https://oz.sputniknews.uz/20260518/mirziyoev-butunjahon-urbanizatsiya-forum-ishtirok-57658759.html
Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumida ishtirok etdi
Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Forumda arzon uy-joy, barqaror shaharlar va transport infratuzilmasi muhokama qilinmoqda.
2026-05-18T14:30+0500
2026-05-18T14:30+0500
2026-05-18T14:37+0500
shavkat mirziyoyev
ozarbayjon
ilhom aliyev
bmt
forum
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57658399_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_1b5600e6678f4f3f94d26e6c5bc43a58.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.Kongress-markazda davlat rahbarini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi — UN-Habitat ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldi.Bu galgi forumning asosiy mavzusi — “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. UN-Habitat ma’lumotiga ko‘ra, WUF13 uy-joy muammosini hal etish va uni inklyuziv, barqaror shahar rivojlanishining muhim omili sifatida ko‘rsatishga qaratilgan.WUF13 17–22 may kunlari Boku shahrida Ozarbayjon hukumati va UN-Habitat hamkorligida o‘tkazilmoqda. Forumda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, rivojlanish institutlari hamda shaharsozlik sohasi vakillari ishtirok etmoqda.Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Bokuga amaliy tashrif bilan kelgan. Tashrif dasturida forum tadbirlari, jumladan, Yetakchilar sammitida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.Butunjahon urbanizatsiya forumi BMTning shaharlar va aholi punktlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan yirik xalqaro maydoni hisoblanadi. Unda uy-joy tanqisligi, shaharlarda aholi soni ortishi, infratuzilma yuklamasi va iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260414/mirziyoev-bosh-reja-qurilish-vazifalar-56901988.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57658399_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_09f22fefa30f1a691eab080911d64197.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, ozarbayjon, ilhom aliyev, bmt, forum, siyosat
shavkat mirziyoyev, ozarbayjon, ilhom aliyev, bmt, forum, siyosat
Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumida ishtirok etdi
14:30 18.05.2026 (yangilandi: 14:37 18.05.2026) Bokuda o‘tayotgan forumda barqaror shaharlar, arzon uy-joy, transport infratuzilmasi va iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida
ishtirok etdi.
Kongress-markazda davlat rahbarini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi — UN-Habitat ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldi.
Bu galgi forumning asosiy mavzusi — “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. UN-Habitat ma’lumotiga ko‘ra, WUF13 uy-joy muammosini hal etish va uni inklyuziv, barqaror shahar rivojlanishining muhim omili sifatida ko‘rsatishga qaratilgan.
Forum kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy va transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.
WUF13 17–22 may kunlari Boku shahrida Ozarbayjon hukumati va UN-Habitat hamkorligida o‘tkazilmoqda. Forumda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, rivojlanish institutlari hamda shaharsozlik sohasi vakillari ishtirok etmoqda.
Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Bokuga amaliy tashrif bilan kelgan. Tashrif dasturida forum tadbirlari, jumladan, Yetakchilar sammitida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Butunjahon urbanizatsiya forumi BMTning shaharlar va aholi punktlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan yirik xalqaro maydoni hisoblanadi. Unda uy-joy tanqisligi, shaharlarda aholi soni ortishi, infratuzilma yuklamasi va iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.