Mirziyoyev Koreya, Yaponiya va ACWA Power delegatsiyalari bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power
Mirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Obuna bo‘lish
Prezident uchrashuvlarida investitsiya, energetika va transport loyihalari muhokama qilindi. “ACWA Power” bilan “Yangi Toshkent” aeroporti va Farg‘onada tibbiyot muassasasi qurilishi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, Yaponiya moliya vaziri hamda “ACWA Power” kompaniyasi rahbari boshchiligidagi delegatsiyalarni qabul qildi.
Koreya Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol bilan muloqotda yangi investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish, hududlararo almashinuvlarni jadallashtirish va Koreya kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, davlat moliyasini boshqarish tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasidan foydalanish, kuzda Seulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Koreya” sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya moliya vaziri Satsuki Katayama bilan uchrashuvda moliya tizimini modernizatsiya qilish, g‘aznachilik sohasiga sun’iy intellektni joriy etish va raqamli moliya transformatsiyasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power
Mirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Mirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power
Muloqotda qayta tiklanuvchi energiya, tibbiyot, axborot texnologiyalari, transport va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayan bilan uchrashuvda “yashil” energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni davom ettirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power
Mirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Mirziyoyev obsudil novie proyekti s Koreyey, Yaponiyey i ACWA Power
Xususan, “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishini boshlash, Farg‘ona shahrida ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasini barpo etish hamda IT-parkda zamonaviy ma’lumotlar markazini ishga tushirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Shavkat Miziyoyev prinyal delegatsiyu Aziatskogo banka razvitiya vo glave s prezidentom Masato Kandoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2026
Mirziyoyev OTB prezidenti bilan 12,5 mlrd dollarlik loyihalarni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0