https://oz.sputniknews.uz/20260518/uzbekistan-aholi-50-mln-etish-57663231.html
Mirziyoyev: 15-yil ichida O‘zbekiston aholisi 50 mln nafarga yetadi
Mirziyoyev: 15-yil ichida O‘zbekiston aholisi 50 mln nafarga yetadi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Bokudagi Butunjahon urbanizatsiya forumida yaqin 15-yilda O‘zbekiston aholisi 50 mln nafarga yetishi kutilayotganini aytdi. Prezident Yangi Toshkent, arzon uy-joy va “aqlli shaharlar” bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.
2026-05-18T17:16+0500
2026-05-18T17:16+0500
2026-05-18T17:16+0500
shavkat mirziyoyev
boku
forum
shahar
yangi toshkent
bmt
ko‘p kvartirali uylar
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57662989_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_b27156f0ca6a6b6fb00d41bbde7ea9e4.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Prezident forumning “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar” mavzusi bugungi dunyo uchun dolzarb ekanini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyoda qariyb 3 milliard inson birlamchi yashash sharoitlaridan mahrum. Ularning bir milliarddan ziyodi norasmiy turar joylar va xarobalarda yashamoqda, 300 milliondan ortiq odam esa umuman boshpanaga ega emas.Davlat rahbarining aytishicha, so‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda qurilayotgan uy-joylarning yillik soni 10 barobar oshgan. 2025-yilda 238 mingta xonadon qurilgan, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni yana 1,5 barobar oshirish rejalashtirilgan.Mirziyoyev norasmiy turar joylar muammosini hal qilish uchun 2024-yilda alohida qonun qabul qilinganini ham eslatdi. Unga ko‘ra, 100 mingga yaqin uyga hujjat rasmiylashtirib berilgan.Prezident “Yangi Toshkent” megaloyihasiga ham to‘xtaldi. Uning birinchi bosqichida qiymati 25 milliard dollardan ortiq investitsiya loyihalari boshlangan.Davlat rahbariga ko‘ra, bunday loyihalar O‘zbekistonning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Hozirgacha 61 ta yangi massiv barpo etilgan, 2030-yilga borib ular soni 100 taga yetkaziladi.Mirziyoyev sammitda bir qator xalqaro tashabbuslarni ham ilgari surdi.Shuningdek, prezident Butunjahon urbanizatsiya forumining 15-sessiyasini 2030-yilda Yangi Toshkent shahrida o‘tkazish taklifini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260518/mirziyoev-butunjahon-urbanizatsiya-forum-ishtirok-57658759.html
boku
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57662989_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_db0d6c0d9c157792b3e47dba1e222cbb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, boku, forum, shahar, yangi toshkent, bmt, ko‘p kvartirali uylar, jamiyat
shavkat mirziyoyev, boku, forum, shahar, yangi toshkent, bmt, ko‘p kvartirali uylar, jamiyat
Mirziyoyev: 15-yil ichida O‘zbekiston aholisi 50 mln nafarga yetadi
Prezident Bokudagi Butunjahon urbanizatsiya forumida O‘zbekistonda uy-joy qurilishi, Yangi Toshkent loyihasi va shaharlar rivoji bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Prezident forumning “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar” mavzusi bugungi dunyo uchun dolzarb ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyoda qariyb 3 milliard inson birlamchi yashash sharoitlaridan mahrum. Ularning bir milliarddan ziyodi norasmiy turar joylar va xarobalarda yashamoqda, 300 milliondan ortiq odam esa umuman boshpanaga ega emas.
“Yaqin 15-yil ichida O‘zbekiston aholisi 38 milliondan 50 million nafarga, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizdan 65 foizga yetishi kutilmoqda”, — dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbarining aytishicha, so‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda qurilayotgan uy-joylarning yillik soni 10 barobar oshgan. 2025-yilda 238 mingta xonadon qurilgan, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni yana 1,5 barobar oshirish rejalashtirilgan.
“Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash dasturlariga har yili budjetdan qariyb 2 milliard dollar mablag‘ ajratilmoqda”, — dedi prezident.
Mirziyoyev norasmiy turar joylar muammosini hal qilish uchun 2024-yilda alohida qonun qabul qilinganini ham eslatdi. Unga ko‘ra, 100 mingga yaqin uyga hujjat rasmiylashtirib berilgan.
Prezident “Yangi Toshkent” megaloyihasiga ham to‘xtaldi. Uning birinchi bosqichida qiymati 25 milliard dollardan ortiq investitsiya loyihalari boshlangan.
Davlat rahbariga ko‘ra, bunday loyihalar O‘zbekistonning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Hozirgacha 61 ta yangi massiv barpo etilgan, 2030-yilga borib ular soni 100 taga yetkaziladi.
Mirziyoyev sammitda bir qator xalqaro tashabbuslarni ham ilgari surdi.
Xususan, u shaharlarni rivojlantirishda “mutanosib urbanizatsiya” tamoyilini keng joriy etish, “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzish, Samarqandda uy-joy qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazish va BMT-Habitatning “Yashil shahar” xalqaro mukofotini ta’sis etishni taklif qildi.
Shuningdek, prezident Butunjahon urbanizatsiya forumining 15-sessiyasini 2030-yilda Yangi Toshkent shahrida o‘tkazish taklifini bildirdi.
“Uning bosh mavzusini "Shaharlarning barqaror rivojlanishida mahalla institutining o‘rni" deb nomlashni taklif etaman”, — dedi Mirziyoyev.