https://oz.sputniknews.uz/20260514/kyiv-zavod-aerodrom-zarba-57562208.html
Kiyev yaqinidagi F-16 qiruvchisi ta’mirlanadigan zavodga zarba berildi
Kiyev yaqinidagi F-16 qiruvchisi ta’mirlanadigan zavodga zarba berildi
Sputnik O‘zbekiston
RIA Novosti manbasiga ko‘ra, Kiyev yaqinida F-16 samolyotlari ta’mirlanadigan ARZ-410 zavodi hamda dronlar aerodromlariga zarbalar berilgan. U yerlarda dron ishlab chiqarish va samolyotlarni qayta qurollantirish ishlari bo‘lgani aytildi
2026-05-14T13:02+0500
2026-05-14T13:02+0500
2026-05-14T13:09+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0b/53382250_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_6a3864b6fda5e12c94b79c6269cf6419.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Kiyev yaqinida Ukraina Qurolli kuchlari aviatsiyasi va dronlariga xizmat ko‘rsatadigan bir nechta obyektga zarba berilgani aytildi. Bu haqda RIA Novostiga Ukrainadagi yashirin ko‘ngillilar harakati koordinatori Sergey Lebedev ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalardan biri Julyanidagi ARZ-410 aviata’mirlash zavodiga berilgan. Lebedev bu korxonada Ukraina armiyasi foydalanayotgan Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari ta’mirlanganini aytdi.Lebedevning qo‘shimcha qilishicha, mazkur zavod hududida uchuvchisiz uchish apparatlari ham ishlab chiqarilgan.Shuningdek, Kiyev yaqinidagi aerodromlar ham zarbaga uchragani ma’lum qilindi. Manbaga ko‘ra, bu obyektlar harbiy samolyotlarni yoqilg‘i bilan ta’minlash va qayta qurollantirish uchun ishlatilgan.U, shuningdek, Kiyev yaqinidagi xususiy aerodrom tomon ikkita raketa uchib kelgani qayd etilganini bildirdi. Manbaning aytishicha, ushbu aerodromdan reaktiv dronlar va razvedka uchuvchisiz apparatlari muntazam uchirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260424/rossiya-hafta-davomida-ukrainaga-oltita-guruhli-zarba-berdi-57129298.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0b/53382250_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_eb0f750d43f59fe13ebd6e3d8a18bfe8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
Kiyev yaqinidagi F-16 qiruvchisi ta’mirlanadigan zavodga zarba berildi
13:02 14.05.2026 (yangilandi: 13:09 14.05.2026) Ukrainadagi yashirin ko‘ngillilar harakati koordinatorining so‘zlariga ko‘ra, Julyanidagi ARZ-410 aviata’mirlash zavodiga zarba berildi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Kiyev yaqinida Ukraina Qurolli kuchlari aviatsiyasi va dronlariga xizmat ko‘rsatadigan bir nechta obyektga zarba berilgani aytildi. Bu haqda RIA Novostiga Ukrainadagi yashirin ko‘ngillilar harakati koordinatori Sergey Lebedev
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalardan biri Julyanidagi ARZ-410 aviata’mirlash zavodiga berilgan. Lebedev bu korxonada Ukraina armiyasi foydalanayotgan Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari ta’mirlanganini aytdi.
“Julyanidagi ARZ-410 aviata’mirlash zavodiga zarba berildi. U yerda Amerikaning F-16 samolyotlari ta’mirlanadi”, — dedi u.
Lebedevning qo‘shimcha qilishicha, mazkur zavod hududida uchuvchisiz uchish apparatlari ham ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, Kiyev yaqinidagi aerodromlar ham zarbaga uchragani ma’lum qilindi. Manbaga ko‘ra, bu obyektlar harbiy samolyotlarni yoqilg‘i bilan ta’minlash va qayta qurollantirish uchun ishlatilgan.
Lebedev Darniskiy tumani va aeroport tomonida bir nechta qo‘nish joylari borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerlarga Ukraina samolyotlari, jumladan, G‘arb davlatlaridan berilgan F-16 va Mirage samolyotlari qo‘nib, uchishdan oldin qayta qurollangan.
U, shuningdek, Kiyev yaqinidagi xususiy aerodrom tomon ikkita raketa uchib kelgani qayd etilganini bildirdi. Manbaning aytishicha, ushbu aerodromdan reaktiv dronlar va razvedka uchuvchisiz apparatlari muntazam uchirilgan.