O‘zbekistonning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshini uchirish ishlari qanday ketmoqda - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yaponiyada tahsil olayotgan 7 nafar o‘zbekistonlik yosh muhandis 2028-yilga mo‘ljallangan “Mirzo Ulug‘bek” milliy ilmiy sun’iy yo‘ldoshi ustida ish olib bormoqda.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston tarixida ilk bor milliy ilmiy sun’iy yo‘ldoshni yaratish ishlari boshlandi. Apparat 6U CubeSat shaklida bo‘lib, uni 2028-yilda orbitaga uchirish rejalashtirilgan. Ayni paytda sun’iy yo‘ldoshni yasaydigan o‘zbekistonlik talabalar Yaponiyada tahsil olmoqda.

“Prezidentimizning yaqinda bo‘lib o‘tgan huzurlaridagi taqdimotda aynan O‘zbekistonning birinchi ilmiy sun’iy yo‘ldoshini fazoga uchirish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. U bo‘yicha hozir “O‘zbekkosmos” agentligi yetti nafar talabani magistraturada tahsil olishi uchun Yaponiyaning Kushu texnologiya universitetiga yuborgan”, - deydi “O‘zbekkosmos” matbuot kotibi Akmal Nazarov.

O‘qishga yuborilgan talabalar 2-yil davomida sun’iy yo‘ldoshni loyihalash, yig‘ish, sinovdan o‘tkazish kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etishadi. Apparat sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng fazoga jo‘natiladi.

“Sun’iy yo‘ldoshimiz CubeSat turiga mansub, ya’ni bu kichik hajmdagi sun’iy yo‘ldosh. U asosan Yerni masofadan zondlash uchun ishlatiladi. Hozirda biz bu loyiha ustida faoliyat olib bormoqdamiz. Mening vazifam sun’iy yo‘ldoshning tashqi va ichki qismini modellashtirish. Sun’iy yo‘ldoshning chidamliligini aniqlash juda ham muhim. Biz uni birinchi bo‘lib Yerda sinovdan o‘tkazamiz. Ma’lumotlar tasdiqlangandan keyin biz uni havoga jo‘natamiz”, - deydi Yaponiyada tahsil olayotgan talaba Habibulloh Azimjonov.

Sun’iy yo‘ldoshning vazifasi yerni masofadan kuzatish, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va atrof-muhit monitoringini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Maqsad faqat apparatni yasashdan iborat emas, balki O‘zbekistonda kadrlar maktabi, milliy muhandislik kompetensiyasini shakllantirishdir. O‘zbekiston tarixidagi ilk sun’iy yo‘ldoshga “Mirzo Ulug‘bek” nomi berildi. Shuning bilan birga, mamlakatda ilk o‘zbek fazogirini kosmosga uchirish ishlari ham boshlangan. Akmal Nazarovning aytishicha, “O‘zbekkosmos” agentligi bu yo‘nalish bo‘yicha ham amaliy ishlarni boshlab yuborgan.

"Ya’ni kim kosmonavt bo‘ladi, u ayol kishimi, erkak kishimi yoki yoshroq yigitmi, ana shular bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi. Ochiq tanlovda har bir nomzodning sog‘lig‘i, har bir organining sog‘lomligi tekshiriladi. Keyin ruhiy bosimlarga chidamliligi tekshiriladi. Hamma jarayonlarni o‘tgandan keyin kosmik stansiyalarda sinov jarayonlaridan o‘tadi. Ular har xil turli, kuchli attraksionga o‘xshagan narsalarda sinovdan o‘tadi. Sinovlardan o‘tgan nomzod oxirida kosmosga uchish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, - deydi u.

Ilk fazogirni kosmosga uchirish borasida “O‘zbekkosmos” Rossiya, Xitoy va AQSh bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ilk sun’iy yo‘ldosh va fazogirni kosmosga uchirish jarayonlari qanday ketayotgani bilan batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.
Uzbekkosmos rasskazal ob etapax podgotovki pervogo kosmonavta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2026
Toshkentda davra suhbati: birinchi kosmonavt va kosmik texnologiyalar bo‘yicha ma’lumot berildi
Yangiliklar lentasi
0