Kannavaro: Jahon chempionatiga yakuniy tarkib hali aniq emas, ro‘yxatda 55 futbolchi bor

© Press-slujba NOKKannavaro: sostavlen obshirniy spisok iz 55 igrokov na Chempionat mira
Kannavaro: sostavlen obshirniy spisok iz 55 igrokov na Chempionat mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2026
Obuna bo‘lish
Bosh murabbiy Jahon chempionati oldidan nomzodlar hali to‘liq saralanmaganini, hozir esa eng asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratilganini aytdi.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qaysi o‘yinchilar borishi haqida hozirdan aniq xulosa chiqarishga erta. Kengaytirilgan ro‘yxatdan 55 nafar futbolchi o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Matbuot anjumani ertaga O‘zbekiston terma jamoasining FIFA Series turniri doirasida Gabonga qarshi o‘yini oldidan o‘tkazildi.
Kannavaroning ta’kidlashicha, ichki chempionatda o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilar sabab kengaytirilgan ro‘yxatda hali o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Hozircha barcha nomzodlar kuzatuvda qoladi, yakuniy tarkib esa keyinroq shakllantiriladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa uchun hozirgi asosiy vazifa Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.
“Bu o‘yinlar o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa ham, biz maydonga g‘alaba uchun tushamiz. Jahon chempionati yaqinlashib kelayotgan ekan, har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega”, — dedi Kannavaro.
Bosh murabbiy yaqin o‘yinlarda barcha futbolchilarga imkoniyat berish rejalashtirilayotganini ham aytdi. Uning fikricha, murabbiylar shtabi har bir o‘yinchining holatini to‘liq baholab olishi kerak.
Kannavaro Dubay yig‘ini davomida ko‘plab futbolchilarni kuzatganini, ular bilan yakka tartibda suhbatlashganini bildirdi. U futbolchilardagi ishtiyoq va o‘zini ko‘rsatish istagi unda ijobiy taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Shuningdek, u hozirgacha besh nafar darvozabon ko‘zdan kechirilganini aytdi. Kannavaroga ko‘ra, agar murabbiylar tanlovda yanglishgan bo‘lsa, futbolchilarda o‘z o‘yini bilan bu fikrni o‘zgartirish uchun hali vaqt bor.
Bosh murabbiyning aytishicha, hozirgi bosqichda asosiy xavotir futbolchilarning mahoratidan ko‘ra ularning jismoniy holati bilan bog‘liq.
“Jahon chempionatidan oldin 2-3 hafta vaqt bo‘ladi, xolos. Bu vaqt ichida futbolchilarning jismoniy holatini sezilarli darajada oshirish qiyin. Shuning uchun biz yanvardan beri aynan shu jihatga e’tibor qaratapmiz”, — dedi u.
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
Terma jamoaning JChdagi ishtiroki, Portugaliya, Kolumbiya va Kannavaro: Denisov intervyusi
Yangiliklar lentasi
0