https://oz.sputniknews.uz/20260518/uzbekistan-kazanforum-taklif-57654350.html
Savdodan ishlab chiqarishga: O‘zbekiston "KazanForum"da nimalarni taklif qildi
Savdodan ishlab chiqarishga: O‘zbekiston "KazanForum"da nimalarni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
KazanForum 2026da O‘zbekiston Rossiya va Tatarstan bilan sanoat kooperatsiyasi, industrial parklar, logistika va qo‘shma ishlab chiqarishlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
2026-05-18T11:33+0500
2026-05-18T11:33+0500
2026-05-18T11:46+0500
tatariston
rossiya
qozon
forum
iqtisod
jamshid xodjayev
rustam minnixanov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57654179_0:46:558:359_1920x0_80_0_0_5f027c16921e7e0a9c1c36f9f6e1bb1c.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tgan XVII “Rossiya — Islom dunyosi: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumida sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma ishlab chiqarishlar va industrial parklarni rivojlantirish masalalarini ilgari surdi.Forum 12–17 may kunlari Qozonda bo‘lib o‘tdi. Unda 99 ta mamlakat va 75 ta Rossiya hududi vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchilik qildi.Forum doirasida Jamshid Xodjayev Tatarstan raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Tatarstan o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar, maxsus iqtisodiy zonalar va industrial parklar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. Asosiy urg‘u oddiy savdodan sanoat kooperatsiyasiga o‘tishga qaratildi. Xodjayevning ta’kidlashicha, Rossiya O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda, hamkorlik esa savdo bilan cheklanmay, mashinosozlik, energetika, logistika, qo‘shma ishlab chiqarish va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga o‘tmoqda.Xodjayev "KazanForum"da O‘zbekiston xorijiy hamkorlarga alohida loyihalar emas, balki ularni imzolashdan ishga tushirishgacha kompleks qo‘llab-quvvatlash mexanizmini taklif qilayotganini ta’kidladi.Forumning iqtisodiy kun tartibida investitsiya va infratuzilma loyihalari, islom moliyasi, mashinasozlik va texnologik hamkorlik alohida o‘rin tutdi. Xodjayevning ma’lum qilishicha, 2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 43 mlrd dollardan oshgan, 2026-yil uchun esa 50 mlrd dollardan ortiq ko‘rsatkich mo‘ljal qilingan.Avvalroq O‘zbekiston Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy qiymati 47 mlrd dollarlik 330 tadan ortiq yirik sanoat loyihalarini amalga oshirayotgani ma’lum qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251203/mintaqalararo-hamkorlik-yol-xarita-53916922.html
tatariston
qozon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57654179_10:0:489:359_1920x0_80_0_0_8efa7b6f68e27e87f221e8bba9b52c7c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tatariston, rossiya, qozon, forum, iqtisod, jamshid xodjayev, rustam minnixanov
tatariston, rossiya, qozon, forum, iqtisod, jamshid xodjayev, rustam minnixanov
Savdodan ishlab chiqarishga: O‘zbekiston "KazanForum"da nimalarni taklif qildi
11:33 18.05.2026 (yangilandi: 11:46 18.05.2026) "KazanForum 2026"da O‘zbekiston Rossiya va Tatarstan bilan sanoat kooperatsiyasi, industrial parklar va qo‘shma ishlab chiqarishlarni kengaytirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tgan XVII “Rossiya — Islom dunyosi: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumida sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma ishlab chiqarishlar va industrial parklarni rivojlantirish masalalarini ilgari surdi.
Forum 12–17 may kunlari Qozonda bo‘lib o‘tdi. Unda 99 ta mamlakat va 75 ta Rossiya hududi vakillari
ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchilik qildi.
Forum doirasida Jamshid Xodjayev Tatarstan raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Tatarstan o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar, maxsus iqtisodiy zonalar va industrial parklar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Asosiy urg‘u oddiy savdodan sanoat kooperatsiyasiga o‘tishga qaratildi. Xodjayevning ta’kidlashicha, Rossiya O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda, hamkorlik esa savdo bilan cheklanmay, mashinosozlik, energetika, logistika, qo‘shma ishlab chiqarish va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga o‘tmoqda.
Xodjayev "KazanForum"da O‘zbekiston xorijiy hamkorlarga alohida loyihalar emas, balki ularni imzolashdan ishga tushirishgacha kompleks qo‘llab-quvvatlash mexanizmini taklif qilayotganini ta’kidladi.
U buni ochiq investitsiya siyosati, o‘sib borayotgan 40 millionlik bozor va O‘zbekistonning Yevroosiyo markazidagi qulay joylashuvi bilan izohladi.
Forumning iqtisodiy kun tartibida investitsiya va infratuzilma loyihalari, islom moliyasi, mashinasozlik va texnologik hamkorlik alohida o‘rin tutdi.
Xodjayevning ma’lum qilishicha, 2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 43 mlrd dollardan oshgan, 2026-yil uchun esa 50 mlrd dollardan ortiq ko‘rsatkich mo‘ljal qilingan.
Avvalroq O‘zbekiston Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy qiymati 47 mlrd dollarlik 330 tadan ortiq yirik sanoat loyihalarini amalga oshirayotgani ma’lum qilingan edi.