O‘zbekistonda eng ko‘p korxona tashkil etgan top-5 davlat

Obuna bo‘lish
1 may holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 19 490 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning eng ko‘pi Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan.
O‘zbekistonda 2026-yil 1-may holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 19 490 tani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Shundan 4 427 tasi qo‘shma korxona, 15 063 tasi esa xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Davlatlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Xitoyga tegishli. Xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 5 615 tani tashkil etib, umumiy ko‘rsatkichning 28,8 foiziga teng bo‘ldi.
Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 3 308 ta, Turkiya — 2 216 ta, Qozog‘iston — 1 259 ta va Janubiy Koreya — 721 ta korxona bilan qayd etilgan.
Biroq qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni Rossiya egallaydi. Rossiya kapitali ishtirokida 909 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich Xitoyda 788 ta, Turkiyada esa 502 tani tashkil etadi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0