https://oz.sputniknews.uz/20260508/galaba-russia-uzbekistan-video-57542099.html
Buyuk G‘alaba, Rossiya va O‘zbekiston: yodda saqlash muhim - video
Buyuk G‘alaba, Rossiya va O‘zbekiston: yodda saqlash muhim - video
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston multimediya matbuot markazida Buyuk G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
2026-05-08T21:03+0500
2026-05-08T21:03+0500
2026-05-13T17:07+0500
matbuot markazi
ulug‘ vatan urushi
matbuot markazi video
ikkinchi jahon urushi
rossotrudnichestvo
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57541822_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_c8f11458f44681e1b44f803b5332be29.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Media-tadbir Ulug‘ Vatan urushi faxriysi, yoshi yuzdan oshgan Akmal Akramovning murojaati bilan boshlandi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri faxriy bilan mehmon bo‘lib, uning murojaatini yozib oldi.Akmal Akramov bugungi kunda O‘zbekistondagi faxriylar hurmat-ehtirom bilan o‘ralganini, shuningdek, ularga O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari tomonidan ko‘rsatilayotgan shaxsiy e’tiborni qayd etdi.U bir necha bor Rossiya delegatsiyalari bilan uchrashgan, Makka ziyoratiga borgan, Kislovodskda dam olgan, harbiy komissarlik va turli tashkilotlar vakillari uni muntazam yo‘qlab turishadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘st bo‘lib yashamoqda, respublika rivojlanmoqda va odamlar uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.Umumiy tarixiy xotiraning ahamiyati haqida Rossiya harbiy-tarixiy jamiyatining ilmiy direktori Mixail Magkov ham gapirdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Ulug‘ Vatan urushi xotirasi Rossiya va O‘zbekistonni iqtisodiyot yoki siyosatdan kam bo‘lmagan darajada birlashtiradi.Magkov urush yillarida O‘zbekiston evakuatsiya qilinganlar uchun najot maskaniga aylanganini eslatdi.Mutaxassis urush xotirasi hali ham butun postsovet makoni xalqlarini birlashtirishini alohida ta’kidladi. Bugungi kunda sovet askarlari yodgorliklariga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan odamlar tashrif buyurmoqda."Rossotrudnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya urush xotirasini saqlash bilan bog‘liq loyihalar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot talabalar teatr festivalini kengaytirish va unda ishtirok etish uchun milliy universitetlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.Loyihaning birinchi postanovkasi QFU Jizzax filiali talabalari tomonidan O‘zbekiston davlat yoshlar teatri murabbiylari bilan hamkorlikda tayyorlangan "Bu yerda tonglar sokin..." pyesasi bo‘ldi.Shuningdek, u Rossiyadan kelgan homiylar umumiy qahramonlar haykallarini ta’mirlashda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi."Ma’no" ilmiy-tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev bugungi kunda yoshlar Buyuk G‘alaba mavzusiga yangicha yondashayotganini va bu haqiqiy kashfiyot bo‘lganini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat taniqli ekspertlar, balki yoshlarning Yevroosiyoning xotirasi, kelajagi va roli haqidagi fikrlarini eshitish ayniqsa muhim edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260506/tashkent-xotira-olov-yoqilish-57374567.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57541822_286:0:1726:1080_1920x0_80_0_0_4f9713b277bc316c21cb424fced46863.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ulug‘ vatan urushi, matbuot markazi video, ikkinchi jahon urushi, rossotrudnichestvo, markaziy osiyo
ulug‘ vatan urushi, matbuot markazi video, ikkinchi jahon urushi, rossotrudnichestvo, markaziy osiyo
Buyuk G‘alaba, Rossiya va O‘zbekiston: yodda saqlash muhim - video
21:03 08.05.2026 (yangilandi: 17:07 13.05.2026) Eksklyuziv
Sputnik O‘zbekiston multimediya matbuot markazida Buyuk G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Media-tadbir Ulug‘ Vatan urushi faxriysi, yoshi yuzdan oshgan Akmal Akramovning murojaati bilan boshlandi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri faxriy bilan mehmon bo‘lib, uning murojaatini yozib oldi.
Akmal Akramov bugungi kunda O‘zbekistondagi faxriylar hurmat-ehtirom bilan o‘ralganini, shuningdek, ularga O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari tomonidan ko‘rsatilayotgan shaxsiy e’tiborni qayd etdi.
U bir necha bor Rossiya delegatsiyalari bilan uchrashgan, Makka ziyoratiga borgan, Kislovodskda dam olgan, harbiy komissarlik va turli tashkilotlar vakillari uni muntazam yo‘qlab turishadi.
"Xalqimizga yanada ko‘proq mehr-oqibat va do‘stlik tilayman," - dedi faxriy respublika ahlini kirib kelayotgan 9-may bayrami bilan tabriklar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘st bo‘lib yashamoqda, respublika rivojlanmoqda va odamlar uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.
Umumiy tarixiy xotiraning ahamiyati haqida Rossiya harbiy-tarixiy jamiyatining ilmiy direktori Mixail Magkov ham gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Ulug‘ Vatan urushi xotirasi Rossiya va O‘zbekistonni iqtisodiyot yoki siyosatdan kam bo‘lmagan darajada birlashtiradi.
Magkov urush yillarida O‘zbekiston evakuatsiya qilinganlar uchun najot maskaniga aylanganini eslatdi.
"O‘shanda O‘zbekiston bir millionga yaqin odamni, jumladan, 200 ming bolani qabul qilgan. Bu yerda odamlarni o‘z qarindoshlaridek qabul qilishdi," - dedi u.
Mutaxassis urush xotirasi hali ham butun postsovet makoni xalqlarini birlashtirishini alohida ta’kidladi. Bugungi kunda sovet askarlari yodgorliklariga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan odamlar tashrif buyurmoqda.
"Bu ko‘p millatli armiya edi va aynan birdamlik tuyg‘usi bizni birlashtirgan edi. Birliksiz kelajakni qurib bo‘lmaydi," - dedi Magkov.
"Rossotrudnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya urush xotirasini saqlash bilan bog‘liq loyihalar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot talabalar teatr festivalini kengaytirish va unda ishtirok etish uchun milliy universitetlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Loyihaning birinchi postanovkasi QFU Jizzax filiali talabalari tomonidan O‘zbekiston davlat yoshlar teatri murabbiylari bilan hamkorlikda tayyorlangan "Bu yerda tonglar sokin..." pyesasi bo‘ldi.
"Menimcha, bu O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvoning 25-yilligi va 9-may arafasidagi eng muhim loyihalardan biridir," - dedi Staroselskaya.
Shuningdek, u Rossiyadan kelgan homiylar umumiy qahramonlar haykallarini ta’mirlashda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
"Ma’no" ilmiy-tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev bugungi kunda yoshlar Buyuk G‘alaba mavzusiga yangicha yondashayotganini va bu haqiqiy kashfiyot bo‘lganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat taniqli ekspertlar, balki yoshlarning Yevroosiyoning xotirasi, kelajagi va roli haqidagi fikrlarini eshitish ayniqsa muhim edi.
"G‘alabaning umumiy xotirasi biz oldinga, xavfsizlik, hamkorlik va umumiy taraqqiyot masalalariga qarashimiz kerak bo‘lgan poydevordir," - dedi Ergashev.