https://oz.sputniknews.uz/20260217/russia-south-america-merkosur-hamkorlik-55766338.html
Rossiya Janubiy Amerika davlatlari birlashmasi — Merkosur bilan hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda
Rossiya Janubiy Amerika davlatlari birlashmasi — Merkosur bilan hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya YeOII a’zosi sifatida Merkosur bilan hamkorlik imkoniyatlarini baholamoqda. Janubiy Amerika birlashmasi 250 mln aholini qamrab oladi. Yaqinda YeI va Merkosur erkin savdo shartnomasini imzoladi.
2026-02-17T17:06+0500
2026-02-17T17:06+0500
2026-02-17T17:06+0500
o‘zbekiston va yeoii
savdo
iqtisod
yeoii
bitim
lotin amerikasi mamlakatlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/07/53305679_0:62:1280:782_1920x0_80_0_0_0831096090529217cb4ac62486205816.jpg
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Moskva Merkosur bilan muloqotga ochiq ekanini, biroq ehtimoliy hamkorlikning o‘zaro manfaatliligini chuqur tahlil qilish zarurligini bildirdi.Uning ta’kidlashicha, Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) a’zosi sifatida Lotin Amerikasidagi eng yirik iqtisodiy birlashma — Merkosur bilan erkin savdo zonasini yaratishga doim qiziqish bildirib kelgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, bir tomondan, bunday hamkorlikning o‘zaro manfaatliligi tahlil qilinishi lozim. Ikkinchi tomondan esa, hozirgi sharoitda YeOII iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan muayan muzokaralar resursi mavjud.Merkosur — Argentina, Urugvay, Paragvay, Braziliya va Boliviyani birlashtirgan Janubiy Amerika umumiy bozori hisoblanadi. Birlashma 1991-yilda Paragvay poytaxti Asunsonda bojxona ittifoqi va umumiy bozorni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi bilan tuzilgan. Bugungi kunda Merkosur 250 millionga yaqin aholini qamrab olib, qit’a yalpi ichki mahsulotining 75 foizdan ortig‘ini birlashtiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251129/eoii-hindiston-erkin-savdo-hududi-53819061.html
lotin amerikasi mamlakatlari
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/07/53305679_63:0:1200:853_1920x0_80_0_0_7a3fc3e4966371f519d7784913336ed7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, merkosur, aleksey overchuk, yeoii, erkin savdo zonasi, lotin amerikasi, yevropa ittifoqi, xalqaro savdo, geoiqtisodiyot, asunson shartnomasi
rossiya, merkosur, aleksey overchuk, yeoii, erkin savdo zonasi, lotin amerikasi, yevropa ittifoqi, xalqaro savdo, geoiqtisodiyot, asunson shartnomasi
Rossiya Janubiy Amerika davlatlari birlashmasi — Merkosur bilan hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Moskva Merkosur bilan muloqotga ochiq ekanini, biroq erkin savdo istiqbollari o‘zaro manfaatlilik nuqtayi nazaridan tahlil qilinishini bildirdi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Moskva Merkosur bilan muloqotga ochiq ekanini, biroq ehtimoliy hamkorlikning o‘zaro manfaatliligini chuqur tahlil qilish zarurligini
bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) a’zosi sifatida Lotin Amerikasidagi eng yirik iqtisodiy birlashma — Merkosur bilan erkin savdo zonasini yaratishga doim qiziqish bildirib kelgan.
“Rossiya mintaqadagi eng yirik iqtisodiy blok — Merkosur bilan muzokaralarning ehtimoliy istiqbollarini baholamoqda”, — dedi Overchuk “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir tomondan, bunday hamkorlikning o‘zaro manfaatliligi tahlil qilinishi lozim. Ikkinchi tomondan esa, hozirgi sharoitda YeOII iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan muayan muzokaralar resursi mavjud.
Merkosur — Argentina, Urugvay, Paragvay, Braziliya va Boliviyani birlashtirgan Janubiy Amerika umumiy bozori hisoblanadi. Birlashma 1991-yilda Paragvay poytaxti Asunsonda bojxona ittifoqi va umumiy bozorni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi bilan tuzilgan. Bugungi kunda Merkosur 250 millionga yaqin aholini qamrab olib, qit’a yalpi ichki mahsulotining 75 foizdan ortig‘ini birlashtiradi.