https://oz.sputniknews.uz/20260510/ukraine-mojaro-yakun-57483647.html
Putin Ukrainadagi mojaro yakunlanish tomon borayotganini aytdi
Putin Ukrainadagi mojaro yakunlanish tomon borayotganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin jurnalistlar savollariga javob berib, Ukrainadagi mojaro, asirlar almashinuvi, ehtimoliy muzokaralar va xavfsizlik kafolatlari haqida gapirdi.
2026-05-10T15:02+0500
2026-05-10T15:02+0500
2026-05-10T15:02+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir putin
ukraina
dunyo yangiliklari
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/05/22564419_0:198:2939:1851_1920x0_80_0_0_9a76b21b083ba83e0c7449a9d5355f0b.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Ukrainadagi mojaro “yakunlanish tomon borayotgani”ni aytdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva har qanday muzokara jarayonida vaqtinchalik qarorlar emas, balki uzoq muddatli tarixiy istiqbolga mo‘ljallangan kelishuvlarga erishish zarur, deb hisoblaydi.Rossiya rahbari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv ehtimoliga ham to‘xtaldi. Putin bunday uchrashuv Moskvada yoki uchinchi mamlakatda o‘tishi mumkinligini, biroq u yakuniy tinchlik hujjatini imzolash bosqichida ma’no kasb etishini aytdi.Putin AQSh prezidenti Donald Trampning 9–11 may kunlari qo‘shimcha sulh e’lon qilish va shu kunlarda harbiy asirlar almashinuvini o‘tkazish tashabbusiga ham munosabat bildirdi. U Rossiya bu taklifni darhol qo‘llab-quvvatlaganini, chunki u gumanitar xarakterga ega bo‘lganini ta’kidladi.Shu bilan birga, Putinning aytishicha, Rossiya 5-may kuni Ukraina tomoniga asirlar almashinuvi bo‘yicha taklif va Rossiyada saqlanayotgan 500 nafar ukrainalik harbiy ro‘yxatini yuborgan.Rossiya prezidenti xavfsizlik kafolatlari masalasi ham Moskva uchun asosiy shartlardan biri bo‘lib qolayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy kelishuv shunday bo‘lishi kerakki, kelgusida Rossiyaga Ukraina hududidan tahdid yuzaga kelmasin.
https://oz.sputniknews.uz/20260430/putin-trump-ukraine-iran-muhokama-57236157.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/05/22564419_105:0:2834:2047_1920x0_80_0_0_2752d3857dd8c3829f7c0a247a56ea0b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, ukraina, dunyo yangiliklari, donald tramp
vladimir putin, ukraina, dunyo yangiliklari, donald tramp
Putin Ukrainadagi mojaro yakunlanish tomon borayotganini aytdi
Rossiya prezidenti Ukraina bo‘yicha kelishuv uzoq muddatli kafolatlar asosida bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, asirlar almashinuviga ham izoh berdi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Ukrainadagi mojaro “yakunlanish tomon borayotgani”ni aytdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati
xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva har qanday muzokara jarayonida vaqtinchalik qarorlar emas, balki uzoq muddatli tarixiy istiqbolga mo‘ljallangan kelishuvlarga erishish zarur, deb hisoblaydi.
Putin Rossiya Ukraina bilan 2022-yilda Istanbulda kelishuvga yaqin kelganini, o‘shanda hujjat parafirlanganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, keyinchalik bu jarayon to‘xtab qolgan.
Rossiya rahbari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv ehtimoliga ham to‘xtaldi. Putin bunday uchrashuv Moskvada yoki uchinchi mamlakatda o‘tishi mumkinligini, biroq u yakuniy tinchlik hujjatini imzolash bosqichida ma’no kasb etishini aytdi.
Putin AQSh prezidenti Donald Trampning 9–11 may kunlari qo‘shimcha sulh e’lon qilish va shu kunlarda harbiy asirlar almashinuvini o‘tkazish tashabbusiga ham munosabat bildirdi. U Rossiya bu taklifni darhol qo‘llab-quvvatlaganini, chunki u gumanitar xarakterga ega bo‘lganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Putinning aytishicha, Rossiya 5-may kuni Ukraina tomoniga asirlar almashinuvi bo‘yicha taklif va Rossiyada saqlanayotgan 500 nafar ukrainalik harbiy ro‘yxatini yuborgan.
U Kiyev avval barcha 500 nafar emas, balki 200 nafarni almashtirish mumkinligini bildirgani, keyin esa almashinuvga tayyor emasligini aytganini ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti xavfsizlik kafolatlari masalasi ham Moskva uchun asosiy shartlardan biri bo‘lib qolayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy kelishuv shunday bo‘lishi kerakki, kelgusida Rossiyaga Ukraina hududidan tahdid yuzaga kelmasin.