Mirziyoyev Bokuda Aliyev, Vuchich va BMT vakili bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya v Baku s Aliyevim, Vuchichem i predstavitelem OON
Mirziyoyev vstretilsya v Baku s Aliyevim, Vuchichem i predstavitelem OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Obuna bo‘lish
Bokudagi uchrashuvlarda savdo, investitsiya, transport, sanoat kooperatsiyasi va shaharsozlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Boku shahriga amaliy tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich hamda BMT bosh kotibining o‘rinbosari, BMT-Habitat ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 40 foizdan ziyodga oshgani qayd etildi.
Tomonlar qurilish, tog‘-kon sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, qo‘shma investitsiyalarni kengaytirish hamda xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya v Baku s Aliyevim, Vuchichem i predstavitelem OON
Mirziyoyev vstretilsya v Baku s Aliyevim, Vuchichem i predstavitelem OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Mirziyoyev vstretilsya v Baku s Aliyevim, Vuchichem i predstavitelem OON
Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya v Baku s Aliyevim, Vuchichem i predstavitelem OON
Mirziyoyev vstretilsya v Baku s Aliyevim, Vuchichem i predstavitelem OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Mirziyoyev vstretilsya v Baku s Aliyevim, Vuchichem i predstavitelem OON
Anaklaudiya Rossbax bilan muloqotda BMT-Habitat bilan shaharlarni barqaror rivojlantirish, shahar infratuzilmasini takomillashtirish va shaharsozlik sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na 13-y sessii Vsemirnogo foruma po urbanizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Mirziyoyev: 15-yil ichida O‘zbekiston aholisi 50 mln nafarga yetadi
Yangiliklar lentasi
0