
Senat Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritdi: 2 nafar sudya 10-yillik muddatga saylandi, 9 nafari esa lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Qahramon Mirsafayev va Mahfirat Ochilova 10-yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.
Shu bilan birga, 9 nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Ulardan I.Boltaxo‘jayeva, B.Israilov, G.Parpiyeva, J.Rasulov, N.Rasulov va N.Rahmonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan, Sh.Boliyev, B.Tangabayev va N.Hojimatov esa o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi.
Qonunchilikka ko‘ra, Oliy sud raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari prezident taqdimiga binoan Senat tomonidan saylanadi. Senat qarori senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.