https://oz.sputniknews.uz/20250908/uzbekistan-kazakhstan-kyrgyzstan-suv-energetika-kelishuv-51800427.html
Toshkent, Bishkek va Ostona suv-energetika balansi bo‘yicha kelishib oldi
Toshkent, Bishkek va Ostona suv-energetika balansi bo‘yicha kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Cho‘lponotada suv chiqarish va elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha bayonnoma imzolandi
2025-09-08T10:25+0500
2025-09-08T10:25+0500
2025-09-08T10:30+0500
suv
shartnoma
hujjatlar
elektr energiyasi
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1d/49589892_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_15c25322733e10ccddf39e1b5938aafb.jpg
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Cho‘lponota shahrida 2026-yilgacha suv-energetika balansi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Xabarda aytilishicha, tomonlar suv chiqarish hamda elektr energiyasi yetkazib berish masalalarini tartibga soluvchi bayonnomalarni imzolagan.Asosiy hujjatda Qozog‘iston va O‘zbekistondan Qirg‘iziston Respublikasiga elektr energiyasi yetkazib berish evaziga To‘qtog‘ul suv omboridan suv chiqarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.Shuningdek, uch davlat Rossiyadan Qirg‘izistonga Qozog‘iston energetika tizimi orqali elektr energiyasini tranzit qilish shartlarini ham kelishib oldi.Alohida ikki tomonlama muzokaralar ham bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston va O‘zbekiston 2026-yil martdan dekabrgacha Qozog‘istonga 900 mln kVt/soatga yaqin elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.Aytish joizki, To‘qtog‘ul suv ombori O‘zbekiston tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘orish uchun ishlatilmaydi. Biroq u Sirdaryo oqimini tartibga solish orqali Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati va undan keyingi hududlardagi sug‘orish tizimi uchun muhim ahamiyatga ega.
https://oz.sputniknews.uz/20250515/ozbekiston-qozogiston-qirgiziston-suv-energetika-49356522.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1d/49589892_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d290189a7f3eae8afee5194a593f8ef8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
to‘xtag‘ul suv ombori, cho‘lponota kelishuvi, o‘zbekiston qozog‘iston qirg‘iziston, suv-energetika hamkorligi, sirdaryo suv taqsimoti, elektr energiyasi tranziti, rossiyadan qirg‘izistonga elektr energiyasi, suv chiqarish rejimi, vegetatsiya mavsumi suv ta’minoti, farg‘ona vodiysida suv ta’minoti, toxtagul suv ombor
to‘xtag‘ul suv ombori, cho‘lponota kelishuvi, o‘zbekiston qozog‘iston qirg‘iziston, suv-energetika hamkorligi, sirdaryo suv taqsimoti, elektr energiyasi tranziti, rossiyadan qirg‘izistonga elektr energiyasi, suv chiqarish rejimi, vegetatsiya mavsumi suv ta’minoti, farg‘ona vodiysida suv ta’minoti, toxtagul suv ombor
Toshkent, Bishkek va Ostona suv-energetika balansi bo‘yicha kelishib oldi
10:25 08.09.2025 (yangilandi: 10:30 08.09.2025) Erishilgan kelishuvlar kuz-qish mavsumida xavflarni kamaytirish, shuningdek kelgusi vegetatsiya mavsumiga qadar suv to‘plash uchun prognoz qilinadigan sharoit yaratish imkonini beradi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Cho‘lponota shahrida 2026-yilgacha suv-energetika balansi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tomonlar suv chiqarish hamda elektr energiyasi yetkazib berish masalalarini tartibga soluvchi bayonnomalarni imzolagan.
Asosiy hujjatda Qozog‘iston va O‘zbekistondan Qirg‘iziston Respublikasiga elektr energiyasi yetkazib berish evaziga To‘qtog‘ul suv omboridan suv chiqarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, uch davlat Rossiyadan Qirg‘izistonga Qozog‘iston energetika tizimi orqali elektr energiyasini tranzit qilish shartlarini ham kelishib oldi.
Alohida ikki tomonlama muzokaralar ham bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston va O‘zbekiston 2026-yil martdan dekabrgacha Qozog‘istonga 900 mln kVt/soatga yaqin elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.
Aytish joizki, To‘qtog‘ul suv ombori O‘zbekiston tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘orish uchun ishlatilmaydi. Biroq u Sirdaryo oqimini tartibga solish orqali Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati va undan keyingi hududlardagi sug‘orish tizimi uchun muhim ahamiyatga ega.