Gazning jahon energiya balansidagi ulushi 26 foizgacha oshishi kutilmoqda

© telegram sputnikuzbekistanGensek Foruma stran-eksporterov gaza rasskazal, kak nestabilnost na energeticheskom rinke povliyala na marshruti postavok
Gensek Foruma stran-eksporterov gaza rasskazal, kak nestabilnost na energeticheskom rinke povliyala na marshruti postavok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2026
Obuna bo‘lish
GECF bosh kotibi Filip Mshelbilaga ko‘ra, tabiiy gaz o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda energiya balansida muhim o‘rin saqlab qoladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumi (GECF) bosh kotibi Filip Mshelbila tabiiy gaz o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda energiya balansida muhim o‘rin saqlab qolishini aytdi.
Bu haqda u Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston energetika haftaligida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Tabiiy gaz mintaqaning energiya balansida hal qiluvchi rolni saqlab qoladi. Biz o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda talabning taxminan 23 foizdan 26 foizgacha o‘sishini ko‘rmoqdamiz”, — dedi Mshelbila.
U O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yirik iste’molchi va muhim tranzit markazi bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
“O‘zbekiston mintaqaviy talabning 36 foizdan ortig‘ini qoplaydi va Markaziy Osiyo ichidagi hamda yirik talab markazlariga, jumladan, Xitoyga gaz oqimini ta’minlovchi muhim tranzit markazi bo‘lib qoladi”, — dedi GECF bosh kotibi.
Mshelbila 2026–2027 yillarda tabiiy gaz va suyultirilgan tabiiy gaz bozorida profitsit, ya’ni gaz taklifi talabdan oshishi kuzatilishi kutilganini, biroq geosiyosiy xatarlar va logistikadagi uzilishlar bu prognozlarga ta’sir ko‘rsatganini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, davlatlar bugun uch yo‘nalishda harakat qilmoqda:
uglevodorod manbalarini diversifikatsiya qilish;
energiya yetkazib berish marshrutlarini kengaytirish;
energetika balansini qayta ko‘rib chiqib, muqobil energiya manbalariga e’tiborni oshirish.
GECF bosh kotibi Afrika davlatlari, jumladan, Mozambik, Tanzaniya, Nigeriya, Angola va Namibiya yirik gaz zaxiralari hisobiga jahon energetika bozorida muhim o‘rin egallashi mumkinligini ham ta’kidladi.
Shuningdek, uning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari quvur orqali gaz yetkazib berish orqali global energetika bozori barqarorligiga hissa qo‘shishi mumkin.
Forumda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Midxun T.R. ham so‘zga chiqdi. Uning aytishicha, ShHT mamlakatlariga dunyo aholisining qariyb yarmi va jahon yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi.
“Geosiyosiy keskinlik va ta’minot zanjiridagi uzilishlar mintaqamizdagi millionlab emas, balki milliardlab odamlarga ta’sir ko‘rsatmoqda”, — dedi u.
Midxunning so‘zlariga ko‘ra, ShHT davlatlari 2030-yilgacha energiya strategiyasini tasdiqlagan, uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi esa kelishib olingan. Hujjatlar mintaqada barqaror energetika va transport yo‘nalishlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Manometr na gazokompressornoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2026
Martda gaz qazib olish o‘tgan yilga nisbatan 30% kamaydi, I chorakda import 2,2 barobar oshdi
Yangiliklar lentasi
0