https://oz.sputniknews.uz/20260512/central-asia-energetika-hamkorlik-57506493.html
Mirzamahmudov Markaziy Osiyoda energetika hamkorligi haqida gapirdi
Mirzamahmudov Markaziy Osiyoda energetika hamkorligi haqida gapirdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi energetika forumida O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar vakillari mintaqaviy hamkorlik, Qambarota-1 GES, “Yashil yo‘lak”, energiya tarmoqlari integratsiyasi va “yashil” energetika rejalarini muhokama qildi.
2026-05-12T12:53+0500
2026-05-12T12:53+0500
2026-05-12T13:08+0500
energetika
yashil energiya
qozog‘iston
mdh
energetika vazirligi
o‘zbekiston
jamiyat
jo‘rabek mirzamahmudov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57506037_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_216d841454bed82a09ae0655364aec89.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan energetika forumida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik kengayib borayotganini ta’kidladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriyuVazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan birgalikda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular orasida “Qambarota-1” GES qurilishi ham bor.Shuningdek, vazir Qozog‘iston, Ozarbayjon va Saudiya Arabistoni bilan “Yashil yo‘lak” loyihasi ustida ish olib borilayotganini qayd etdi.Vazir, shuningdek, Jahon banki Markaziy Osiyo mamlakatlarining energiya tarmoqlarini integratsiya qilish bo‘yicha REMIT loyihasini ma’qullaganini ma’lum qildi.Mirzamahmudov energetika sohasini diversifikatsiya qilish, qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirish va yangi texnologiyalarni joriy etish zarurligini ham ta’kidladi.Vazirning aytishicha, energiya saqlash qurilmalari, gidroakkumulyatsiya tizimlari, yadro energetikasi, sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlari rivojlanishi fonida energiyaga talab ortib bormoqda. Shu sababli O‘zbekiston yanada toza va xavfsiz energiya manbalariga o‘tishni davom ettiradi.Forumda Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Ilos Baqitjan ham mintaqaviy hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 2029-yilgacha energetika sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli milliy loyiha amalga oshirilmoqda. Uning doirasida yangi tarmoqlar qurish va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.Qozog‘iston muqobil energiya manbalariga ham katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, mamlakatda vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli konsepsiya tasdiqlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260507/kazakhstan-kyrgyzstan-toktogul-suv-kelishuv-57385752.html
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57506037_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_a3b6ea013baae6e2a5cabe245ce4734e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika, yashil energiya, qozog‘iston, mdh, energetika vazirligi, o‘zbekiston, jamiyat, jo‘rabek mirzamahmudov
energetika, yashil energiya, qozog‘iston, mdh, energetika vazirligi, o‘zbekiston, jamiyat, jo‘rabek mirzamahmudov
Mirzamahmudov Markaziy Osiyoda energetika hamkorligi haqida gapirdi
12:53 12.05.2026 (yangilandi: 13:08 12.05.2026) O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Qambarota-1 GES, “Yashil yo‘lak” va mintaqaviy energiya tarmoqlari integratsiyasi haqida gapirdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan energetika forumida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik kengayib borayotganini ta’kidladi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiriyu
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan birgalikda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular orasida “Qambarota-1” GES qurilishi ham bor.
Shuningdek, vazir Qozog‘iston, Ozarbayjon va Saudiya Arabistoni bilan “Yashil yo‘lak” loyihasi ustida ish olib borilayotganini qayd etdi.
Vazir, shuningdek, Jahon banki Markaziy Osiyo mamlakatlarining energiya tarmoqlarini integratsiya qilish bo‘yicha REMIT loyihasini ma’qullaganini ma’lum qildi.
Mirzamahmudov energetika sohasini diversifikatsiya qilish, qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirish va yangi texnologiyalarni joriy etish zarurligini ham ta’kidladi.
“Biz barcha energiya manbalarimizni diversifikatsiya qilishimiz, qazib olinadigan yoqilg‘i iste’molini kamaytirishimiz kerak”, — dedi u.
Vazirning aytishicha, energiya saqlash qurilmalari, gidroakkumulyatsiya tizimlari, yadro energetikasi, sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlari rivojlanishi fonida energiyaga talab ortib bormoqda. Shu sababli O‘zbekiston yanada toza va xavfsiz energiya manbalariga o‘tishni davom ettiradi.
Forumda Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Ilos Baqitjan ham mintaqaviy hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini ta’kidladi.
“Biz qo‘shni davlatlarning energetika tizimlari bilan samarali hamkorlik qilamiz va Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlaridagi hamkasblarimiz bilan tajriba va bilim almashishga doimo tayyormiz”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 2029-yilgacha energetika sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli milliy loyiha amalga oshirilmoqda. Uning doirasida yangi tarmoqlar qurish va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Qozog‘iston muqobil energiya manbalariga ham katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, mamlakatda vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli konsepsiya tasdiqlangan.
“Biz normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va toza yashil vodoroddan foydalanish mumkin bo‘lgan sanoat korxonalarida alohida loyihalarni sinovdan o‘tkazish bosqichidamiz”, — dedi Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari.