https://oz.sputniknews.uz/20260507/kazakhstan-kyrgyzstan-toktogul-suv-kelishuv-57385752.html
Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan sug‘orish mavsumi uchun To‘qtag‘ul suvi bo‘yicha kelishildi
Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan sug‘orish mavsumi uchun To‘qtag‘ul suvi bo‘yicha kelishildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv-energetika idoralari To‘xtag‘ul suv omboridan suv chiqarish hajmi va rejimi bo‘yicha protokol imzoladi. Kelishuv sug‘orish mavsumida fermerlar uchun muhim ahamiyatga ega.
2026-05-07T14:08+0500
2026-05-07T14:08+0500
2026-05-07T14:08+0500
o‘zbekiston
jamiyat
qirg‘iziston
qozog‘iston
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/07/57385340_0:161:3068:1887_1920x0_80_0_0_dede3935c987ede4896caf0ba94da0b3.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv-energetika idoralari rahbarlarining muzokaralari yakunlandi. Uchrashuvda yaqin ikki oy davomida To‘qtag‘ul suv omboridan suv chiqarish hajmi va rejimi bo‘yicha uch tomonlama protokol imzolandi.Qozog‘iston Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev, Qirg‘iziston tomonidan energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, Qozog‘iston tomonidan esa energetika vaziri Yerlan Akkenjenov hamda suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov ishtirok etdi.Uchrashuvda sug‘orish mavsumida qishloq xo‘jaligi hududlarini yetarli suv bilan ta’minlash asosiy masala bo‘ldi. Imzolangan protokol To‘qtag‘ul suv omboridan suv chiqarish jadvaliga rioya etilishini nazarda tutadi.Qayd etilishicha, kelishuv O‘zbekiston va Qozog‘iston fermerlariga sug‘orish mavsumining dastlabki bosqichini uzilishlarsiz o‘tkazish imkonini beradi.Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday kelishuvga qish-bahor davridagi energetik hamkorlik ham yordam bergan. 2025-yil sentabridan 2026-yil apreligacha Qozog‘iston Qirg‘iziston energetika tizimiga 1,56 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi yetkazib bergan. Bu Qirg‘izistonga qishda suvni ko‘proq tejash va To‘qtag‘ul suv omboridagi resurslarni sug‘orish mavsumi uchun saqlab qolish imkonini bergan.
https://oz.sputniknews.uz/20250908/uzbekistan-kazakhstan-kyrgyzstan-suv-energetika-kelishuv-51800427.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/07/57385340_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_5b464cbd76fa895603238373096febbc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jamiyat, qirg‘iziston, qozog‘iston, suv
o‘zbekiston, jamiyat, qirg‘iziston, qozog‘iston, suv
Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan sug‘orish mavsumi uchun To‘qtag‘ul suvi bo‘yicha kelishildi
Toshkentda uch davlat idoralari To‘qtag‘ul suv omboridan suv chiqarish rejimi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu sug‘orish mavsumi uchun muhim.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv-energetika idoralari rahbarlarining muzokaralari yakunlandi. Uchrashuvda yaqin ikki oy davomida To‘qtag‘ul suv omboridan suv chiqarish hajmi va rejimi bo‘yicha uch tomonlama protokol imzolandi.
Qozog‘iston Energetika vazirligi
ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev, Qirg‘iziston tomonidan energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, Qozog‘iston tomonidan esa energetika vaziri Yerlan Akkenjenov hamda suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov ishtirok etdi.
Uchrashuvda sug‘orish mavsumida qishloq xo‘jaligi hududlarini yetarli suv bilan ta’minlash asosiy masala bo‘ldi. Imzolangan protokol To‘qtag‘ul suv omboridan suv chiqarish jadvaliga rioya etilishini nazarda tutadi.
Qayd etilishicha, kelishuv O‘zbekiston va Qozog‘iston fermerlariga sug‘orish mavsumining dastlabki bosqichini uzilishlarsiz o‘tkazish imkonini beradi.
Mamlakatlar mavsum oxirigacha barqaror suv ta’minotini ta’minlash uchun bosqichma-bosqich harakat qilishga kelishib oldi. Idoralar rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi iyun oyi o‘rtalarida Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Unda iyul, avgust va sentabr oylari uchun suv chiqarish hajmlari va jadvallari kelishilishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday kelishuvga qish-bahor davridagi energetik hamkorlik ham yordam bergan. 2025-yil sentabridan 2026-yil apreligacha Qozog‘iston Qirg‘iziston energetika tizimiga 1,56 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi yetkazib bergan. Bu Qirg‘izistonga qishda suvni ko‘proq tejash va To‘qtag‘ul suv omboridagi resurslarni sug‘orish mavsumi uchun saqlab qolish imkonini bergan.