https://oz.sputniknews.uz/20260305/bozor-mansabdorlar-qolga-olinish-56109006.html
DXX: Qarshi va Buxoroda savdo nuqtalarini noqonuniy sotgan bozor mansabdorlari qo‘lga olindi
DXX: Qarshi va Buxoroda savdo nuqtalarini noqonuniy sotgan bozor mansabdorlari qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Qarshi va Buxoro shaharlarida dehqon bozorlari mansabdorlari savdo nuqtalarini auksionsiz noqonuniy sotgani aniqlandi. DXX tezkor tadbirlarida ular fuqarolardan minglab dollar talab qilgan vaqtida qo‘lga olindi.
2026-03-05T09:56+0500
2026-03-05T09:56+0500
2026-03-05T10:05+0500
firibgarlik
hodisalar
qarshi
buxoro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/17/20616367_0:184:2989:1865_1920x0_80_0_0_ec63154233760a82098568ffd8dbb605.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Qarshi va Buxoroda dehqon bozorlari savdo nuqtalarini noqonuniy sotgan mansabdorlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, savdo joylari aslida auksion orqali sotilishi kerak bo‘lgan, ammo ular shaxsiy moddiy manfaatdorlik evaziga fuqarolarga noqonuniy tarzda taklif qilingan.Shuningdek, Buxoro shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori rahbari va ish yurituvchisi bozor hududidan 120 kv metr yer maydoni ajratib berish evaziga 11 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.Holatlar DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fosh etilgan.Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va boshqa tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260223/yunusobod-er-sotuv-ushlanish-55884689.html
qarshi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/17/20616367_129:0:2860:2048_1920x0_80_0_0_495f02daf004b1a8e42f5ec6f882613b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qarshi bozori, buxoro bozori, dehqon bozori, dxx operatsiyasi, savdo nuqtasi noqonuniy sotuvi, bozor mansabdorlari, firibgarlik ishi, o‘zbekiston korrupsiya, qarshi xabarlari, buxoro xabarlari, dxx tezkor tadbiri, bozor savdo joylari
qarshi bozori, buxoro bozori, dehqon bozori, dxx operatsiyasi, savdo nuqtasi noqonuniy sotuvi, bozor mansabdorlari, firibgarlik ishi, o‘zbekiston korrupsiya, qarshi xabarlari, buxoro xabarlari, dxx tezkor tadbiri, bozor savdo joylari
DXX: Qarshi va Buxoroda savdo nuqtalarini noqonuniy sotgan bozor mansabdorlari qo‘lga olindi
09:56 05.03.2026 (yangilandi: 10:05 05.03.2026) Qarshi va Buxoro shaharlarida bozor mansabdorlari savdo nuqtalarini noqonuniy sotgani fosh etildi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Qarshi va Buxoroda dehqon bozorlari savdo nuqtalarini noqonuniy sotgan mansabdorlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, savdo joylari aslida auksion orqali sotilishi kerak bo‘lgan, ammo ular shaxsiy moddiy manfaatdorlik evaziga fuqarolarga noqonuniy tarzda taklif qilingan.
Jumladan, Qarshi shahrida dehqon bozori raisi va nazoratchisi til biriktirib, bozor hududidagi 110 kv metrlik yangi savdo do‘konini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 80 ming dollar talab qilib, 30 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Buxoro shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori rahbari va ish yurituvchisi bozor hududidan 120 kv metr yer maydoni ajratib berish evaziga 11 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holatlar DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fosh etilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va boshqa tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.