https://oz.sputniknews.uz/20260417/jch-2026-xavf-ostida-koplab-muxlislar-aqshda-bolib-otadigan-musobaqani-boykot-qilmoqchi-56953499.html
JCh xavf ostida: muxlislar AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqani boykot qilmoqchi
JCh xavf ostida: muxlislar AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqani boykot qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Odamlarning Qo‘shma Shtatlarga kelish istagi sezilarli darajada pasaygani aniq - OAV. 17.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-17T16:58+0500
2026-04-17T16:58+0500
2026-04-17T17:52+0500
sport
jahon chempionati
xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa)
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/11/56955219_0:31:692:420_1920x0_80_0_0_1bdc2b2141481f819419f09eafcec5cc.png
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati xavf ostida, qator davlatlar, federatsiyalar va ishqibozlik guruhlari va futbol olamida taniqli shaxslar musobaqani boykot qilmoqchi, deb xabar bermoqda FT.AQSh va Isroilning Eronga hujumidan so‘ng, Fors ko‘rfazi yopilishi oqibatida benzin, dizel va aviakerosin narxlari keskish oshdi. Bu o‘z navbatida aviachiptalar va transport xarajatlarining keskin oshishiga olib kelmoqda. Ustiga ustak, Eron bilan mojaro boshlanganidan so‘ng, AQSh prezidentining shaxsan o‘zi Eron terma jamoasiga nisbatan tahdidli bayonotlar bilan chiqdi: "musobaqaga kelishinglar mumkin, lekin men sizlarning xavfsizligingizni kafolatlay olmayman" qabilida. Bu esa yanada ko‘proq futbol ishqibobzlarining g‘azabini keltirdi.Yana bir muammo, JCh-2026 chiptalari va mehmonxonalar narxlarining o‘ta qimmatligidir. Maslan Final bahsi uchun ikkilamchi bozorda bilet narxi 140 ming dollarga yetmoqda. Yevropa Futbol Muxlislari Assotsiatsiyasi (FCE) chipta narxlarini tovlamachilik deb atagan va ularning savdosini darhol to‘xtatishga chaqirgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, FCE Yevropa Iste’molchilar Guruhi bilan birgalikda FIFAga qarshi Yevropa Komissiyasiga shikoyat qilgan.Bir necha kun oldin, AQSh siyosati tufayli turnirni boykot qilish chaqiriqlaridan so‘ng, bir kechada 17 000 muxlis Jahon chempionati chiptalarini bekor qilgan edi.Lighthouse Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, Atlanta, Dallas, Mayami, Filadelfiya va San-Fransisko kabi o‘yin o‘tkaziladigan shaharlardagi mehmonxona xonalari narxi yil boshiga nisbatan taxminan uchdan bir qismga pasaygan, bu esa talabning kutilganidan pastroq ekanligini ko‘rsatadi. Gazeta bilan suhbatlashgan soha yetakchisi xalqaro talabning pasayishini AQSh viza va immigratsiya siyosatidan norozilik, shuningdek, Erondagi vaziyat tufayli yuzaga kelgan beqarorlik bilan bog‘ladi.FIFAning sobiq prezidenti Sepp Blatter Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionatini boykot qilish takliflarini qo‘llab-quvvatladi.Moliya sohasi mutaxassislari AQSh ushbu turnirdan $30 mlrd.ga yaqin daromad olishini bashorat qilishgan edi. Lekin bugun bu haqiqatdan yiroq ko‘rinadi. Chunki hozirgi kunda ko‘plab muxlislar chiptalarni bekor qilmoqda, mehmonxonalar narxi tushmoqda, Fors ko‘rfazidagi urush esa hali tugagani yo‘q.2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida birinchi marta 48 ta jamoa ishtirok etadi va uchta mamlakat - Qo‘shma Shtatlar, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan birinchi musobaqa bo‘ladi. Turnir 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251206/jch-2026ga-qura-tashlandi-ozbekiston-kguruhida-53990811.html
https://oz.sputniknews.uz/20260401/fifa-world-cup-48-jamoa-aniq-56637941.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/11/56955219_44:0:647:452_1920x0_80_0_0_c34877b1eabe06288ef4395cae460407.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, jahon chempionati, xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa), aqsh
sport, jahon chempionati, xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa), aqsh
JCh xavf ostida: muxlislar AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqani boykot qilmoqchi
16:58 17.04.2026 (yangilandi: 17:52 17.04.2026) Odamlarning Qo‘shma Shtatlarga kelish istagi sezilarli darajada pasaygani aniq - OAV.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati xavf ostida, qator davlatlar, federatsiyalar va ishqibozlik guruhlari va futbol olamida taniqli shaxslar musobaqani boykot qilmoqchi, deb xabar bermoqda
FT. Xususan, "Yevropaning yetakchi futbol davlatlari (Germaniya, Fransiya, Daniya va Buyuk Britaniya) 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishni muhokama qilmoqda. Buning asosiy sabablari AQShning Grenlandiyani topshirish talablari, viza cheklovlari va inson huquqlari bo‘yicha favqulodda holatlardir", deyiladi maqolada.
AQSh va Isroilning Eronga hujumidan so‘ng, Fors ko‘rfazi yopilishi oqibatida benzin, dizel va aviakerosin narxlari keskish oshdi. Bu o‘z navbatida aviachiptalar va transport xarajatlarining keskin oshishiga olib kelmoqda.
Ustiga ustak, Eron bilan mojaro boshlanganidan so‘ng, AQSh prezidentining shaxsan o‘zi Eron terma jamoasiga nisbatan tahdidli bayonotlar bilan chiqdi: "musobaqaga kelishinglar mumkin, lekin men sizlarning xavfsizligingizni kafolatlay olmayman" qabilida. Bu esa yanada ko‘proq futbol ishqibobzlarining g‘azabini keltirdi.
Yana bir muammo, JCh-2026 chiptalari va mehmonxonalar narxlarining o‘ta qimmatligidir. Maslan Final bahsi uchun ikkilamchi bozorda bilet narxi 140 ming dollarga yetmoqda.
Yevropa Futbol Muxlislari Assotsiatsiyasi (FCE) chipta narxlarini tovlamachilik deb atagan va ularning savdosini darhol to‘xtatishga chaqirgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, FCE Yevropa Iste’molchilar Guruhi bilan birgalikda FIFAga qarshi Yevropa Komissiyasiga shikoyat qilgan.
Bir necha kun oldin, AQSh siyosati tufayli turnirni boykot qilish chaqiriqlaridan so‘ng, bir kechada 17 000 muxlis Jahon chempionati chiptalarini bekor qilgan edi.
Lighthouse Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, Atlanta, Dallas, Mayami, Filadelfiya va San-Fransisko kabi o‘yin o‘tkaziladigan shaharlardagi mehmonxona xonalari narxi yil boshiga nisbatan taxminan uchdan bir qismga pasaygan, bu esa talabning kutilganidan pastroq ekanligini ko‘rsatadi. Gazeta bilan suhbatlashgan soha yetakchisi xalqaro talabning pasayishini AQSh viza va immigratsiya siyosatidan norozilik, shuningdek, Erondagi vaziyat tufayli yuzaga kelgan beqarorlik bilan bog‘ladi.
"AQShdagi mehmonxonalar bu yozgi Jahon chempionati uchun xona narxlarini keskin pasaytirmoqda, chunki chiptalar narxi, inflyatsiya xavotirlari va Amerikaga qarshi kayfiyat futbol muxlislarini sayohat rejalarini qisqartirishga majbur qilmoqda. Odamlarning Qo‘shma Shtatlarga kelish istagi sezilarli darajada pasaygani aniq", - deb uning so‘zlarini keltirgan Financial Times.
FIFAning sobiq prezidenti Sepp Blatter Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionatini boykot qilish takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
"Muxlislar uchun faqat bitta maslahat bor: Qo‘shma Shtatlardan uzoqroq turing." "Menimcha, Mark Piyet yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatini tanqid qilishda haq", deb yozgan Blatter X ijtimoiy media platformasida.
Moliya sohasi mutaxassislari AQSh ushbu turnirdan $30 mlrd.ga yaqin daromad olishini bashorat qilishgan edi. Lekin bugun bu haqiqatdan yiroq ko‘rinadi. Chunki hozirgi kunda ko‘plab muxlislar chiptalarni bekor qilmoqda, mehmonxonalar narxi tushmoqda, Fors ko‘rfazidagi urush esa hali tugagani yo‘q.
2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida birinchi marta 48 ta jamoa ishtirok etadi va uchta mamlakat - Qo‘shma Shtatlar, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan birinchi musobaqa bo‘ladi. Turnir 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi.