https://oz.sputniknews.uz/20260212/sudya-deklaratsiya-shaffoflik-prezident-takliflar-55659832.html
Sudyalar mol-mulki deklaratsiyasi va ishga olishda shaffoflik: prezident takliflarni ma’qulladi
Sudyalar mol-mulki deklaratsiyasi va ishga olishda shaffoflik: prezident takliflarni ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Sud tizimida sud ma’murchiligi institutini tashkil etish, sudyalar va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilish, komplayens nazoratini joriy etish hamda intizomiy hay’at orqali jazo tartibini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
2026-02-12T17:44+0500
2026-02-12T17:44+0500
2026-02-12T17:51+0500
sud
sudya
o‘zbekiston
korrupsiya
islohotlar
jamiyat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0c/55659644_0:129:1280:849_1920x0_80_0_0_8ff65a58c91320ce6231c6317f09eea8.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sudyalar oliy kengashi raisining axboroti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Sud mustaqilligini ta’minlash va sudyalarni tashqi bosimlardan himoya qilish uchun Sudyalar oliy kengashi mas’ul hisoblanadi.Hisobot davrida 59 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Jumladan, 19 nafar sudya qasamod va odob-axloq talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi, 3 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi. 58 nafar sudyaning lavozimi pasaytirildi, 266 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi. Vakolat muddati tugagan 33 nafar sudya navbatdagi lavozimga noloyiq deb topildi.Sud faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha Bosh prokuraturaga 5 ta taqdimnoma kiritildi.Hududiy sudlar raislari chiqargan 6 mingtadan ortiq buyruq o‘rganilib, 231 tasida 314 nafar sudyaga odil sudlovga daxlsiz vazifalar yuklatilgani aniqlandi va bartaraf etildi.Sud apparati xodimlari bilan ishlash va tashkiliy masalalar uchun “sud ma’murchiligi” institutini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilmoqda.Sud tizimida gender tenglikni ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Jumladan, 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kunini nishonlash bo‘yicha rejalar belgilab olindi.Prezident bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, qator tavsiyalar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251125/sudya-mustaqillik-kadrlar-tanlov-53715598.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0c/55659644_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_018bb2d52d364886bfdb9718ab3874e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, sudyalar oliy kengashi, sud mustaqilligi, sudya vakolati tugatildi, intizomiy javobgarlik, sudya jinoiy javobgarlik, sud ma’murchiligi, mol-mulk deklaratsiyasi, komplayens nazorat, gender tenglik, sud tizimi islohoti
shavkat mirziyoyev, sudyalar oliy kengashi, sud mustaqilligi, sudya vakolati tugatildi, intizomiy javobgarlik, sudya jinoiy javobgarlik, sud ma’murchiligi, mol-mulk deklaratsiyasi, komplayens nazorat, gender tenglik, sud tizimi islohoti
Sudyalar mol-mulki deklaratsiyasi va ishga olishda shaffoflik: prezident takliflarni ma’qulladi
17:44 12.02.2026 (yangilandi: 17:51 12.02.2026) Sud tizimida “sud ma’murchiligi” institutini joriy etish, intizomiy hay’at tuzish va sudyalar mol-mulkini deklaratsiya qilishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sudyalar oliy kengashi raisining axboroti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Sud mustaqilligini ta’minlash va sudyalarni tashqi bosimlardan himoya qilish uchun Sudyalar oliy kengashi mas’ul hisoblanadi.
Hisobot davrida 59 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Jumladan, 19 nafar sudya qasamod va odob-axloq talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi, 3 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi. 58 nafar sudyaning lavozimi pasaytirildi, 266 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi. Vakolat muddati tugagan 33 nafar sudya navbatdagi lavozimga noloyiq deb topildi.
Sud faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha Bosh prokuraturaga 5 ta taqdimnoma kiritildi.
Hududiy sudlar raislari chiqargan 6 mingtadan ortiq buyruq o‘rganilib, 231 tasida 314 nafar sudyaga odil sudlovga daxlsiz vazifalar yuklatilgani aniqlandi va bartaraf etildi.
Sud apparati xodimlari bilan ishlash va tashkiliy masalalar uchun “sud ma’murchiligi” institutini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilmoqda.
Shuningdek, Sudyalar intizomiy hay’atini tashkil etish, sudyalar va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilishni joriy etish, komplayens nazoratini kuchaytirish hamda sud apparati xodimlarini ishga qabul qilishning ochiq tartibini yaratish taklif qilindi.
Sud tizimida gender tenglikni ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Jumladan, 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kunini nishonlash bo‘yicha rejalar belgilab olindi.
Prezident bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, qator tavsiyalar berdi.