Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya hafta davomida Ukrainaga oltita guruhli zarba berdi

Obuna bo‘lish
Zaporojye viloyatida TOS-1A "Solntsepok" UQKning beton istehkomlar tarmog‘i, yer osti aloqa liniyalari va qo‘mondonlik punktlarini yo‘q qildi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 18-apreldan 24-aprelgacha Ukrainaning terroristik hujumlariga javoban oltita guruhli zarbalar berdi.
Uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida berilgan zarbalar Ukraina harbiy-sanoat kompleksi obyektlari, UQK yoqilg‘i, energetika, transport va port infratuzilmasi, harbiy aerodromlar, ️dronlarini yig‘ish, saqlash va uchirish joylariga yo‘naltirildi.

O‘tgan hafta davomida "Shimol" kuchlar guruhi Xarkov viloyatidagi Veterinarne qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi, "Markaz" kuchlari esa DXRdagi Grishino qishlog‘ini ozod qildi.
24 aprel kuni 193 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi rejim nazoratidagi hududdan qaytarildi. Buning evaziga Ukraina Qurolli Kuchlarining 193 nafar harbiy asirlari Ukrainaga topshirildi.
"Shimol" kuchlar guruhi mas’uliyati hududida dushman jami 1300 dan ortiq harbiy xizmatchisini, sakkizta zirhli jangovar mashinani, 96 ta transport vositasini, sakkizta dala artilleriya to‘pini, 13 ta elektron va batareyalarga qarshi jangovar stansiyani, shuningdek, 71 ta o‘q-dori, yoqilg‘i va ta’minot omborini yo‘qotdi.
"G‘arb" kuchlar bo‘linmalari dushmanning 1410 dan ortiq harbiy xizmatchisi, 18 ta zirhli jangovar mashinasi, 111 ta transport vositasini, 20 ta dala artilleriya qurollari, uchta elektron kurash radarlarini va 17 ta o‘q-dori omborini yo‘q qildi.
"Janub" kuchlar guruhi esa UQKning 1290 dan ortiq harbiy xizmatchisi, 20 ta zirhli jangovar texnikasi, 92 ta transporti, 18 ta dala artilleriyasini yo‘q qildi. Shuningdek 13ta elektron kurash stansiyalari, 55 ta o‘q-dori, yoqilg‘i va ta’minot omborlari yo‘q qilindi.
"Markaz" guruhi kuchlari dushmanning 2295 dan ortiq harbiy xizmatchisi, 29 ta zirhli jangovar texnikasi va 39 ta avtomobilni yo‘q qildi. 13 tadala artilleriya qurilmasi yo‘q qilindi.
"Sharq" kuchlar guruhi UQKning 1605 dan ortiq harbiy xizmatchisi, 12 ta zirhli jangovar texnikasi, 37 ta mashina va uchta artilleriya qurolini yo‘q qildi. 8ta ta’minot ombori ham yo‘q qilindi.
"Dnepr" kuchlar guruhi bo‘linmalari dushmanning jami 325 nafar harbiy xizmatchisi, 4ta zirhli jangovar mashinasi, 119 ta avtomobili va beshta dala artilleriya qurollarini yo‘q qilgan. Shuningdek 16ta elektron kurash stansiyalari va 10ta o‘q-dori va ta’minot omborlari yo‘q qilindi.
Rossiya zarba beruvchi dronlari, raketa kuchlari va artilleriyasi hafta davomida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita HIMARS raketa tizimining uchirish moslamasini, Xorvatiyada ishlab chiqarilgan beshta "Uragan", "Grad" va RAK-SA-12 raketa tizimi jangovar mashinasini va uchta transport va yuklash mashinasini yo‘q qildi.
Rossiya Havo mudofaa kuchlari tomonidan 50 ta boshqariladigan havo bombasi, sakkizta AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketalari, bitta "Neptun" raketasi va 2464 ta uzoi masofali uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning 671 ta samolyoti, 284 ta vertoloti, 137 266 ta uchuvchisiz uchish apparati, 656 ta zenit-raketa tizimlari, 29 035 ta tank va boshqa zirhli jangovar transport vositalari, 1709 ta reaktiv tizimi jangovar mashinalari, 34 594 ta dala artilleriya qurollariva minomotlari, 60 079 ta maxsus harbiy transport vositalarini yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0