Guardian: JCh-2026ning AQShdagi o‘yinlari terror xavfi fonida o‘tadi

© AP Photo / Rebecca BlackwellPolitseyskie u stadiona (arxivnoe foto)
Politseyskie u stadiona (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2026
Obuna bo‘lish
Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, JCh-2026ning AQShdagi o‘yinlari Eron mojarosi fonida kuchaytirilgan xavfsizlik sharoitida o‘tadi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. JCh-2026ning AQShda o‘tkaziladigan o‘yinlari terror xavfi kuchaygani haqidagi xavotirlar fonida tashkil etiladi. Bu haqda The Guardian terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ekspertlarga tayanib xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, xavfsizlik mutaxassislari AQSh–Eron mojarosi, mahalliy radikallar va alohida harakat qiluvchi shaxslar ehtimoliy xavflarni oshirayotganini ta’kidlamoqda.
Ekspertlar stadionlardan tashqari mehmonxonalar, transport markazlari va muxlislar yig‘iladigan hududlar ham alohida e’tibor talab qilishini aytgan.
JCh-2026da jami 104 ta o‘yin AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. AQSh 11 shaharda 78 ta uchrashuvga mezbonlik qiladi. Faqat Nyu-Jersidagi "MetLife Stadium"da o‘tadigan final o‘yini “milliy maxsus xavfsizlik tadbiri” maqomini oladi. Qolgan uchrashuvlar ham yuqori xavf toifasida baholanadi va federal idoralar ishtirokida qo‘riqlanadi.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi JCh o‘yinlari, fan-festivallar va turnir paytida keskin ortadigan transport oqimidagi ehtimoliy tahdidlarni aniqlash va kamaytirish uchun federal, shtat va mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ishlayotganini ma’lum qilgan.
Mutaxassislar ayniqsa dronlar, kiberxavflar va katta odam to‘planadigan “yumshoq nishonlar”ga e’tibor qaratmoqda.
Shuningdek, turnir ko‘lami — o‘nlab shaharlar, yuzlab fan-tadbirlar va millionlab muxlislar oqimi — xavfsizlik xizmatlaridan yuqori darajada muvofiqlashuvni talab qilishi qayd etilgan.
Stadion v Arlingtone gotovitsya prinyat ChM-2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2026
Futbol muxlislari AQShda bo‘lib o‘tadigan JCh-2026ni boykot qilmoqchi
Yangiliklar lentasi
0