Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Bir yarim soatlik suhbat: Putin va Tramp 9-mayga sulh, Ukraina va Eronni muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishVladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora. Arxivnoe foto
Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya va AQSh yetakchilari Ukraina mojarosi, G‘alaba kuni munosabati bilan sulh, Eron atrofidagi vaziyat, iqtisodiyot va energetika masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon suhbatida G‘alaba kuni munosabati bilan sulh e’lon qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti bu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlagan.
“Tramp bu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab, bayram Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan umumiy g‘alabamizni nishonlashini ta’kidladi”, — dedi Kreml vakili.
Ushakovning aytishicha, suhbat Moskva tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan va bir yarim soatdan ortiq davom etgan. U muloqot “do‘stona, ochiq va ishchan” ruhda o‘tganini ta’kidladi.
O‘tgan yili G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Putin 8-may soat 00:00 dan 11-may soat 00:00 gacha sulh e’lon qilgan edi. Moskva ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev o‘sha uch kun ichida Rossiya chegarasiga hujum qilishga besh marta muvaffaqiyatsiz urinish qilgan.
Ushakovning qo‘shimcha qilishicha, Putin va Tramp Vladimir Zelenskiy yevropaliklar tomonidan “gijgijlanayotgani” va mojaroni cho‘zishga urinayotgani borasida yakdil fikrda bo‘lishgan.
Rossiya prezidenti Trampga Kiyev Rossiya hududidagi sof fuqarolik obyektlariga hujum qilib, “ochiqdan-ochiq terrorchilik usullariga” murojaat qilayotganini aytgan.
Putin, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari tashabbusni ushlab turgani va Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalarini qisib kelayotganini ma’lum qilgan. U maxsus harbiy operatsiyaning maqsadlariga har qanday holatda ham erishilishini ta’kidlagan.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy xo‘jayini Ukrainadagi mojaroni tugatadigan kelishuv yaqinligiga ishonadi.
Suhbatda boshqa xalqaro masalalar ham muhokama qilindi.
Putin Trampga nisbatan suiqasd urinishini keskin qoraladi va uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Rossiya prezidenti AQSh rahbarining Eronga nisbatan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish haqidagi qarorini to‘g‘ri deb atadi.
Putin Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilish variantlarini taklif qildi.
Moskva AQShning Eronga qarshi quruqlikdagi operatsiyasi variantini xavfli deb hisoblashini bildirdi.
Rossiya Eron, Fors ko‘rfazi davlatlari, Isroil va AQSh bilan faol aloqalarni davom ettiradi.
Putin, shuningdek, Melaniya Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, uning Rossiya va Ukraina oilalarini bolalari bilan birlashtirishdagi faoliyatini qayd etgan.
Bundan tashqari, yetakchilar iqtisodiyot va energetika sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalar istiqbollarini muhokama qildi. Suhbat yakunida Putin va Tramp iliq xayrlashgani ma’lum qilindi.
Prezident Vladimir Putin pozvonil glave Belovskogo rayona Kurskoy oblasti Nikolayu Volobuyevu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin va Tramp qariyb bir soat gaplashdi: Ukraina, Eron va Venesuela muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0