O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari 100 mln dollardan ortiq bitim imzoladi

© Ariana NewsPredprinimateli Uzbekistana i Afganistana podpisali soglasheniya na summu bolee 100 mln dollarov
Predprinimateli Uzbekistana i Afganistana podpisali soglasheniya na summu bolee 100 mln dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
Obuna bo‘lish
Kobulda o‘tgan biznes-forumda ikki davlat ishbilarmonlari 13 ta savdo va investitsiya memorandumini imzoladi. Bitimlarning umumiy qiymati 100 million dollardan oshadi
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Kobulda O‘zbekiston va Afg‘oniston xususiy sektori vakillari o‘rtasida umumiy qiymati 100 million dollardan ortiq bo‘lgan 13 ta savdo va investitsiya memorandumi imzolandi.
Bu haqda Ariana News Afg‘oniston sanoat va savdo vazirligi vakillari ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kobulda o‘tkazilgan konferensiya ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, savdo hajmini oshirish va yangi sarmoyaviy imkoniyatlarni aniqlashga qaratilgan.
Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy tadbirda so‘zga chiqib, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar so‘nggi oylarda faollashganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston mintaqaviy savdo aloqalarini mustahkamlash va investorlar uchun qulay muhit yaratish ustida ish olib bormoqda. Aziziy Afg‘onistonda ishchi kuchi va turli sohalarda sarmoyaviy imkoniyatlar mavjudligini qayd etgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev esa Afg‘oniston ishbilarmonlarini yangi mintaqaviy bozorlarga chiqish uchun qo‘shma investitsiya imkoniyatlaridan foydalanishga chaqirdi.
Ariana News ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan kelishuvlarning umumiy qiymati hozirgacha 1,5 mlrd dollardan oshgan.
Tomonlar ushbu bitimlar amalga oshirilsa, ikki davlat o‘rtasida savdo oqimlari kengayishi va Afg‘oniston iqtisodiyotiga qo‘shimcha turtki berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Biznesmeni Afganistana i Uzbekistana podpisali v Kabule 38 soglasheniy na $520 mln - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2026
Kobulda O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlari 520 mln dollarlik 38 ta bitim imzoladi
Yangiliklar lentasi
0