Bozorchilar uchun to‘lovlarni qabul qilish tartibi yangilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtostoyanka na bazare "Chorsu" v Tashkente
Avtostoyanka na bazare Chorsu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
Obuna bo‘lish
Bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘im, ijara hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonda bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.
Tegishli qaror Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Hujjat 8-may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va shu kundan kuchga kirgan.
Unda bozor ma’muriyati tomonidan sotuvchilar, ijarachilar va xizmatlardan foydalanuvchilardan olinadigan to‘lovlarni qabul qilish va hisobga olish tartibi aniqlashtirilgan.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, buyumlarni saqlash joylari va aravalardan foydalanish uchun to‘lovlar ham kassa texnikalari, onlayn yoki virtual kassalar va to‘lov terminallari orqali qabul qilinadi.
Shuningdek, 300 ta va undan ortiq turg‘un savdo shoxobchalari yoki savdo o‘rinlari mavjud bo‘lgan bozorlarda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari maxsus texnikalar bilan jihozlanishi kerak.
Bunday avtostoyankalarda fiskal xotirali nazorat-kassa texnikalari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda onlayn kassa yoki virtual kassa, shuningdek, bank plastik kartalaridan to‘lov qabul qilish uchun terminallar bo‘lishi belgilandi.
Bundan tashqari, bozor hududi va unga tutash hududlardagi avtostoyankalarda transport vositalarining kirish va chiqish vaqtini qayd etadigan elektron hisoblagichlar majburiy tartibda o‘rnatiladi.
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2026
DXX: Qarshi va Buxoroda savdo nuqtalarini noqonuniy sotgan bozor mansabdorlari qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0