https://oz.sputniknews.uz/20260515/intensiv-bog-57578434.html
Intensiv bog‘ tashkil qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi
Intensiv bog‘ tashkil qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Bunday loyihalarga banklar har bir gektar uchun 120 million so‘mgacha kredit ajratadi. 15.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-15T10:11+0500
2026-05-15T10:11+0500
2026-05-15T10:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/03/56697817_0:125:1600:1025_1920x0_80_0_0_6fc751f876ced5e10bc14cd0f8b31b65.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda intensiv bog‘ tashkil qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu borada alohida tizim joriy etilishi belgilandi.Joylardagi “Agrostar” kompaniyalari tadbirkorlar bilan ulushdorlik asosida hamkorlik qiladi. Bunda “Agrostar” kompaniyalari ustav kapitalining 50 foizigacha qismida pul mablag‘i bilan, tadbirkor esa yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi bilan ishtirok etadi.Tadbirkorlarga “Agrostar” kompaniyasi ulushini qayta baholamasdan 7-yil ichida bo‘lib-bo‘lib sotib olish huquqi beriladi. Bu tizim eski bog‘ egalarini ham manfaatdor qiladi: ular yangilangan bog‘lardan orttirgan daromadi hisobidan ulushni bosqichma-bosqich sotib olib, keyinchalik intensiv bog‘ga to‘liq egalik qilishi mumkin bo‘ladi.Suv tejovchi texnologiyalar, mevali ko‘chat va qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun tadbirkorlar islom moliyasi xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.Prezident yig‘ilishda so‘zga chiqqan tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini tingladi. Ularning yetishtirilgan yoki import qilingan mevali ko‘chatlar va payvandtaglar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini nol stavkada qo‘llash, suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan sanoatlashgan bog‘larda quduqlardan olinadigan suv uchun soliqni 5-yil muddatga 1 so‘m etib belgilash haqidagi takliflarini ma’qulladi.Mutasaddilarga eski va samarasiz bog‘larni yangilash, sanoatlashgan bog‘lar bo‘yicha aniq loyihalarni shakllantirish, banklar, hokimliklar va tadbirkorlar hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish, har bir hududda eksportbop navlar, agrologistika va qayta ishlash quvvatlarini rivojlantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260401/boglar-ormonlar-prezident-56640264.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/03/56697817_34:0:1567:1150_1920x0_80_0_0_ce35df6ac4d3d2d4cc14a6b8bac14d8d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, bog‘
jamiyat, o‘zbekiston, bog‘
Intensiv bog‘ tashkil qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi
Bunday loyihalarga banklar har bir gektar uchun 120 million so‘mgacha kredit ajratadi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda intensiv bog‘ tashkil qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu borada alohida tizim joriy etilishi
belgilandi. Joylardagi “Agrostar” kompaniyalari tadbirkorlar bilan ulushdorlik asosida hamkorlik qiladi. Bunda “Agrostar” kompaniyalari ustav kapitalining 50 foizigacha qismida pul mablag‘i bilan, tadbirkor esa yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi bilan ishtirok etadi.
Tadbirkorlarga “Agrostar” kompaniyasi ulushini qayta baholamasdan 7-yil ichida bo‘lib-bo‘lib sotib olish huquqi beriladi. Bu tizim eski bog‘ egalarini ham manfaatdor qiladi: ular yangilangan bog‘lardan orttirgan daromadi hisobidan ulushni bosqichma-bosqich sotib olib, keyinchalik intensiv bog‘ga to‘liq egalik qilishi mumkin bo‘ladi.
Bunday loyihalarga banklar tomonidan har bir gektar uchun 120 million so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit vaqtida qaytarilsa, foiz stavkasining yarmi kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, sanoatlashgan bog‘larning parvarishlash xarajatlari uchun 3-yil davomida har gektarga 5 million so‘mdan subsidiya beriladi.
Suv tejovchi texnologiyalar, mevali ko‘chat va qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun tadbirkorlar islom moliyasi xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Prezident yig‘ilishda so‘zga chiqqan tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini tingladi. Ularning yetishtirilgan yoki import qilingan mevali ko‘chatlar va payvandtaglar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini nol stavkada qo‘llash, suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan sanoatlashgan bog‘larda quduqlardan olinadigan suv uchun soliqni 5-yil muddatga 1 so‘m etib belgilash haqidagi takliflarini ma’qulladi.
Mutasaddilarga eski va samarasiz bog‘larni yangilash, sanoatlashgan bog‘lar bo‘yicha aniq loyihalarni shakllantirish, banklar, hokimliklar va tadbirkorlar hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish, har bir hududda eksportbop navlar, agrologistika va qayta ishlash quvvatlarini rivojlantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.