“Bobomning kostumi G‘alabani ko‘rgan”: Urush faxriysi avlodlari hikoyasi
“Bobomning kostumi G‘alabani ko‘rgan”: Urush faxriysi avlodlari hikoyasi
Sputnik O‘zbekiston
G‘alaba va undan keyingi munosib hayot, ko‘plab mukofotlar va baxtli oila - Ulug‘ Vatan urushi qahramonining avlodlari uni qanday xotirlaydi. 16.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
G‘alaba kuni — Ulug‘ Vatan urushi faxriysi Voris Sagatov oilasi uchun eng asosiy va sevimli bayramdir. Toshkentning eski shahar qismida joylashgan “Ko‘kcha darvoza” mahallasidagi shinam uyga barcha qarindosh-urug‘lar to‘planadi.Faxriyning besh nafar farzandi, 11 nabirasi, evara va chevaralari bor... 9-may kuni uy jarangdor bolalar kulgisiga to‘ladi. Urush yillari qo‘shiqlari, urush, askarlar jasorati, dahshatli janglar, general Sobir Rahimov, gvardiya tibbiy xizmat kapitani Sagatov hamda G‘alabani kutib olish quvonchi haqidagi hikoyalar aytiladi.Faxriyning xizmatlari ro‘yxatida: Gnev va Starograd shaharlarini ozod qilgani, Shtralzund, Grimmen, Demmin, Malxin, Varen, Vezenberg shaharlarini egallagani, Gdansk shahri va qo‘rg‘onini ozod etishdagi ajoyib jangovar harakatlari uchun va yana ko‘plab boshqa minnatdorchiliklar bor. Xonadonda II darajali Vatan urushi ordeni, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Zarbdor armiya faxriysi”, “Jasorat”, “65-armiya faxriysi”, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari, yubiley medallari avaylab saqlanadi.Bugun kapitan Sagatovning o‘zi oramizda yo‘q. Ammo oilada u va Ulug‘ Vatan urushi haqidagi xotira muqaddas yodgorlikdek qadrlanib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelinadi. Bobosining jang maydonlaridan qolgan kamari, eski dala sakvoyaji, frontdan yuborilgan oq-qora suratlar, sarg‘aygan maktublar va ko‘plab tashakkurnomalar bu xotiralarning bir qismidir.“1945 yil bahorida Polshada otam general Rahimovning huzuriga kirib, Toshkentdagi betob onalarining holidan xabar olish uchun ruxsat so‘raganlar. Shunda general: "Ozgina sabr qil, mana bu operatsiyani tugataylik, keyin birga boramiz",– debdilar. Oradan ko‘p o‘tmay, general halok bo‘ladigan darajada yaralanadi. Otam uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar safida va keyinroq so‘nggi yo‘lga kuzatganlar orasida bo‘lganlar”, — deydi kapitan Sagatovning o‘g‘li Mirvali Vorisovich.Tinchlik yillarida esa Toshkentda Sobir Rahimov haykalining ochilish marosimida nutq so‘zlaganlar.“Ha, otamning o‘zlari ham urushda o‘lim bilan bir necha bor yuzma-yuz kelgan, yaralangan, kontuziya olgan, terlamaga chalinganlar. Ikki marta murdaxonaga tushib qolgan. Hamma ularni o‘ldi deb hisoblaganida, so‘nggi lahzada tiriklik alomatlarini namoyon etgan", — deya hikoya qiladi faxriyning qizi Saida Vorisovna.Yaralanishi bilan bog‘liq voqea ham qiziqarli bo‘lgan. Ozod etilgan shaharlarning birida kapitan Sagatov dam olayotganida, yoniga nemis ovcharkasi kelib, uni o‘ziga yangi xo‘jayin bilib, oyoqlari ostiga yotib olgan.“Dadam ozgina nemischa gapirar edilar, shuning uchun it bilan til topisha olgan, uning buyruqlarini tushungan. Unga Jek deb laqab qo‘yganlar. Ular uzoq vaqt birga bo‘lishgan. Bir kuni it dushmanni ko‘rib qolib, akillagan va shunday qilib yashirinish kerakligini bildirib, dadamni o‘limdan saqlab qolgan. Ammo o‘sha nemis baribir dadamni yarador qilishga ulgurgan,” — deya hikoya qiladi faxriyning kenja o‘g‘li Miraziz Vorisovich.Bundan tashqari, chekinayotganda dushmanlar qoldirib ketgan nemis generalining qo‘lga o‘rgatilgan oti bilan bog‘liq voqea ham bo‘lgan. Shuningdek, kapitan Sagatovning barcha jonzotlarga qanchalik mehribonlik bilan munosabatda bo‘lganini ko‘rsatuvchi boshqa ko‘plab hikoyalar ham bor.“Dadamizning Sog‘liqni saqlash vazirligidan olgan ko‘plab faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari, O‘zSSR Oliy Kengashi Prezidiumining ikkita (1954 va 1960-yillar) faxriy yorlig‘i bor. 1990-yilda esa ko‘p yillik samarali mehnati va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun shaxsan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning o‘zidan faxriy yorliq olganlar. Dadam oliy toifali shifokor, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan shifokor unvoniga ega edilar. Dadamiz ishlariga juda talabchan bo‘lgan. Ularni shaharning eng qattiqqo‘l epidemiologi deb bilishar, bu haqda hatto afsonalar yurardi. Bizni ham halol ishlashga o‘rgatganlar. Biz dadamning o‘z ishiga butun vujudi bilan berilishini ko‘rib o‘sganmiz, shuning uchun bo‘lsa kerak, uning yo‘lini tibbiyot, fan va pedagogika sohalarida davom ettirishga qaror qilganmiz”, – deydi faxriyning yana bir qizi Farida Vorisovna.Voris Sagatovning uch qizi otasi izidan borib, shifokor bo‘ldi: Saida nevropatolog, Farida epidemiolog, Umida esa teri-tanosil kasalliklari shifokori. O‘g‘li Mirvali Fanlar akademiyasi tizimida mehnat qildi, Miraziz esa hozirda Toshkent davlat texnika universitetining axborot texnologiyalari kafedrasiga mudirlik qilmoqda.Voris Sagatovich sevikli rafiqasi Uchqun Ahmedovna bilan oltin to‘yiga bir yilgina yetmadi: ular 49-yil davomida urushdan keyingi barcha qiyinchiliklarni yelkama-yelka yengib o‘tishgan.“O‘n sakkiz yoshimda turmushga chiqdim, beshta farzandlik bo‘ldik. Zamonlar og‘ir edi. Ham o‘qidim, ham ishladim, ham bolalarimga qaradim. Turmush o‘rtog‘imning ota-onasi keksayib qolishgandi, ularga ham o‘zim qaraganman", — deb eslaydi u.Uchqunoy Ahmedovnaning hayot yo‘li ham juda qiziqarli va mashaqqatli kechgan. Uning otasi Islombek 1937-yilda qatag‘on qilinib, otib tashlangan. Onasi Hafiza opa yosh va yolg‘iz qoladi, keyinroq turmushga chiqadi va o‘gay otasi Ahmadjon aka qizchaga otalik qiladi. Onasining o‘zi esa VGIKning rejissorlik kursiga o‘qishga kiradi, biroq o‘qishini tamomlay olmaydi: o‘shanda kichkina Uchqunoy pnevmoniya bo‘lib qoladi va uyga qaytishga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, oilaviy arxivda “Hukumat a’zosi” filmi saqlanib qolgan, unda onasi Hafiza opa ommaviy sahnada rol ijro etgan. Shuningdek, Uchqunoy opaning xotiralarida o‘n sakkiz yoshida Moskvadagi jismoniy tarbiya paradiga borgani va o‘sha yerda ilk bor Stalinni ko‘rgani haqidagi hikoya ham bor.Turmushga chiqqanan keyin ham, u o‘ttiz yil maktab-internatda ishladi (bu yerda bolalar hafta davomida yashab, dam olish kunlari ota-onalari olib ketishardi) va u yerdagi har bir bolaga ham mehr va iliqlik ulashdi.“Dastlabki yillari turmush o‘rtog‘im bilan Chakarda (Toshkentning eski shahar qismi) uning ota-onasining uyida yashaganmiz. U yerda bir nechta oila bo‘lib yashar edik. Bir kuni mehmonga kelgan erimning o‘rtog‘i siqilib qolganimizni ko‘rib, yer sotib olib, uy qurishni maslahat berdi. Uning maslahatiga ko‘ra, yer oldik, ssuda oldik. Esimda, o‘shanda erim uyni rasmiylashtirishga pul yo‘qligidan xafa bo‘lib kelgandi. Men esa yaqindagina to‘rtinchi farzandimni dunyoga keltirib, 200 rubl dekret puli olgandim. O‘sha pulni erimga berdim. Shunday qilib, shu uyni qura boshladik", — deydi faxriyning bevasi.Shunday qilib, ular o‘z qo‘llari bilan uy qurishgan. Homilador bo‘lishiga qaramay, Uchqunoy opa eriga yordamlashib, qurilish uchun aravada qorishma tashigan. Ularning kenja farzandi Miraziz shu yerda dunyoga kelgan. Uchqunoy opa va Voris aka bu uyda 5 nafar farzandi hamda Voris akani ota-onasi bilan 40-yildan ortiq birga yashashgan. Uchqunoy erining ota-onasiga xuddi bugun Mirazizning rafiqasi Nigora o‘z qaynota-qaynonasiga g‘amxo‘rlik qilganidek mehr bilan qaragan.Voris aka bolalarini juda yaxshi ko‘rardi.“Ota-onamiz 186-maktabning faxriy ota-onalari bo‘lishgan. Hammiz o‘sha yerda o‘qiganmiz. Dadam uzoq vaqt ota-onalar qo‘mitasi raisi bo‘lganlar. Katta opam o‘ninchi sinfda o‘qiyotganida men birinchi sinfga borganman,” — deydi Miraziz Vorisovich.Oilamizda mehmonni juda yaxshi ko‘rishardi. Odamlar faxriyning donoligini hurmat qilib, hayotiy maslahat so‘rab kelishardi. U tibbiyot va salomatlik borasida ham yordamini ayamay, doimo dono va amaliy maslahatlar berardi.Urushdan keyin kapitan Sagatov Ulug‘ Vatan urushi faxriylari hayotida faol ishtirok etgan. Safdoshlariga yordam bergan. Polkdoshlari bilan uchrashish uchun Rossiya, Belarus, Ukraina, Polsha va Belgiya shaharlariga tez-tez borib turgan. Shuningdek, mahallada harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bilan ham shug‘ullangan.“Bir kuni dadam ishdan qaytayotib, ko‘chamizdagi bir nechta yigitning uyimiz yaqinida bekor o‘tirganini ko‘rib qolibdilar. Ularning yoniga borib: “Bekorchilik qilgandan ko‘ra uyingizda kitob o‘qisangiz, uy ishlari yoki sport bilan shug‘ullansangiz yaxshi bo‘lardi”, debdilar. Keyin esa bolalar bekor o‘tirmasdan, haqiqatan ham sport bilan shug‘ullanishlari uchun o‘zlari tennis stoli va voleybol to‘rlarini sotib olib berdilar”, — deydi Miraziz Vorisovich.“Ko‘kcha darvoza” mahallasida ham faxriy bilan bog‘liq voqealarni, uning urushda va urushdan keyingi qilgan ishlarini eslashadi.“Hozir mahallamizda urush qatnashchilari qolmagan, lekin Xotira va qadrlash kunida ular bizni — ularning yaqinlarini, shuningdek, afg‘on urushi ishtirokchilarini bir joyga to‘plashdi. Otalarimizning jasorati haqidagi xotiralarni saqlab, kelajak avlodlarga yetkazishayotgani haqida gapirishdi, — dedi Miraziz Vorisovich.Voris Sagatovich oilada mehribon ota edi.“Ko‘proq bizni, qizlarini yaxshi ko‘rardi, erkalatardi. Bizga hamdard bo‘lardi, bor o‘y-hayollarimiz va sirlarimizni dadamga bemalol ayta olardik. O‘g‘illarini esa qattiqqo‘llik bilan, harbiy ruhda tarbiyalagan", — deya qo‘shib qiladi Farida Vorisovna.Kapitan Sagatov urushda ham, tinchlik davrida ham sportni juda yaxshi ko‘rardi.Hatto frontda, janglar orasidagi tanaffuslarda ham safdoshlari bilan futbol va shaxmat o‘ynashga vaqt topa olgani haqida oilasida hikoya saqlanadi.1966 yildan boshlab faxriy va tibbiyot xodimlari o‘tmish va kelajak haqida suhbatlashish, asosan esa shaxmat o‘ynash uchun vaqti-vaqti bilan yig‘ilib turadigan bo‘lishdi. Shaxmat klubi ana shunday tashkil topgan edi. Keyinchalik ularga tanishlari ham kelib qo‘shildi. Bu klub turli yillarda Yorqin To‘raqulov, Hamdam Usmonov, Sodiq Azimov, Po‘lat Mo‘min, Erkin Vohidov, Solih Umarov, Voris Sagatov, To‘xtaboy Rahimjonov, Vali Shomirzayev, Halim Usmonxo‘jayev, Nosir Muhiddinov, Tursun Rashidov, Qo‘ysin Abdullayev, Nabi Majidov, Ma’ruf Abrorov, Soyibjon Ne’matov, Jaloliddin Muhiddinov, Sobit Nosirxo‘jayev kabi ko‘plab atoqli faxriy, shifokor, akademik, olim va shoirlarni o‘z atrofida birlashtirdi.“Olti yoshligimda dadam shaxmat olib kelib, beshta farzandiga o‘ynashni o‘rgatganlar. O‘sha shaxmat hozir ham bor, uni ko‘z qorachig‘iday asrayman. Bu endi bizning oilaviy yodgorligimizga aylangan. Hozir u bilan farzandlarim va nabiralarimga o‘rgatapman", — deydi Miraziz Vorisovich.Bundan tashqari, Voris Sagatovich futbolga juda ishqiboz bo‘lib, “Paxtakor”ga muxlislik qilgan va birorta ham o‘yinni o‘tkazib yubormagan.“Esimda, biz doim stadionga birga borardik. Dadam butun mavsum uchun ikki kishilik ruxsatnoma olardi, agar mabodo mensiz ketib qolsalar, rosa yig‘lardim", — deb eslaydi Saida Vorisovna.Faxriy futbolga bo‘lgan bu mehrini farzandlariyu nabiralariga ham singdirgan: bugun Miraziz Vorisovichning butun dunyodan keltirilgan futbol to‘plaridan iborat katta kolleksiyasi bor. U o‘g‘li Mirhusan bilan birga universitet jamoasida futbol o‘ynaydi va hech bir muhim o‘yinni o‘tkazib yubormaydi.Bugun faxriy yashagan uyda ko‘p narsalar uni yodga solib turadi. Bu yerda ota-onasi qiyinchilik davrlarida o‘z qo‘llari bilan qo‘ygan mebellar va hatto eshiklar ham saqlanib qolgan. Shuningdek, faxriy Sagatovning ish kabinetida 40-yildan ortiq o‘tirgan va nafaqaga chiqayotganida esdalik sifatida qoldirishni so‘ragan kitob javoni va kreslosi ham shu yerda.“Bundan tashqari, dadamning “Jiguli”si bor. Esimda, ular avtoraqamini olayotganlarida, chiroylirog‘idan olishlarini so‘ragandim. Ammo barcha imkoniyatlari bo‘la turib, oddiy va hech bir e’tiborni tortmaydigan 0162 (sovet davrida) raqamini olib kelganlarini ko‘rib, juda hayron bo‘lgandim. Otam esa jilmayib, bu bosh shifokor uchun eng zo‘r raqam, degandilar. Dadam ana shunday oddiy, dabdabaga o‘ch bo‘lmagan inson edilar. Keyinroq, avtoraqamlar uch xonali raqamlarga o‘zgarganda, otam xotirasiga 01 S 062 DA raqamini sotib oldim”, — deya hikoya qiladi Miraziz Sagatov.Oilada faxriy sharafiga Voris deb ism qo‘yilgan evara ulg‘aymoqda. U urush yillari qo‘shiqlari bilan tanlovlarda qatnashadi. Urush paytida katta bobosi taqqan ofitser kamarini taqadi. Aytgancha, uning ovozi ham frontda qo‘shiqni boshlab beruvchi bo‘lgan katta bobosidan o‘tgan.Aynan shunday lahzalarda xotira o‘tmish uchun emas, kelajak uchun kerakligini tushunasan. U bolalar bemalol kulib, o‘ynaydigan, sirena va portlashlar ovozini eshitmaydigan dunyo uchun kerak. Sagatovlar kabi qahramonlar jasoratini yodda tutib, qadrlaydigan oilalar bor ekan, xotira yashashda davom etaveradi. Sokin. Ehtiyotkorlik bilan. Avlodlardan-avlodlarga o‘tib. Oddiy insoniy baxtga erishish huquqi dunyoga qanchalik dahshatli baho evaziga berilganini eslatib turgandek.
G‘alaba va undan keyingi munosib hayot, ko‘plab mukofotlar va baxtli oila - Ulug‘ Vatan urushi qahramonining avlodlari uni qanday xotirlaydi.
G‘alaba kuni — Ulug‘ Vatan urushi faxriysi Voris Sagatov oilasi uchun eng asosiy va sevimli bayramdir. Toshkentning eski shahar qismida joylashgan “Ko‘kcha darvoza” mahallasidagi shinam uyga barcha qarindosh-urug‘lar to‘planadi.
Ulug‘ Vatan urushi faxriysi va harbiy shifokor Voris Sagatov
Faxriyning besh nafar farzandi, 11 nabirasi, evara va chevaralari bor... 9-may kuni uy jarangdor bolalar kulgisiga to‘ladi. Urush yillari qo‘shiqlari, urush, askarlar jasorati, dahshatli janglar, general Sobir Rahimov, gvardiya tibbiy xizmat kapitani Sagatov hamda G‘alabani kutib olish quvonchi haqidagi hikoyalar aytiladi.
Oilada bir qadrli an’ana bor: har yili G‘alaba kunida farzandlarning bari bobosining orden va medallar qadalgan, xushbichim, salobatli kostumini kiyib ko‘radi. Bu kostumda ota nafasining tafti va o‘nlab yillar o‘tib, bu yerda va butun dunyoda bolalar kulgisi yangrashi uchun bir vaqtlar urushga ketgan inson xotirasi mujassam.
Faxriyning xizmatlari ro‘yxatida: Gnev va Starograd shaharlarini ozod qilgani, Shtralzund, Grimmen, Demmin, Malxin, Varen, Vezenberg shaharlarini egallagani, Gdansk shahri va qo‘rg‘onini ozod etishdagi ajoyib jangovar harakatlari uchun va yana ko‘plab boshqa minnatdorchiliklar bor. Xonadonda II darajali Vatan urushi ordeni, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Zarbdor armiya faxriysi”, “Jasorat”, “65-armiya faxriysi”, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari, yubiley medallari avaylab saqlanadi.
Bugun kapitan Sagatovning o‘zi oramizda yo‘q. Ammo oilada u va Ulug‘ Vatan urushi haqidagi xotira muqaddas yodgorlikdek qadrlanib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelinadi. Bobosining jang maydonlaridan qolgan kamari, eski dala sakvoyaji, frontdan yuborilgan oq-qora suratlar, sarg‘aygan maktublar va ko‘plab tashakkurnomalar bu xotiralarning bir qismidir.
Kapitan Sagatov 1923-yilda tug‘ilgan. Toshkent tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) bitiruvchisi bo‘lgan u 1942-yilning avgustida sovet armiyasi safiga chaqiriladi. U 786- va 1214-tanklarga qarshi qiruvchi artilleriya polklarida, shuningdek, general Sobir Rahimov qo‘mondonlik qilgan 37-gvardiyachi diviziyaning 86-gvardiyachi artilleriya polkida shifokor bo‘lib xizmat qilgan.
“1945 yil bahorida Polshada otam general Rahimovning huzuriga kirib, Toshkentdagi betob onalarining holidan xabar olish uchun ruxsat so‘raganlar. Shunda general: "Ozgina sabr qil, mana bu operatsiyani tugataylik, keyin birga boramiz",– debdilar. Oradan ko‘p o‘tmay, general halok bo‘ladigan darajada yaralanadi. Otam uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar safida va keyinroq so‘nggi yo‘lga kuzatganlar orasida bo‘lganlar”, — deydi kapitan Sagatovning o‘g‘li Mirvali Vorisovich.
Tinchlik yillarida esa Toshkentda Sobir Rahimov haykalining ochilish marosimida nutq so‘zlaganlar.
“Ha, otamning o‘zlari ham urushda o‘lim bilan bir necha bor yuzma-yuz kelgan, yaralangan, kontuziya olgan, terlamaga chalinganlar. Ikki marta murdaxonaga tushib qolgan. Hamma ularni o‘ldi deb hisoblaganida, so‘nggi lahzada tiriklik alomatlarini namoyon etgan", — deya hikoya qiladi faxriyning qizi Saida Vorisovna.
Yaralanishi bilan bog‘liq voqea ham qiziqarli bo‘lgan. Ozod etilgan shaharlarning birida kapitan Sagatov dam olayotganida, yoniga nemis ovcharkasi kelib, uni o‘ziga yangi xo‘jayin bilib, oyoqlari ostiga yotib olgan.
“Dadam ozgina nemischa gapirar edilar, shuning uchun it bilan til topisha olgan, uning buyruqlarini tushungan. Unga Jek deb laqab qo‘yganlar. Ular uzoq vaqt birga bo‘lishgan. Bir kuni it dushmanni ko‘rib qolib, akillagan va shunday qilib yashirinish kerakligini bildirib, dadamni o‘limdan saqlab qolgan. Ammo o‘sha nemis baribir dadamni yarador qilishga ulgurgan,” — deya hikoya qiladi faxriyning kenja o‘g‘li Miraziz Vorisovich.
Bundan tashqari, chekinayotganda dushmanlar qoldirib ketgan nemis generalining qo‘lga o‘rgatilgan oti bilan bog‘liq voqea ham bo‘lgan. Shuningdek, kapitan Sagatovning barcha jonzotlarga qanchalik mehribonlik bilan munosabatda bo‘lganini ko‘rsatuvchi boshqa ko‘plab hikoyalar ham bor.
Tinchlik davrida u davolash va hayotlarni saqlab qolishda davom etdi, Toshkentdagi turli tibbiyot muassasalarida ishladi. 43-yil davomida 1950-yildan 1992-yilgacha – Toshkent shahridagi statsionarga ega 3-sonli Teri-tanosil kasalliklari dispanserining bosh shifokori bo‘lib ishladi. 1980-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, bo‘lajak shifokor – talabalarga dars berdi.
“Dadamizning Sog‘liqni saqlash vazirligidan olgan ko‘plab faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari, O‘zSSR Oliy Kengashi Prezidiumining ikkita (1954 va 1960-yillar) faxriy yorlig‘i bor. 1990-yilda esa ko‘p yillik samarali mehnati va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun shaxsan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning o‘zidan faxriy yorliq olganlar. Dadam oliy toifali shifokor, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan shifokor unvoniga ega edilar. Dadamiz ishlariga juda talabchan bo‘lgan. Ularni shaharning eng qattiqqo‘l epidemiologi deb bilishar, bu haqda hatto afsonalar yurardi. Bizni ham halol ishlashga o‘rgatganlar. Biz dadamning o‘z ishiga butun vujudi bilan berilishini ko‘rib o‘sganmiz, shuning uchun bo‘lsa kerak, uning yo‘lini tibbiyot, fan va pedagogika sohalarida davom ettirishga qaror qilganmiz”, – deydi faxriyning yana bir qizi Farida Vorisovna.
Ulug‘ Vatan urushi faxriysi Voris Sagatov faxriy yorliqlari
Voris Sagatovning uch qizi otasi izidan borib, shifokor bo‘ldi: Saida nevropatolog, Farida epidemiolog, Umida esa teri-tanosil kasalliklari shifokori. O‘g‘li Mirvali Fanlar akademiyasi tizimida mehnat qildi, Miraziz esa hozirda Toshkent davlat texnika universitetining axborot texnologiyalari kafedrasiga mudirlik qilmoqda.
“Otamiz eng katta boylik — bu bilim ekanini doim ta’kidlar edi. “Qo‘lingizda hech qanday moddiy narsa bo‘lmasa ham, bilim sizga keyinchalik ma’naviy va moddiy farovonlik olib keladi”, - derdilar bizga. Biz ham farzandlarimizni shu ruhda tarbiyaladik, ularning barchasi oliy ma’lumotli, orasida ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lganlari ham bor”, — deya hikoya qiladi fan doktori, professor Miraziz Vorisovich.
Voris Sagatovich sevikli rafiqasi Uchqun Ahmedovna bilan oltin to‘yiga bir yilgina yetmadi: ular 49-yil davomida urushdan keyingi barcha qiyinchiliklarni yelkama-yelka yengib o‘tishgan.
“O‘n sakkiz yoshimda turmushga chiqdim, beshta farzandlik bo‘ldik. Zamonlar og‘ir edi. Ham o‘qidim, ham ishladim, ham bolalarimga qaradim. Turmush o‘rtog‘imning ota-onasi keksayib qolishgandi, ularga ham o‘zim qaraganman", — deb eslaydi u.
Ulug‘ Vatan urushi faxriysi Voris Sagatov oilasi bilan
Uchqunoy Ahmedovnaning hayot yo‘li ham juda qiziqarli va mashaqqatli kechgan. Uning otasi Islombek 1937-yilda qatag‘on qilinib, otib tashlangan. Onasi Hafiza opa yosh va yolg‘iz qoladi, keyinroq turmushga chiqadi va o‘gay otasi Ahmadjon aka qizchaga otalik qiladi. Onasining o‘zi esa VGIKning rejissorlik kursiga o‘qishga kiradi, biroq o‘qishini tamomlay olmaydi: o‘shanda kichkina Uchqunoy pnevmoniya bo‘lib qoladi va uyga qaytishga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, oilaviy arxivda “Hukumat a’zosi” filmi saqlanib qolgan, unda onasi Hafiza opa ommaviy sahnada rol ijro etgan. Shuningdek, Uchqunoy opaning xotiralarida o‘n sakkiz yoshida Moskvadagi jismoniy tarbiya paradiga borgani va o‘sha yerda ilk bor Stalinni ko‘rgani haqidagi hikoya ham bor.
Turmushga chiqqanan keyin ham, u o‘ttiz yil maktab-internatda ishladi (bu yerda bolalar hafta davomida yashab, dam olish kunlari ota-onalari olib ketishardi) va u yerdagi har bir bolaga ham mehr va iliqlik ulashdi.
“Dastlabki yillari turmush o‘rtog‘im bilan Chakarda (Toshkentning eski shahar qismi) uning ota-onasining uyida yashaganmiz. U yerda bir nechta oila bo‘lib yashar edik. Bir kuni mehmonga kelgan erimning o‘rtog‘i siqilib qolganimizni ko‘rib, yer sotib olib, uy qurishni maslahat berdi. Uning maslahatiga ko‘ra, yer oldik, ssuda oldik. Esimda, o‘shanda erim uyni rasmiylashtirishga pul yo‘qligidan xafa bo‘lib kelgandi. Men esa yaqindagina to‘rtinchi farzandimni dunyoga keltirib, 200 rubl dekret puli olgandim. O‘sha pulni erimga berdim. Shunday qilib, shu uyni qura boshladik", — deydi faxriyning bevasi.
Shunday qilib, ular o‘z qo‘llari bilan uy qurishgan. Homilador bo‘lishiga qaramay, Uchqunoy opa eriga yordamlashib, qurilish uchun aravada qorishma tashigan. Ularning kenja farzandi Miraziz shu yerda dunyoga kelgan. Uchqunoy opa va Voris aka bu uyda 5 nafar farzandi hamda Voris akani ota-onasi bilan 40-yildan ortiq birga yashashgan. Uchqunoy erining ota-onasiga xuddi bugun Mirazizning rafiqasi Nigora o‘z qaynota-qaynonasiga g‘amxo‘rlik qilganidek mehr bilan qaragan.
Voris aka bolalarini juda yaxshi ko‘rardi.
“Ota-onamiz 186-maktabning faxriy ota-onalari bo‘lishgan. Hammiz o‘sha yerda o‘qiganmiz. Dadam uzoq vaqt ota-onalar qo‘mitasi raisi bo‘lganlar. Katta opam o‘ninchi sinfda o‘qiyotganida men birinchi sinfga borganman,” — deydi Miraziz Vorisovich.
Oilamizda mehmonni juda yaxshi ko‘rishardi. Odamlar faxriyning donoligini hurmat qilib, hayotiy maslahat so‘rab kelishardi. U tibbiyot va salomatlik borasida ham yordamini ayamay, doimo dono va amaliy maslahatlar berardi.
“Tarbiya, madaniyat, axloqiy va oilaviy qadriyatlar borasida otam juda qattiqqo‘l edilar. Ular tufayli biz uchun, farzand va nabiralarimiz uchun Vatan, Ulug‘ Vatan urushi bilan bog‘liq tushunchalar muqaddasdir”, — dedi Farida Vorisovna.
Urushdan keyin kapitan Sagatov Ulug‘ Vatan urushi faxriylari hayotida faol ishtirok etgan. Safdoshlariga yordam bergan. Polkdoshlari bilan uchrashish uchun Rossiya, Belarus, Ukraina, Polsha va Belgiya shaharlariga tez-tez borib turgan. Shuningdek, mahallada harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bilan ham shug‘ullangan.
Ulug‘ Vatan urushi faxriysi Voris Sagatov urush faxriylari bilan
“Bir kuni dadam ishdan qaytayotib, ko‘chamizdagi bir nechta yigitning uyimiz yaqinida bekor o‘tirganini ko‘rib qolibdilar. Ularning yoniga borib: “Bekorchilik qilgandan ko‘ra uyingizda kitob o‘qisangiz, uy ishlari yoki sport bilan shug‘ullansangiz yaxshi bo‘lardi”, debdilar. Keyin esa bolalar bekor o‘tirmasdan, haqiqatan ham sport bilan shug‘ullanishlari uchun o‘zlari tennis stoli va voleybol to‘rlarini sotib olib berdilar”, — deydi Miraziz Vorisovich.
“Ko‘kcha darvoza” mahallasida ham faxriy bilan bog‘liq voqealarni, uning urushda va urushdan keyingi qilgan ishlarini eslashadi.
“Hozir mahallamizda urush qatnashchilari qolmagan, lekin Xotira va qadrlash kunida ular bizni — ularning yaqinlarini, shuningdek, afg‘on urushi ishtirokchilarini bir joyga to‘plashdi. Otalarimizning jasorati haqidagi xotiralarni saqlab, kelajak avlodlarga yetkazishayotgani haqida gapirishdi, — dedi Miraziz Vorisovich.
Voris Sagatovich oilada mehribon ota edi.
“Ko‘proq bizni, qizlarini yaxshi ko‘rardi, erkalatardi. Bizga hamdard bo‘lardi, bor o‘y-hayollarimiz va sirlarimizni dadamga bemalol ayta olardik. O‘g‘illarini esa qattiqqo‘llik bilan, harbiy ruhda tarbiyalagan", — deya qo‘shib qiladi Farida Vorisovna.
Kapitan Sagatov urushda ham, tinchlik davrida ham sportni juda yaxshi ko‘rardi.
Hatto frontda, janglar orasidagi tanaffuslarda ham safdoshlari bilan futbol va shaxmat o‘ynashga vaqt topa olgani haqida oilasida hikoya saqlanadi.
1966 yildan boshlab faxriy va tibbiyot xodimlari o‘tmish va kelajak haqida suhbatlashish, asosan esa shaxmat o‘ynash uchun vaqti-vaqti bilan yig‘ilib turadigan bo‘lishdi. Shaxmat klubi ana shunday tashkil topgan edi. Keyinchalik ularga tanishlari ham kelib qo‘shildi. Bu klub turli yillarda Yorqin To‘raqulov, Hamdam Usmonov, Sodiq Azimov, Po‘lat Mo‘min, Erkin Vohidov, Solih Umarov, Voris Sagatov, To‘xtaboy Rahimjonov, Vali Shomirzayev, Halim Usmonxo‘jayev, Nosir Muhiddinov, Tursun Rashidov, Qo‘ysin Abdullayev, Nabi Majidov, Ma’ruf Abrorov, Soyibjon Ne’matov, Jaloliddin Muhiddinov, Sobit Nosirxo‘jayev kabi ko‘plab atoqli faxriy, shifokor, akademik, olim va shoirlarni o‘z atrofida birlashtirdi.
Ulug‘ Vatan urushi faxriysi Voris Sagatov shaxmat klubi a’zolari bilan
“Olti yoshligimda dadam shaxmat olib kelib, beshta farzandiga o‘ynashni o‘rgatganlar. O‘sha shaxmat hozir ham bor, uni ko‘z qorachig‘iday asrayman. Bu endi bizning oilaviy yodgorligimizga aylangan. Hozir u bilan farzandlarim va nabiralarimga o‘rgatapman", — deydi Miraziz Vorisovich.
Bundan tashqari, Voris Sagatovich futbolga juda ishqiboz bo‘lib, “Paxtakor”ga muxlislik qilgan va birorta ham o‘yinni o‘tkazib yubormagan.
“Esimda, biz doim stadionga birga borardik. Dadam butun mavsum uchun ikki kishilik ruxsatnoma olardi, agar mabodo mensiz ketib qolsalar, rosa yig‘lardim", — deb eslaydi Saida Vorisovna.
Faxriy futbolga bo‘lgan bu mehrini farzandlariyu nabiralariga ham singdirgan: bugun Miraziz Vorisovichning butun dunyodan keltirilgan futbol to‘plaridan iborat katta kolleksiyasi bor. U o‘g‘li Mirhusan bilan birga universitet jamoasida futbol o‘ynaydi va hech bir muhim o‘yinni o‘tkazib yubormaydi.
Bugun faxriy yashagan uyda ko‘p narsalar uni yodga solib turadi. Bu yerda ota-onasi qiyinchilik davrlarida o‘z qo‘llari bilan qo‘ygan mebellar va hatto eshiklar ham saqlanib qolgan. Shuningdek, faxriy Sagatovning ish kabinetida 40-yildan ortiq o‘tirgan va nafaqaga chiqayotganida esdalik sifatida qoldirishni so‘ragan kitob javoni va kreslosi ham shu yerda.
“Bundan tashqari, dadamning “Jiguli”si bor. Esimda, ular avtoraqamini olayotganlarida, chiroylirog‘idan olishlarini so‘ragandim. Ammo barcha imkoniyatlari bo‘la turib, oddiy va hech bir e’tiborni tortmaydigan 0162 (sovet davrida) raqamini olib kelganlarini ko‘rib, juda hayron bo‘lgandim. Otam esa jilmayib, bu bosh shifokor uchun eng zo‘r raqam, degandilar. Dadam ana shunday oddiy, dabdabaga o‘ch bo‘lmagan inson edilar. Keyinroq, avtoraqamlar uch xonali raqamlarga o‘zgarganda, otam xotirasiga 01 S 062 DA raqamini sotib oldim”, — deya hikoya qiladi Miraziz Sagatov.
Oilada faxriy sharafiga Voris deb ism qo‘yilgan evara ulg‘aymoqda. U urush yillari qo‘shiqlari bilan tanlovlarda qatnashadi. Urush paytida katta bobosi taqqan ofitser kamarini taqadi. Aytgancha, uning ovozi ham frontda qo‘shiqni boshlab beruvchi bo‘lgan katta bobosidan o‘tgan.
Va, ehtimol, Voris Sagatovichning asosiy g‘alabasi ham aynan shunda. Urushdan o‘nlab yillar o‘tganiga qaramay, uning xonadoni hamon hayotga to‘la. Bu yerda bolalar kuladi, futbol haqida bahslashadi, shaxmat o‘ynaydi, G‘alaba qo‘shiqlarini kuylaydi va bobosining frontdan omon qaytgan kamarini ehtiyotkorlik bilan qo‘lga oladi. Bu yerda uning an’analari davom ettiriladi va u muqaddas deb bilgan qadriyatlar e’zozlanadi.
Aynan shunday lahzalarda xotira o‘tmish uchun emas, kelajak uchun kerakligini tushunasan. U bolalar bemalol kulib, o‘ynaydigan, sirena va portlashlar ovozini eshitmaydigan dunyo uchun kerak. Sagatovlar kabi qahramonlar jasoratini yodda tutib, qadrlaydigan oilalar bor ekan, xotira yashashda davom etaveradi. Sokin. Ehtiyotkorlik bilan. Avlodlardan-avlodlarga o‘tib. Oddiy insoniy baxtga erishish huquqi dunyoga qanchalik dahshatli baho evaziga berilganini eslatib turgandek.