O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston chegarasi tutashgan hududda savdo parki qurilishi mumkin
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston chegarasi tutashgan hududda savdo parki qurilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari tutashgan hududda 100 gektarlik “Dostuk” savdo-iqtisodiy parki loyihasi taqdim etildi. Loyiha amalga oshsa, 5 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari tutashgan hududda 100 gektarlik xalqaro savdo-iqtisodiy park tashkil etish loyihasi taqdim etildi.Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Batken viloyatiga tashrifi davomida “Do‘stlik” stelasi va “Dostuk” xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi bilan tanishdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Loyiha uch davlat — Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari tutashgan hududda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu hududda turistik infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro madaniy tadbirlar, etnofestivallar va ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalashtirilgan.Sadir Japarov loyihani amalga oshirish uch davlatning yaqin hamkorligi va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, “Dostuk” parki savdo va investitsiyalar uchun yirik maydonga, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi ishonch va hamkorlik ramziga aylanishi mumkin.
Qirg‘izistonda O‘zbekiston va Tojikiston chegarasi yaqinida savdo, logistika, ishlab chiqarish va turizm zonalarini qamrab olgan park loyihasi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari tutashgan hududda 100 gektarlik xalqaro savdo-iqtisodiy park tashkil etish loyihasi taqdim etildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Batken viloyatiga tashrifi davomida “Do‘stlik” stelasi va “Dostuk” xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi bilan tanishdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha uch davlat — Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari tutashgan hududda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Sadir Japarov oznakomilsya s proyektom parka "Dostuk".
Majmua tarkibida ma’muriy, turistik, logistika, ishlab chiqarish, savdo va park hududlari bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Loyiha savdo-logistika aloqalarini rivojlantirish, investitsiya jalb etish va chegaraoldi savdosini kengaytirishga qaratilgan.
Ushbu hududda turistik infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro madaniy tadbirlar, etnofestivallar va ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sadir Japarov loyihani amalga oshirish uch davlatning yaqin hamkorligi va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, “Dostuk” parki savdo va investitsiyalar uchun yirik maydonga, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi ishonch va hamkorlik ramziga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 31-mart kuni Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari uch davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi. Ushbu nuqta Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati, Qirg‘izistonning Batken viloyati va Tojikistonning Sug‘d viloyatini bog‘laydi.