Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQShda Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralar formati muhokama qilindi

© REUTERS / Cecile MantovaniSekretar Sovbeza i oboroni Ukraini Rustem Umerov (arxivnoe foto)
Sekretar Sovbeza i oboroni Ukraini Rustem Umerov (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina delegatsiyasi AQShda Tramp vakillari bilan mojaroni yakunlash bo‘yicha rahbarlar darajasidagi ehtimoliy muzokaralar formatini muhokama qildi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi AQShda mojaroni yakunlash bo‘yicha rahbarlar darajasidagi ehtimoliy uchrashuvlar va muzokaralar formatini muhokama qilganini ma’lum qildi.
“Amerikada biz mojaroni yakunlash uchun rahbarlar darajasidagi uchrashuvlar va muzokaralarning mumkin bo‘lgan formatlarini muhokama qildik”, — degan Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov AQShda prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Trampning kuyovi Jared Kushner bilan uchrashgan.
RIA Novosti avvalroq Umerov AQShda Uitkoff va Kushner bilan muzokara o‘tkazganini xabar qilgan edi. Unda Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvi hamda muzokaralar jarayonini faollashtirish masalalari muhokama qilingan.
Shu bilan birga, Rossiya tomoni muzokaralar bo‘yicha o‘z shartlarini bildirmoqda. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Kiyev Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqmas ekan, ukrain inqirozini hal qilish jarayoni oldinga siljimaydi.
“Ukraina bu qadamni qo‘ymaguncha, yana bir necha, hatto o‘nlab muzokara raundlarini o‘tkazish mumkin. Ammo biz baribir bir joyda qolaveramiz. Gap shunda”, — degan Ushakov.
Moskovskiy Kreml arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukrainadagi mojaro yakunlanish tomon borayotganini aytdi
Yangiliklar lentasi
0