DXX: sudya yordamchisi 53 ming, hokim o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

© Depositphotos / belchonockNaruchniki i molotok sudi, arxivnoe foto
Naruchniki i molotok sudi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2026
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda sudyaning katta yordamchisi 53 ming dollar, Buxoroda esa tuman hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va prokuratura organlari Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida mansabdor shaxslar bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazdi.
Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi 53 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, u xizmat mavqeyidan foydalanib, Angor tuman sudi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar sudlanuvchiga nisbatan aniqlangan 6,3 milliard so‘mlik zarar miqdorini qayta baholash orqali kamaytirishni va’da qilgan.

Shuningdek, sudlanuvchilarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatish va dastlabki tergov davrida qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qildirishni aytgan. U evaziga sudlanuvchilarning qarindoshidan 53 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Buxoro viloyatida esa Kogon tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
DXX ma’lumotiga ko‘ra, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer “Qum Sulton” massividagi ekin maydonlariga Kogon tumani hududi orqali keladigan suv to‘xtatib qo‘yilgani sababli hokim o‘rinbosariga murojaat qilgan.
Mansabdor shaxs ekin maydonlariga suvni ochib berish va kelgusida bu borada muammo bo‘lmasligini aytib, evaziga 15 ming dollar talab qilgan. U so‘ralgan pulning 12 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Naruchniki s dollarom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Namangan shahri hokimi 60 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Yangiliklar lentasi
0