Kobulda O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlari 520 mln dollarlik 38 ta bitim imzoladi

© Xokimiyat Andijanskoy oblastiBiznesmeni Afganistana i Uzbekistana podpisali v Kabule 38 soglasheniy na $520 mln
Biznesmeni Afganistana i Uzbekistana podpisali v Kabule 38 soglasheniy na $520 mln - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2026
Obuna bo‘lish
Biznes-konferensiyada imzolangan bitimlar parrandachilik, neft mahsulotlari, qayta ishlash sanoati, savdo va investitsiyada O‘zbekiston—Afg‘oniston iqtisodiy aloqalarini kengaytirishga qaratildi
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Kobulda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston—O‘zbekiston xususiy sektor biznes-konferensiyasida ikki mamlakat ishbilarmonlari umumiy qiymati 520 million dollardan ortiq bo‘lgan 38 ta savdo va investitsiya bitimini imzoladi. Bu haqda Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasi ma’lum qildi.
Imzolangan bitimlar parrandachilik, neft mahsulotlari, qayta ishlash sanoati, savdo va investitsiya sohalarini qamrab olgan.
Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasi rahbari Said Karim Hoshimiy so‘nggi olti oyda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoati, logistika, qurilish, neft mahsulotlari va energetika sohalarida erishilgan kelishuvlar umumiy qiymati 1,4 milliard dollardan oshganini aytdi.
Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri Nuruddin Aziziy xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni olqishlab, Afg‘onistonni o‘zbek mahsulotlari uchun mos bozor deb atadi. U, ayniqsa, parrandachilik sohasida qo‘shma sarmoya kiritish imkoniyatlariga urg‘u berib, tadbirkorlar uchun viza berish va tranzit tartiblarini soddalashtirish zarurligini qayd etdi.
© Xokimiyat Andijanskoy oblastiBiznesmeni Afganistana i Uzbekistana podpisali v Kabule 38 soglasheniy na $520 mln
Biznesmeni Afganistana i Uzbekistana podpisali v Kabule 38 soglasheniy na $520 mln - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2026
Biznesmeni Afganistana i Uzbekistana podpisali v Kabule 38 soglasheniy na $520 mln
O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilgan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tashrifdan maqsad savdo aloqalarini kengaytirish ekanini bildirdi. Uning aytishicha, o‘zbekistonlik ishbilarmonlar afg‘on hamkorlar bilan sement, elektr kabellari, farmatsevtika mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarga tayyor.
Ushbu forum mart oyi oxirida Toshkentda O‘zbekiston—Afg‘oniston biznes kengashi tuzilganidan keyingi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Kengashning ilk yig‘inida tomonlar o‘zaro savdo hajmini yaqin istiqbolda 5 milliard dollarga yetkazish maqsadini bildirgan edi.
Delegatsiya Andijana obsudila voprosi biznesa v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2026
Andijon delegatsiyasi Afg‘onistonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0