https://oz.sputniknews.uz/20260304/uzbekistan-china-biznes-forum-56078711.html
O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi: $21 mlrd investitsiya va Yangi Toshkentda Sian shaharchasi
O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi: $21 mlrd investitsiya va Yangi Toshkentda Sian shaharchasi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni 20 mlrd dollarga yetkazish maqsadi ma’lum qilindi. 2025-yilda savdo hajmi 17,8 mlrd dollarni tashkil etgan.
2026-03-04T10:59+0500
2026-03-04T10:59+0500
2026-03-04T11:00+0500
investitsiya
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
iqtisod
xitoy
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/04/56087117_0:119:1374:892_1920x0_80_0_0_056731a615e24c0441a18fad73abf448.jpg
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy biznes forumida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimovning ma’lum qilishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 17,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 34 foizga ko‘p.Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini 20 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 15,8 milliard dollar miqdorida Xitoy investitsiyalari jalb qilingan. 2026-yilda esa bu ko‘rsatkichni 21 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.Shuningdek, forumda strategik ahamiyatga ega Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi ham muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, mazkur magistral O‘zbekistonni sharq va g‘arb o‘rtasidagi muhim transport xabiga aylantirishga xizmat qiladi.Forum doirasida joriy yil may oyida Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan uchinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumiga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260119/china-central-asia-ayirboshlash-2025-yil-54954375.html
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/04/56087117_0:0:1296:971_1920x0_80_0_0_58926df2df24d08a242c23210f42293c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston–xitoy, biznes-forum, tovar ayirboshlash, 20 milliard dollar, , xitoy investitsiyalari, 21 milliard reja, ilzat kasimov, xitoy–qirg‘iziston–o‘zbekiston temir yo‘li, transport xabi
o‘zbekiston–xitoy, biznes-forum, tovar ayirboshlash, 20 milliard dollar, , xitoy investitsiyalari, 21 milliard reja, ilzat kasimov, xitoy–qirg‘iziston–o‘zbekiston temir yo‘li, transport xabi
O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi: $21 mlrd investitsiya va Yangi Toshkentda Sian shaharchasi
10:59 04.03.2026 (yangilandi: 11:00 04.03.2026) Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy biznes forumida savdo hajmini oshirish va investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Shuningdek, Yangi Toshkentda Sian shaharchasini barpo etish taklif qilindi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston–Xitoy biznes forumida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimovning ma’lum qilishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 17,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 34 foizga ko‘p.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini 20 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
“Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganmiz”, — dedi Kasimov.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 15,8 milliard dollar miqdorida Xitoy investitsiyalari jalb qilingan. 2026-yilda esa bu ko‘rsatkichni 21 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, forumda strategik ahamiyatga ega Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi ham muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, mazkur magistral O‘zbekistonni sharq va g‘arb o‘rtasidagi muhim transport xabiga aylantirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i A. Rahmonov Yangi Toshkent shahrida Sian shaharchasini barpo etish tashabbusini ilgari surdi. Uning fikricha, bu loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.
Forum doirasida joriy yil may oyida Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan uchinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumiga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.