https://oz.sputniknews.uz/20260518/china-kompaniya-andijon-pomidor-etishtirish-57664320.html
Xitoy kompaniyasi Andijon viloyatida 3000 gektarda pomidor yetishtiradi
Xitoy kompaniyasi Andijon viloyatida 3000 gektarda pomidor yetishtiradi
Sputnik O‘zbekiston
Andijonda Xinjiang Huize Group kompaniyasi bilan 100 mln dollarlik agrosanoat loyihasi amalga oshiriladi. 3 ming gektarda pomidor yetishtirilib, Ulug‘norda qayta ishlash majmuasi quriladi.
2026-05-18T18:14+0500
2026-05-18T18:14+0500
2026-05-18T18:14+0500
shuhrat abdurahmonov
eksport
o‘zbekiston
investitsiya
iqtisod
xitoy
pomidor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16010032_0:55:3447:1993_1920x0_80_0_0_e12b725f9c7b3474417fb21e3b77da70.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoyning "Xinjiang Huize Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda 100 million dollarlik agrosanoat loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Loyiha doirasida Andijon viloyatidagi 3 ming gektar maydonda intensiv usulda pomidor yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Har gektardan 150 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan.Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yiliga 450 ming tonnagacha pomidor yetishtirish imkonini beradi.Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, tayyor mahsulotlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga, jumladan, Ispaniyaga eksport qilinadi.Loyiha viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, eksport hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260304/uzbekistan-china-biznes-forum-56078711.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16010032_357:0:3088:2048_1920x0_80_0_0_4cdf6d5f6c0b1941c23fd4a9704b60f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shuhrat abdurahmonov, eksport, o‘zbekiston, investitsiya, iqtisod, xitoy, pomidor
shuhrat abdurahmonov, eksport, o‘zbekiston, investitsiya, iqtisod, xitoy, pomidor
Xitoy kompaniyasi Andijon viloyatida 3000 gektarda pomidor yetishtiradi
3000 gektarda yetishtirilgan pomidor mahsulotlari YeIga, jumladan, Ispaniyaga eksport qilinadi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoyning "Xinjiang Huize Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda 100 million dollarlik agrosanoat loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Loyiha doirasida Andijon viloyatidagi 3 ming gektar maydonda intensiv usulda pomidor yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Har gektardan 150 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yiliga 450 ming tonnagacha pomidor yetishtirish imkonini beradi.
Shuningdek, Ulug‘nor tumanida zamonaviy qayta ishlash majmuasi barpo etiladi. Korxona birinchi bosqichda kuniga 1200 tonna pomidorni qayta ishlab, tomat pastasi, ketchup, tabiiy sharbatlar, tomat kubiklari va biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, tayyor mahsulotlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga, jumladan, Ispaniyaga eksport qilinadi.
Loyiha viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, eksport hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.