Ellik yildan oshgan uylarda kvartiralarni qayta qurishga cheklov kiritilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Grashenkov / Mediabankka o‘tishRemont novoy kvartiri
Remont novoy kvartiri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2026
Obuna bo‘lish
Yangi takliflar eski ko‘p qavatli uylarda kvartiralarni qayta qurish, toifani o‘zgartirish va to‘siq konstruksiyalarni buzish tartibiga tegishli.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda ekspluatatsiya muddati 50-yildan oshgan ko‘p kvartirali uylarda rekonstruksiya qilish va toifani o‘zgartirishni cheklash taklif etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida burokratiyani qisqartirish hamda nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarishda nazoratni kuchaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, ko‘p kvartirali uylarda to‘siq konstruksiyalarini o‘zboshimchalik bilan buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy choralarni tezkor ko‘rish mexanizmi yetarli emas. Bunday holatlar 2023-yilda 563 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda 2 ming 484 taga yetgan.
Ayniqsa, 50-yildan oshgan uylarda o‘zboshimchalik bilan rekonstruksiya qilish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mamlakatda bunday ko‘p kvartirali uylar 15 ming 270 tani tashkil etadi.
Shu sababli quyidagilar taklif etildi:
— 50-yildan oshgan ko‘p kvartirali uylarda toifani o‘zgartirishni cheklash;
— bunday uylarda o‘zboshimchalik bilan rekonstruksiya qilishni cheklash;
— to‘siq konstruksiyalarni buzganlik uchun Inspeksiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima qo‘llash vakolatini berish.
Taqdimotda qurilish sohasida ruxsat berish va litsenziyalash tartibini soddalashtirish ham taklif etildi. Jumladan, qurilishni boshlash uchun talab etiladigan ayrim hujjatlar bekor qilinib, bir qismi raqamli tizim orqali shakllantiriladi.
Loyihalashga ruxsatnoma va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i yagona hujjatga birlashtiriladi. Litsenziya rasmiylashtirish muddati 14 ish kunidan 5 daqiqagacha, davlat obyektlarini foydalanishga qabul qilish muddati esa 2 oydan 15 kungacha qisqarishi aytilmoqda.
Pod predsedatelstvom Prezidenta nachalos soveshanie s uchastiyem developerov i stroiteley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2026
Qurilishda korrupsiyaga chek qo‘yish uchun raqamlashtirish va sun’iy intellekt joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0