https://oz.sputniknews.uz/20260504/chorsu-metro-bekat-suv-bosish-izoh-57316089.html
"Chorsu" metro bekatini nega suv bosdi — rasmiy izoh
"Chorsu" metro bekatini nega suv bosdi — rasmiy izoh
Sputnik O‘zbekiston
3 may kuni kuchli yomg‘irdan so‘ng Chorsu metro bekati yerosti o‘tish joylari va atrofida suv to‘plandi. Hokimlik mutaxassislari holatga irrigatsiya tarmoqlarining yopilib qolgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
2026-05-04T18:42+0500
2026-05-04T18:42+0500
2026-05-04T18:44+0500
metro
toshkent
yomg‘ir
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37146197_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_a5575708cb4bbacf3f2613dc2914798d.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. 3-may kuni kuchli yomg‘ir oqibatida "Chorsu" metro bekati yerosti o‘tish joylari va metro atrofida suv to‘planishi kuzatildi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, bugun mutaxassislar hududga chiqib, vaziyat sabablarini o‘rgangan.Hokimlik tizimidagi Drenaj va kollektorlar boshqarmasi muhandisi Farhod Najmiddinovning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammo - irrigatsiya tarmoqlari (lotoklar - tahr.)ning o‘zboshimchalik bilan yopib yuborilganligi.Aytilishicha, ayrim joylarda avtoturargohlar tashkil etilgan, noqonuniy yo‘laklar qurilgan va irrigatsiya tarmoqlari o‘zboshimchalik bilan yopib yuborilgan. Shu sabab avval normal ishlagan suv o‘tkazish tarmoqlarida to‘siqlar paydo bo‘lgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri drenaj tizimi bir sutkada 20 millimetr yog‘ingarchilikka mo‘ljallangan. 3-may kuni esa ikki soat ichida 12 millimetr yomg‘ir yoqqan.Mutaxassis yangi bosh rejada drenaj tizimini 36 millimetr yog‘ingarchilikka moslashtirish ko‘zda tutilganini ham ma’lum qildi.Shahar hokimi ham hududdagi vaziyatni o‘rgangan va mas’ullarga tegishli topshiriqlar bergan. Hozirda hududga maxsus texnikalar jalb qilingan.Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan yopiq irrigatsiya tarmoqlari ochiladi, suvni chiqarish uchun zarur joylarda yangi irrigatsiya tarmoqlar quriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260312/tashkent-hokimlik-yol-opirilish-izoh-56238522.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37146197_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_b113565e3669db55bc653393ad3c523b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
metro, toshkent, yomg‘ir, jamiyat
metro, toshkent, yomg‘ir, jamiyat
"Chorsu" metro bekatini nega suv bosdi — rasmiy izoh
18:42 04.05.2026 (yangilandi: 18:44 04.05.2026) Yomg‘irdan so‘ng "Chorsu" metro bekati yerosti o‘tish joylari va atrofida suv to‘plandi, hokimlik holat sababini tushuntirdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. 3 may kuni kuchli yomg‘ir oqibatida "Chorsu" metro bekati yerosti o‘tish joylari va metro atrofida suv to‘planishi kuzatildi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, bugun mutaxassislar hududga chiqib, vaziyat sabablarini o‘rgangan.
Hokimlik tizimidagi Drenaj va kollektorlar boshqarmasi muhandisi Farhod Najmiddinovning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammo - irrigatsiya tarmoqlari (lotoklar - tahr.)ning o‘zboshimchalik bilan yopib yuborilganligi.
Aytilishicha, ayrim joylarda avtoturargohlar tashkil etilgan, noqonuniy yo‘laklar qurilgan va irrigatsiya tarmoqlari o‘zboshimchalik bilan yopib yuborilgan. Shu sabab avval normal ishlagan suv o‘tkazish tarmoqlarida to‘siqlar paydo bo‘lgan.
“Oldin bunday muammo bo‘lmagan, chunki irrigatsiya tarmoqlari normal holatda ishlagan. Ular o‘zboshimchalik bilan yopilgani hisobiga shunday holatlar kelib chiqqan”, — dedi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri drenaj tizimi bir sutkada 20 millimetr yog‘ingarchilikka mo‘ljallangan. 3-may kuni esa ikki soat ichida 12 millimetr yomg‘ir yoqqan.
Mutaxassis yangi bosh rejada drenaj tizimini 36 millimetr yog‘ingarchilikka moslashtirish ko‘zda tutilganini ham ma’lum qildi.
Shahar hokimi ham hududdagi vaziyatni o‘rgangan va mas’ullarga tegishli topshiriqlar bergan. Hozirda hududga maxsus texnikalar jalb qilingan.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan yopiq irrigatsiya tarmoqlari ochiladi, suvni chiqarish uchun zarur joylarda yangi irrigatsiya tarmoqlar quriladi.