O‘zbekistonlik talaba Malayziya Bosh vaziri musobaqasida g‘olib bo‘ldi

© Informatsionnoe agentstvo DunyoUzbekskaya studentka stala pobeditelnitsey turnira Premyer-ministra Malayzii
Uzbekskaya studentka stala pobeditelnitsey turnira Premyer-ministra Malayzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva 21 davlat vakillari qatnashgan tanlovda birinchi o‘rinni oldi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Joriy yilgi tanlovda 21 davlatdan 174 nafar ishtirokchi qatnashdi. Saralash bosqichlaridan so‘ng 50 nafar ishtirokchi finalga chiqdi.
Hal qiluvchi bellashuv natijalariga ko‘ra, Madinabonu barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Rossiya va Xitoy vakillariga nasib etdi.
Kuala-Lumpurdagi taqdirlash marosimida unga turnir kubogi, 10 ming malayziya ringgiti (qariyb 2,5 ming dollar) miqdorida pul mukofoti va xalqaro sertifikat topshirildi.
Madinabonu Abdullayevaning g‘alabasi O‘zbekiston vakillarining ushbu xalqaro tanlovda to‘rtinchi bor birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi sifatida qayd etildi.
Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2026
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Bolqon matematika olimpiadasida 5 ta oltin medal oldi
Yangiliklar lentasi
0