https://oz.sputniknews.uz/20260511/india-qush-uchib-uzbekistan-kelish-57494558.html
Hindistonda qutqarilgan qush 3 ming km uchib, O‘zbekistonga yetib keldi
Hindistonda qutqarilgan qush 3 ming km uchib, O‘zbekistonga yetib keldi
Sputnik O‘zbekiston
Hindistonda davolanib tabiatga qo‘yib yuborilgan nodir qora tasqara 3 ming kmdan ortiq masofani bosib o‘tib, Pokiston va Afg‘oniston orqali O‘zbekistonga yetib keldi.
2026-05-11T15:34+0500
2026-05-11T15:34+0500
2026-05-12T10:14+0500
o‘zbekiston
qizil kitob
qushlar
hindiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/04/45981716_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b525809e35a7dcb0969a5b2d9614ea1f.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Hindistonda qutqarilib, davolangan nodir qush — qora tasqara 3 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda Times of India xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, qush 2025-yil 19-dekabr kuni Hindistonning Vidisha tumanida jarohatlangan va zaif holatda topilgan. U Bhopal yaqinidagi maxsus muhofaza markazida qariyb ikki oy davolangan.Shundan so‘ng qora tasqara 2026-yil 23-fevral kuni tabiatga qo‘yib yuborilgan. Mutasaddilarning aytishicha, qush bir oycha Halali dambasi atrofida qolgan, keyin esa 10-aprel kuni uzoq migratsiya yo‘lini boshlagan.Mutaxassislar buni muhofaza dasturi uchun katta yutuq deb baholamoqda. Ularning ta’kidlashicha, qushning bunday uzoq masofani bosib o‘tishi nafaqat uning tiklanganini, balki migratsiya yo‘nalishlari bo‘yicha muhim ilmiy ma’lumotlar ham bergan.Qora tasqara xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti tasnifiga ko‘ra xavf ostiga yaqin turlar qatoriga kiradi. Mutaxassislar bunday qushlar populyatsiyasi yashash muhiti qisqarishi, zaharlanish va ayrim veterinariya dorilari tufayli xavf ostida qolayotganini qayd etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260119/uzbekistan-qizil-kitob-chiqarilish-qoshilish-54997708.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/04/45981716_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a2e12b555c8ec848964c4ffdfb123d5f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, qizil kitob, qushlar, hindiston
o‘zbekiston, qizil kitob, qushlar, hindiston
Hindistonda qutqarilgan qush 3 ming km uchib, O‘zbekistonga yetib keldi
15:34 11.05.2026 (yangilandi: 10:14 12.05.2026) Hindistonda jarohatlangan holda topilib, davolangan qora qo‘zg‘un GPS orqali kuzatuvda 3 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, O‘zbekistonga yetib keldi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Hindistonda qutqarilib, davolangan nodir qush — qora tasqara 3 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda Times of India
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qush 2025-yil 19-dekabr kuni Hindistonning Vidisha tumanida jarohatlangan va zaif holatda topilgan. U Bhopal yaqinidagi maxsus muhofaza markazida qariyb ikki oy davolangan.
Shundan so‘ng qora tasqara 2026-yil 23-fevral kuni tabiatga qo‘yib yuborilgan. Mutasaddilarning aytishicha, qush bir oycha Halali dambasi atrofida qolgan, keyin esa 10-aprel kuni uzoq migratsiya yo‘lini boshlagan.
GPS orqali kuzatuv natijalariga ko‘ra, qush avval Rajaston orqali uchgan, keyin Pokiston, Afg‘oniston hududlarini kesib o‘tgan va O‘zbekistonga yetib kelgan.
Mutaxassislar buni muhofaza dasturi uchun katta yutuq deb baholamoqda. Ularning ta’kidlashicha, qushning bunday uzoq masofani bosib o‘tishi nafaqat uning tiklanganini, balki migratsiya yo‘nalishlari bo‘yicha muhim ilmiy ma’lumotlar ham bergan.
Qora tasqara xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti tasnifiga ko‘ra xavf ostiga yaqin turlar qatoriga kiradi. Mutaxassislar bunday qushlar populyatsiyasi yashash muhiti qisqarishi, zaharlanish va ayrim veterinariya dorilari tufayli xavf ostida qolayotganini qayd etmoqda.