https://oz.sputniknews.uz/20260507/ukraine-sumi-rezervlar-yuborish-57381891.html
Rossiya qo‘shinlari ilgarilayotgani sababli Ukraina armiyasi Sumiga zaxiralarni yubordi
Rossiya qo‘shinlari ilgarilayotgani sababli Ukraina armiyasi Sumiga zaxiralarni yubordi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya kuch tuzilmalaridagi manba VSU Kiyev viloyatidan Sumi yo‘nalishiga rezervlar yuborganini ma’lum qildi. Shuningdek, Sumiga o‘tkazilgan 68-aeromobil brigadada ta’minot muammolari borligi aytildi.
2026-05-07T11:48+0500
2026-05-07T11:48+0500
2026-05-07T12:01+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
ukraina
rossiya mudofaa vazirligi
rossiya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45268897_0:146:3125:1904_1920x0_80_0_0_ecab66f8b91f7ab0cb900bb7846697fb.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari mintaqada ilgarilayotgani sababli Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Sumi yo‘nalishiga Kiyevdan qo‘shimcha zaxira kuchlarni yubordi. Bu haqda RIA Novosti kuch tizimlaridagi manbalariga asoslanib xabar berdi.Manbaga ko‘ra, bu haqdagi ma’lumotlar ukrain volontorlarining xabarlarida ham uchramoqda. Ularda 1-alohida og‘ir mexanizatsiyalashgan brigada bo‘linmalari Kiyev viloyatidan Sumiga kelgani aytilgan.Shu bilan birga, Rossiya kuch tuzilmalari 68-alohida aeromobil brigadasi ham Sumi yo‘nalishiga yuborilganini bildirgan. Avvalroq RIA Novosti ushbu brigada bo‘linmalari zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagani, jumladan, frontda harakatlanish uchun kerak bo‘ladigan ayrim texnika va vositalar yetishmayotgani haqida yozgan edi.Manba so‘zlariga ko‘ra, brigadaga oziq-ovqat yetkazib berish Lvov viloyatidan tashkil etilgan.Sumi yo‘nalishidagi vaziyat so‘nggi kunlarda Rossiya harbiy xabarlarida faol tilga olinmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi avval Korchakovka, keyin esa Miropolye aholi punktlari nazoratga olinganini bildirgan. Vazirlikka ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlar guruhi Sumi va Xarkov viloyatlarida xavfsizlik hududini yaratish bo‘yicha harakatlarni davom ettirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260502/rossiya-sumi-viloyatidagi-miropole-aholi-punkti-ustidan-nazorat-ornatdi-57283469.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45268897_198:0:2929:2048_1920x0_80_0_0_7095ccbab0a01e182de1f3638fcb0cba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, ukraina, rossiya mudofaa vazirligi, rossiya, dunyoda
dunyo yangiliklari, ukraina, rossiya mudofaa vazirligi, rossiya, dunyoda
Rossiya qo‘shinlari ilgarilayotgani sababli Ukraina armiyasi Sumiga zaxiralarni yubordi
11:48 07.05.2026 (yangilandi: 12:01 07.05.2026) Rossiya manbalari Sumi yo‘nalishiga UQK rezervlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Bu harakat Rossiya qo‘shinlari ilgarilashi bilan bog‘lanmoqda.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari mintaqada ilgarilayotgani sababli Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Sumi yo‘nalishiga Kiyevdan qo‘shimcha zaxira kuchlarni yubordi. Bu haqda RIA Novosti kuch tizimlaridagi manbalariga asoslanib xabar berdi.
“Sumi viloyatida qo‘shinlarimiz ilgarilayotgani fonida UQK qo‘mondonligi ushbu front uchastkasiga zaxiralarni yuborapti”, — degan agentlik suhbatdoshi.
Manbaga ko‘ra, bu haqdagi ma’lumotlar ukrain volontorlarining xabarlarida ham uchramoqda. Ularda 1-alohida og‘ir mexanizatsiyalashgan brigada bo‘linmalari Kiyev viloyatidan Sumiga kelgani aytilgan.
Shu bilan birga, Rossiya kuch tuzilmalari 68-alohida aeromobil brigadasi ham Sumi yo‘nalishiga yuborilganini bildirgan. Avvalroq RIA Novosti ushbu brigada bo‘linmalari zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagani, jumladan, frontda harakatlanish uchun kerak bo‘ladigan ayrim texnika va vositalar yetishmayotgani haqida yozgan edi.
Manba so‘zlariga ko‘ra, brigadaga oziq-ovqat yetkazib berish Lvov viloyatidan tashkil etilgan.
“Ularga yordam berishni nafaqat volontorlar, balki mahalliy ma’muriyatlar ham budjet taqchilligini bahona qilib rad etgan”, — deya qo‘shimcha qilgan agentlik suhbatdoshi.
Sumi yo‘nalishidagi vaziyat so‘nggi kunlarda Rossiya harbiy xabarlarida faol tilga olinmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi avval Korchakovka, keyin esa Miropolye aholi punktlari nazoratga olinganini bildirgan. Vazirlikka ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlar guruhi Sumi va Xarkov viloyatlarida xavfsizlik hududini yaratish bo‘yicha harakatlarni davom ettirmoqda.