Rossiya Sumi viloyatidagi Miropolye aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi
14:30 02.05.2026 (yangilandi: 10:31 04.05.2026)

© RIA Novosti / /Aleksey Mayshev
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutkada, Ukraina Qurolli kuchlari 1195 nafar harbiy xizmatchilarini yo‘qotdi.
TOShKENT, 2-may - Sputnik. Rossiya armiyasi Sumi viloyatidagi Miropolye aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi shanba kuni.
"Shimol" kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol va qat’iyatli harakatlari natijasida Sumi viloyatidagi Miropolye qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatildi", - deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Armiya Rossii ustanovila kontrol nad Miropolyem v Sumskoy oblasti - Minoboroni
© telegram sputnikuzbekistan
O‘tgan sutka davomida, Ukraina Qurolli kuchlari 1195 nafar harbiy xizmatchisini, 17 ta tank va boshqa jangovar zirhli texnikasini, 19 ta dala artilleriya to‘plarini, 68 ta harbiy avtomobilini yo‘qotdi.
O‘tgan tunda Rossiya havo mudofaa tizimlari Belgorod, Bransk, Voronej, Kaluga, Kursk, Novgorod, Orol, Pskov, Rostov, Smolensk, Tver, Tula viloyatlari, Moskva viloyati, Krasnodar o‘lkasi, Qrim Respublikasi va Azov va Qora dengizlar suvlari ustidan 215 ta Ukraina uzoq masofali samolyot tipidagi uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi.