https://oz.sputniknews.uz/20260512/energetika-haftalik-ochilish-57505336.html
Xodjayev energetika haftaligi ochilishida O‘zbekistonning sohadagi rejalari haqida gapirdi
Xodjayev energetika haftaligi ochilishida O‘zbekistonning sohadagi rejalari haqida gapirdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida neft-gaz va energetika ko‘rgazmalari hamda xalqaro forum boshlandi. Tadbirda Rossiya, Xitoy, Koreya, Belarus va Germaniya kabi davlatlar kompaniyalari qatnashmoqda.
2026-05-12T12:24+0500
2026-05-12T12:24+0500
2026-05-12T12:27+0500
energetika
ko‘rgazma
yashil energiya
jamshid xodjayev
toshkent
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57504420_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_e8364127305acb4c40ef53b432c40e34.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Toshkentda “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida 28-xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi — 2026” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Tadbirda Rossiya, Xitoy, Koreya, Belarus, Germaniya kabi 34 ta mamlakatdan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda.Haftalik doirasida 28-Xalqaro O‘zbekiston neft va gaz konferensiyasi — OGU 2026 hamda 6-Xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasini birlashtirgan O‘zbekiston xalqaro energetika forumi ham o‘tkazilmoqda.Bosh vazir o‘rinbosari qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda 69 ming kilometrdan ortiq elektr tarmoqlari va 14 mingta podstansiya modernizatsiya qilinib, yangilanganini ma’lum qildi.Xodjayev energetika sohasida mahalliylashtirish O‘zbekiston uchun muhim ustuvor yo‘nalish ekanini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, sohaga yetkazib berilayotgan mahalliy mahsulotlar, xizmatlar va tovarlar hajmi 700 million dollardan oshgan, o‘sish salohiyati esa 1,3 milliard dollarga baholanmoqda.Uning qo‘shimcha qilishicha, "Sinoma", "Goldwind", "Gotion" va "Envision" kabi hamkorlar bilan shamol energetikasi va energiya saqlash tizimlari uchun komponentlarni mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Bosh vazir o‘rinbosari mamlakatda generatsiya sohasidagi deyarli barcha yirik yangi loyihalar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali amalga oshirilayotganini bildirdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston "ACWA Power", "Masdar", "AMEA Power", "Voltalia", "TotalEnergies", "EDF", "China Energy Engineering Corporation", "China Datang", "Sinoma" va boshqa yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda.Xodjayev, shuningdek, O‘zbekiston Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan birgalikda “Qambarota-1” GES strategik loyihasini amalga oshirishning amaliy bosqichiga o‘tishni rejalashtirayotganini aytdi.Bosh vazir o‘rinbosari Yevropaga elektr energiyasi eksporti bo‘yicha “Yashil yo‘lak” loyihasi doirasida Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan hamkorlikni ham qayd etdi.Neft-gaz sohasida esa O‘zbekiston boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Xodjayevga ko‘ra, SOCAR bilan birgalikda Usturt mintaqasida uglevodorod resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260504/mirziyoev-south-korea-japan-acwa-power-muhokama-57305154.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57504420_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_9deeaba0cba12d4d40458c28055ea8d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika, ko‘rgazma, yashil energiya, jamshid xodjayev, toshkent, jamiyat
energetika, ko‘rgazma, yashil energiya, jamshid xodjayev, toshkent, jamiyat
Xodjayev energetika haftaligi ochilishida O‘zbekistonning sohadagi rejalari haqida gapirdi
12:24 12.05.2026 (yangilandi: 12:27 12.05.2026) Toshkentda “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” boshlandi. Unda 34 mamlakatdan 465 ta kompaniya va 1500 dan ortiq delegat ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Toshkentda “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida 28-xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi — 2026” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Tadbirda Rossiya, Xitoy, Koreya, Belarus, Germaniya kabi 34 ta mamlakatdan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda.
Haftalik doirasida 28-Xalqaro O‘zbekiston neft va gaz konferensiyasi — OGU 2026 hamda 6-Xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasini birlashtirgan O‘zbekiston xalqaro energetika forumi ham o‘tkazilmoqda.
Forum ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bu yilgi energetika haftaligi 34 ta davlatdan 1500 nafardan ortiq delegatni birlashtirganini ta’kidladi.
Bosh vazir o‘rinbosari qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda 69 ming kilometrdan ortiq elektr tarmoqlari va 14 mingta podstansiya modernizatsiya qilinib, yangilanganini ma’lum qildi.
Xodjayev energetika sohasida mahalliylashtirish O‘zbekiston uchun muhim ustuvor yo‘nalish ekanini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, sohaga yetkazib berilayotgan mahalliy mahsulotlar, xizmatlar va tovarlar hajmi 700 million dollardan oshgan, o‘sish salohiyati esa 1,3 milliard dollarga baholanmoqda.
“Bizning maqsadimiz shunchaki texnologiyalarni import qilish emas. Maqsadimiz — mahalliy injiniring, mahalliy ishlab chiqarish, mahalliy xizmatlarni yaratish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash va uzoq muddatli sanoat hamkorligini rivojlantirish”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "Sinoma", "Goldwind", "Gotion" va "Envision" kabi hamkorlar bilan shamol energetikasi va energiya saqlash tizimlari uchun komponentlarni mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari mamlakatda generatsiya sohasidagi deyarli barcha yirik yangi loyihalar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali amalga oshirilayotganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston "ACWA Power", "Masdar", "AMEA Power", "Voltalia", "TotalEnergies", "EDF", "China Energy Engineering Corporation", "China Datang", "Sinoma" va boshqa yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda.
Xodjayev, shuningdek, O‘zbekiston Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan birgalikda “Qambarota-1” GES strategik loyihasini amalga oshirishning amaliy bosqichiga o‘tishni rejalashtirayotganini aytdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Yevropaga elektr energiyasi eksporti bo‘yicha “Yashil yo‘lak” loyihasi doirasida Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan hamkorlikni ham qayd etdi.
Neft-gaz sohasida esa O‘zbekiston boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Xodjayevga ko‘ra, SOCAR bilan birgalikda Usturt mintaqasida uglevodorod resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Shu bilan birga, "British Petroleum" ushbu loyihaga qo‘shilishga qiziqish bildirdi va biz ushbu energetika haftaligi davomida tegishli shartnomalar imzolanishini kutmoqdamiz”, — dedi u.